Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgʻor falsafiy



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgʻor falsafiy, 
ijtimoiy-siyosiy fikrlar.
Turkistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi 
hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy vaziyatiga toʻgʻri keladi. XIX asr 
ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi 
natijasida oʻlka hayotida ayanchli va keskin oʻzgarishlar sodir boʻla boshladi. 
Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishga boʻlgan ehtiyojiga, unga 
nisbatan jadal musta‘mlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy 
maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab boʻldi. Rossiya‘ning oʻsha davrdagi 
rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorakoʻl va boshqa xom-
ashyolar zarur edi. Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo istilosiga gʻoyaviy 
tayyorgarlik XVIII asr boshlarida Pyotr I tomonidan boshlangan boʻlsa, 
xuddi shu davrdan boshlab Turkistonda ham istilo uchun tabiiy sharoit etila 
boshladi. XVIII-XIX asrlarda avj olgan mahalliy oqimlarning oʻzaro urush va 
janjallari, Turkistonning uchta mustaqil xonlikka boʻlinishi, ularning 
orasidagi oʻzaro ziddiyatlar, urushlarning avj olishi diniy mutaassiblikning 
rivojlanishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda din peshvolarini muayyan 
mavqega ega boʻlib, har qanday fan va madaniyat yangiliklariga musulmon 
axloqiy normalari, islom dini nomidan koʻr-koʻrona qarsxilik koʻrsatib, diniy 
aqidaparastlikni avj oldirishga sabab boʻldi. Natijada Turkiston xalqlarining 
iqtisodiy va madaniy hayoti tanazzulga yuz tutdi. 
Turkiston hududidagi Chor istilosiga qarshi harakatlar milliy 
istibdodga, chorizm istilosiga qarshi xalq qoʻzgʻa‘lonlarining turli xildagi 
koʻrinishi edi. Tarixiy ma‘lumotlarda 1905 yilga qadar Turkistonda toʻrt 


97 
mingga yaqin milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtgani qayd etilgan
1
. Ushbu 
harakatlar zamirida, aksariyat hollarda, mahalliy axolidan koʻchirib 
kelinayotgan xalqlarga yer-suvni olib berishga qarshi isyon yotar edi: 
«General Kuropatkin xokimiyat oʻz ehtiyojlari uchun qancha xohlasa, 
shuncha darajada Yer va suvni ishlatishi mumkinligiga ishonar edi. Shuning 
uchun ham musta‘mlakani mustahkamlash uchun etnik tozalashdan 
foydalanish va Rossiyadan yangi emmigratsiyani tashkil etish lozim boʻldi»
2
.
Toʻrt mingga yaqin ozodlik harakatlari mahalliy kayfiyatdagi istibdodga 
nisbatan isyon, ozodlikka intilish aynan ana shu davrlardanoq istilochilar 
tomonidan qatagʻon qilingan. Bir necha misollarni keltirish mumkin: 1) 
Dukchi Eshon qoʻzgʻolonida chor askarlaridan 22 nafari oʻldirilgan, 16 nafari 
yarador boʻlgan, buning evaziga Mingtepa, Tojik, Qashgʻar qishloqlari uch 
kun toʻpga tutilgan, chor askarlari tomonidan Oʻqchi qishlogʻidagi aksariyat 
erkaklar otib oʻldirilgan. Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni boʻyicha ochilgan jinoiy 
ishda 400 dan ortiq odam jinoiy javobgarlikka tortilib, mol-mulki musodara 
etilgan
3
; 2) 1881 yil 12 yanvarida Koʻktepada 22,5 mingdan ziyod begunoh 
turkman, qozoq, oʻzbek, qirgʻiz general Skobelev guruhi tomonidan 
vahshiyona chopib tashlanadilar
4
; 3) 1864 yil shoʻro zulmiga qarshi 
Ettisuvdagi dunganlar qoʻzgʻolon koʻtardilar, lekin ular qirib tashlandi, 
hammayoq qonga botirildi
5
. Ushbu qoʻzgʻolonlar haqida rus mualliflarining 
oʻzi shunday ta‘kidlaydi: «Istilo davridagi xalq ozodlik harakatlari oldida 
turgan asosiy inqilobiy vazifa mustaqillikni boy bermaslik edi»
6

Oʻzbek xalqining millat boʻlib shakllanishi, mustaqil davlat gʻoyasi, 
milliy oʻzlikni anglash, xalq tafakkurini tubdan oʻzgartirish masalalarini 
birinchi boʻlib jadidlar koʻtardilar.
Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon boʻlishining oʻzi 
inqilobiy hodisa edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar 
Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar identifikatsiyasi milliy emas, 
hududiy nuqtayi nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning vujudga kelishi 
Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy, 
ma‘naviy vaziyatiga toʻgʻri keladi. 
Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning 
oyoq osti qilinishi ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo 
siyosatiga qarama-qarshi oʻlaroq millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi. 
Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy madaniyatni qoʻllab 
quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus 
1
Пясковский А.В. Революция 1905-1907 годов в Узбекистане. –Ташкент.: Госиздат. 1957.118-с. 
2
Марко Буттино. Революция наоборот.Средняя Азия между падением Царской империи и оброзаванием 
СССР. - М: Звенья.2007.75-с.
3
Эгамназаров А. Сиз билган Дукчи Эшон. – Тошкент: Шарқ, 1996. 136-б. 
4
Ўша манба, 11-б. 
5
Қаранг: Терентьев М..А. Россия и Англия. - Спб.: Б.И., 1876. - С 65. 
6
Галузо П.Г. Туркестан-колония. – Ташкент: Коммунист ун-та, 1935. - С. 82. 


98 
madaniyati ta‘siriga qarsxilik koʻrsatishni maqsad qilib qoʻygan Turkiston 
jadidchilik harakatiga aylandi; 
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar 
tufayli jadidchilik zaruriy oqim sifatida vujudga keldi va bu yirik ijtimoiy 
siyosiy oqim oʻz navbatida milliy oʻzlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil 
qildi. Bu tafakkur tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy ifodasi jadidchilik 
rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi; 
Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini 
qabul qilish uchun emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy 
ruhni yangilash, mamlakatni zamonaviylashtirish va Gʻarb mamlakatlaridagi 
kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab qolish uchun yuzaga kelgan 
milliy demokratik harakat edi. 
Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta‘sir 
koʻrsatgan. Toʻgʻrirogʻi, jadidchilikning oʻzi XIX asr oxiri, XX asr 
boshlarida butun Sharq dunyosida qoʻzgʻalayotgan demokratik oqimning bir 
qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Fransiya, AQSh, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va 
Rossiya kabi davlatlar tomonidan boʻlib olingach, kapitalistlarning jahon 
monopolistik ittifoqi vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama 
zulm natijasida gʻoyat ogʻir, nochor ahvolda qolgan edilar. Oqibatda 
mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram xalqlarni 
qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uygʻona boshladi. 
Bir qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afgʻoniy (1839–1897), 
Muhammad Abdo (1848–1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida Gʻarb 
mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-sekin jadidchilik-
taraqqiyparvarlik gʻoyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin 
al-Afgʻoniy ta‘limoti oʻz mohiyatiga koʻra juda qarama-qarshi boʻlsa-da, 
nafaqat Misrda, balki Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham 
qizgʻin qabul qilindi va XIX asr oxirlarida musulmon ziyolilari 
dunyoqarashining shakllanishida katta ta‘sir koʻrsatdi»
1
. Jamoliddin al-
Afgʻoniy 
va 
Muhammad 
Abdo 
oʻzlarining diniy islohotchilik
ma‘rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilgʻor 
siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi birlashishga chaqirdilar.
Jahon tajribasidan xulosa chiqarib, Sharq xalqlarining istibdodga qarshi 
shakllangan turkparastlik va islomparastlik koʻrinishidagi qarshilik 
oqimlaridan gʻoyaviy quvvat olib, milliy yoʻnalishda rivojlangan 
jadidchilikning kelib chiqishida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy omillar 
mavjud. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, 
Choʻlpon kabi jadidlar ilmiy merosida ma‘rifatparvarlik ta‘limoti etakchi 
oʻrin tutadi. Turkistonda ma‘rifatparvarlik gʻoyasini rivojlantirishning oʻziga 
1
ХакимовИ.М. Джамалад-ДинАфгани, его антиколониальные взгляды и деятельность(1839-1897 гг.) 
Автореф. дисс... канд.филос.наук. – М: МГУ,1971. –С .8. 


99 
xos tomoni, u istilo siyosati oqibatida vujudga kelgan millatparvarlik harakati 
bilan chambatchas bogʻliq. Xuddi shu xususiyat bilan jadidchilik XIX asr 
oxiri va XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan 
islomparastlik va turkparastlik harakatlaridan mohiyatan farq qiladi. 
Islomparastlik va turkparastlik harakatlari maqsad nuqtayi nazaridan umumiy 
islom dunyosi yoki umumiy turk dunyosi birligi gʻoyasini ilgari surgan, oʻz 
tabiatida osiyosentrizm gʻoyasini ifodalar edi.
Jadidchilik mafkurasi taraqqiyot yoʻlini, ma‘rifatparvarlik yoʻlini aynan 
milliy identifikatsiya orqali, umuminsoniy taraqqiyotga millat nuqtayi-
nazaridan rivojlanish orqali erishishni tashviqot qilgani uchun ham yuqorida 
nomi qayd etilgan ta‘limotlarga nisbatan taraqqiyparvar edi. Har bir vujudga 
kelgan ta‘limot oʻziga oʻxshash, oʻzidan avvalgi kelgan ta‘limotlarning eng 
yaxshi tomonlarini olib mukammallashishi nuqtayi nazaridan ham jadidchilik 
taraqqiyparvarlikni namoyon etgan. Shuning uchun millatparvarlik va 
ma‘rifatparvarlik ta‘limotlari Turkiston ziyolilari ijodlari va faoliyatlarida 
bir-birining tarkibiy qismiga aylandi.
Jadidchilik ta‘limotida ma‘rifatparvarlik gʻoyasi oʻzbek xalqining XIX 
asr oxiri XX boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy hayoti 
murakkabliklari va muammolarini hal qilishga qaratilgan keng qamrovli 
ta‘limot edi. Turkiston xalqlarini musta‘mlaka zulmidan xalos etish, milliy 
iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab 
tura oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv 
oʻzgarishlar tufayli vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan 
kelajak avlodni jismonan va ma‘nan sogʻlom qilib tarbiyalash masalasiga 
bogʻliq edi.
Xulosa qilib aytganda, millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya 
sifatida shakllangan jadidchilik tarixni, ma‘naviy ahvolni jiddiy mushohada 
etgan holda, tutqunlik va qaramlik sabablarini jamiyatning oʻzidan izlashga 
harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet sifatida shakllanuvchi 
milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy va 
ma‘naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita 
mushohada etishni talab etadi»1;
Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va 
istibdoddan ozod qiluvchi chorani ma‘rifatda koʻrdilar. Chunki istibdoddan 
xalos boʻlish uchun eng avvalo tafakkurda oʻzgarish qilish, millatni qullik va 
murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan ozod boʻlish lozim edi. Bu 
esa faqat ma‘rifat orqali amalga oshishi mumkinligini jadidlar tushunar 
edilar. Lekin bu ma‘rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas 
emas, milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib oʻzligini anglash, milliy 
1
Франк С.Л. Этика нигилизма // Вехи. Интеллигенция в России. Сборники статей 1909-1910. - М.: Молодая 
гвардия, 1991. 155-с. 


100 
nafsoniyat, 
ozodligini 
himoya 
qilish 
harakteridagi 
demokratik
ma‘rifatparvarlik edi;
Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma‘rifatparvarlik milliy 
demokratik ta‘limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti 
ijtimoiy-siyosiy hayotning ilm–fan, madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha 
sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks harakterdagi chora tadbirlardan 
maqsad, 
milliy 
tafakkurdagi 
progressiv 
oʻzgarishlar dinamikasini 
tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi 
transformatsiyasini roʻyobga chiqarish edi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish