Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Abdurahmon Jomiy
Shohruh hukmdorligi davrida — 1414-yil 7-
noyabrda Nishopur yaqinidagi Jom shahrida, ruhoniy oilasida dunyoga keldi. 
Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib Jomda turib qolishgan. 
U asosiy umrini Hirotda oʻtkazdi va shu yerda mashhur shoir va 
mutafakkir boʻlib yetishdi. Hirotda Jomiy tasavvuf yoʻliga kirishni, oʻz bilim 
va faoliyatini shu yoʻlga, qolaversa ijodga, ilm-fanga bagʻishlashni afzal 
koʻradi. Jomiyning "Nafahot ul-uns", Lujjat ul-asror", Ashiat ul-lamaot", 
"Riso-lai musiqiy", "Risolai muammo" kabi bir qancha asarlari Navoiyning 
maslahati va iltimosi bilan yozilgan. Jomiy oʻz lirik she‘rlarini yigʻib, devon 
tuzmoqchi boʻlganda, Navoiy maslahati bilan uchta devon tuzadi va 
devonlarning birinchisiga "Fotihat ush-shabob", ikkinchisiga "Vositat ul-
ishq", uchinchisiga "Xotimat ul-hayot" deb nom qoʻyadi. 1480-yildan 1485-
yilning oxiriga qadar Jomiy oʻzining buyuk "Haft avrang"i tarkibiga kirgan 
dostonlarini yaratish ustida ish olib bordi. Sharq adabiyotidagi xamsachilik 
an‘analari asosida yozilgan bu dostonlardan "Silsilat uz-zahab", "Tuhfat ul-
ahror", "Suhbat ul-abror" gʻoyaviy jihatdan falsafiy-axloqiy yoʻnalishda, janr 
e‘tibori bilan pandnoma tipida boʻlib, oʻz davrining eng dolzarb masalalariga 
bagʻishlangan edi. 
"Yusuf va Zulayho", "Layli va Majnun", "Salamon va Absol", 
"Xiradnomai Iskandariy" dostonlarida esa shoir an‘anaviy syujetlarning 
yangicha talqinlarini berdi. Jomiy bir necha marotaba haj qilgan, haj safari 
davomida Nishopur, Bastom, Domgʻon, Qazvin, Hamadon, Karba‘lo, 
Bagʻdod, Damashq, Halab, Tabriz kabi shaharlarni koʻrgan, bu shaharlarda 
yuksak izzat-hurmatga sa‘zovor boʻlgan. Uning shaxsiy maktublaridan 
ma‘lum boʻlishicha, u yaqin doʻsti Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda ham 
boʻlgan va ulugʻ ma‘zoratlarni ziyorat qilgan Abdurahmon Jomiy gʻoyat 
sermahsul ijodkor boʻlib, undan bizga adabiyotning turli janrlariga, fan va 
san‘atnint rang-barang sohalariga oid boy meros qolgan. Jomiy asarlari oʻz 
davridayoq Xuroson va Movarounnahr doirasidagina emas, boshqa 
mamlakatlarga ham keng tarqalgan edi. Uning asarlari oʻz davrida va undan 
keyin ham koʻp qoʻlyozma nusxalarda koʻchirilgan. Masalan, Oʻzbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti, Qoʻlyozmalar instituti fondlarida Jomiy asarlarining 
XV — XVI asrlarda koʻchirilgan oʻnlab qoʻlyozmalarini uchratish mumkin. 
Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega boʻlib, 
ularda shoir Islom dini va Sharq falsafasining bir qator masalalarini oʻz 
qarashicha talqin qiladi, tasavvufning XV asrdagi eng yirik arbobi sifatida 
oʻz fikr-mulohazalarini bayon etadi. Bunga uning "Naqshi fusus" ("Ma‘nolar 
naqshi"), "Shavohidi nubuvva" ("Paygʻambarlikka dalillar"), "Sharhi qasidayi 
"Toiya" (Radifda "to" harfidan foydalanib yozilgan qasida sharhi"), "Naqdi 


91 
nusus" ("Matnni tanqid"), "Sharhi qasidayi "Hamriya" ("Hamriya" qasidasi 
sharhi"), "Naqshbavdiy ta‘limoti haqida risola", "Vohid" ata‘masi haqida 
risola", "Zikr" shartlari haqida risola", "Haj qilish yoʻllari haqida risola", 
"Ashiot ul-lamaot" kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. 
Jomiy oʻzining mutasavvuflik faoliyatida Bahovuddin Naqshband gʻoyalarini 
shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xoja Ahror Valiy bilan 
yaqin munosabatda boʻlgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman u oʻzini 
kundalik hayotda "Ma‘lomatiya" tariqat‘iga mansub deb hisoblasa-da, 
asarlarida ulugʻ Naqshbandga ixlosi Cheksiz edi. U oʻzining "Lujjatul-asror" 
qasidasida soʻfiy xulq-axloqi, inson tarbiyasi haqida gap borganda 
ta‘magirlikni qoralab, qanoatli kishilarning oliyjanobliklarini, ularning 
ma‘naviy jihatdan podshoh va vazirlardan ham ustun ekanliklarini madh 
etadi. Shoir fikricha, inson halol va pok yashashi, buning uchun esa u bir 
kasbga ega boʻlishi, oʻz mehnati hisobiga kun koʻrishi zarur. Jomiyning 
tasavvufga boʻlgan e‘tiqodi sof va mukammal boʻlib, u Xudoni yorugʻ nur 
koʻrinishida tasavvur etar edi. She‘riy asarlarida esa u Xudoni goʻzal 
ma‘shuqa qiyofasida tasvirlagan. Shu bilan birga uningcha, dunyodagi 
hamma narsalarni yaratgan. Xudo oʻzi ham minglarcha koʻzguda, turli 
qiyofada va koʻrinishda namoyondir. Jomiyning "Risolayi aruz", "Risolayi 
muammoyi kabir", "Risolayi muammoyi sagʻir", Risolayi muammoyi 
mutavvassit", "Risolayi muammoyi manzum", "Sharhi bayti Masnaviy, 
"Sharhi bayti Xusrav", "Sharhi rubbiyot", "Risolayi qofiya" kabi asarlari 
Sharq adabiyoti tarixini, uning vazn, qofiya va she‘r turlari bilan bogʻliq 
nazariy masalalarini oʻrganishda hozirgi kunga qadar oʻz ahamiyatini 
yoʻqotmagan.
Jomiy ijodining eng katta qismini, hech shubhasiz, uning she‘riyati 
tashkil etadi. 1490 yilning boshida u oʻz she‘rlaridan 3 ta devon tuzgan 
boʻlib, bu devonlar 1805 gʻazal va boshqa she‘r turlarini oʻz ichiga olgandir. 
Bu devonlardagi deyarli barcha she‘rlar shoirning lirik she‘rlar sohasidagi 
yuksak iste‘dodidan darak beradi. Abdurahmon Jomiy ijodining gultoji, 
shubhasiz, uning "Haft avrang" deb nomlangan dostonlar majmuasidir. Bu 
dostonlarida Jomiy fors-tojik adabiyotida yaratilgan Nizomiy Ganjaviy 
(1141—1209) va Amir Xusrav Dehlaviyning (1253—1325) "Xamsa"laridagi 
eng yaxshi gʻoyaviy va adabiy an‘analarni davom ettiradi 
Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy masalalarda Jomiy xalqparvarlik va 
insonparvarlik, adolat va insof masalalariga, zulmni, zolimlarni qoralashga 
keng oʻrin berdi. Buni u ayniqsa shohlar haqida gap borganda, qayta-qayta 
qalamga 
oldi. 
Uningcha, 
shoh 
odil 
boʻlsa, 

bexavf-bexatar 
yashaydi.Abdurahmon Jomiy 1492 yili shamollash natijasida xastalanib, 78 
yoshida vafot etdi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish