Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Temuriylar sulolasi davri. 
Oʻzbek davlatchilik tarixida Temuriylar 
davri faqat oʻzbek xalqi madaniyatigagina emas ilm-fan va falsafiy fikr 
tarixida ham butun Markaziy Osiyo uygʻonish davriga asos solgan taraqqiyot 
davri boʻldi. Temur va temuriylar davrida uygʻonish davrining ikkinchi 
bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnagan bosqichi 


87 
boʻldi. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh, hozirgi (Shahrisabz) 
viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir 
Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, 
ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi 
boʻlgan. 
Amir Temurning yoshligi haqida ma‘lumotlar kam uchrasa-da, ayrim 
manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining 
tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me‘morchilik va tarix ilmlarini oʻrgangan. Amir 
Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi 
Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va 
falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtirganini 
ta‘kidlaydi. 
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr 
moʻgʻullar istibdodi ostida boʻlib, Chingizxon va Botuxon bosib oʻtgan 
shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan 
yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni oʻzining 
ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxonga suyurgʻol sifatida in‘om qilgan edi. 
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol koʻzga 
tashlanadi. Birinchi davri (1360–1385) Movarounnahrni moʻgʻul xonligidan 
ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, oʻzaro urushlarga barham 
berish. Ikkinchi davri (1386–1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb 
ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan harakterlanadi. 
1360-yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, 
urushlarda ishtirok eta boshladi va Moʻgʻuliston hukmdori Tugʻluq 
Temurxon, uning oʻgʻli Ilyosxoʻjaga qarshi kurashlardan soʻng, Amir Husayn 
ustidan gʻalaba qozongach, 1370-yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy 
sohibi boʻldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi. 
Amir Temur taxtga oʻtirgach, Chigʻatoy ulusining barcha yerlariga 
oʻzini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent 
viloyatini, Fargʻona vodiysini, Xorazmni oʻz hukmronligi ostiga kiritdi. 
Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga 
keldi. Sohibqiron soʻnggi yillarda Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari, 
Hindiston, Oltin Oʻrda va Turkiya bilan boʻlgan janglarda gʻolib chiqib, 
saltanat hududini Sharqda Xitoy devoriga qadar, Gʻarbda — Oʻrta Yer 
dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi. 
Temur faoliyatida muayyan siyosiy yoʻl — mayda feodal 
hukmronligini tugatish, muhim xalqaro karvon yoʻllarida ustunlik qilib 
turgan Oltin Oʻrda, Eron va boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib, 
Movarounnahrning 
siyosiy-iqtisodiy 
quvvatini 
ta‘minlay 
oladigan 
markazlashgan davlat tashkil yetish edi. Amir Temur avvalambor 
mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-intizom, 
qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga 


88 
imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini 
ta‘minlash yoʻlida qoʻshinning qudratini oshirish kabilarga katta e‘tibor 
berdi. 
Temur tarixchilar tasviricha, Oʻrta asrning atoqli davlat va harbiy 
arboblaridan boʻlib, Yevropa olimlari oʻz asarlarida uning salbiy tomonlari 
bilan birga muhim fazilatlarini ham ta‘kidlab oʻtganlar. Nemis olimi 
F.Shlosser oʻzining «Jahon tarixi» (III tom) asarida: «Baxtiyor jangchi, 
jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos boʻlish bilan birga oʻzida, Osiyoda kam 
uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi», deb yozsa, atoqli nemis 
olimi va tarixshunosi M.Veber: «Temur oʻz dushmanlariga nisbatan juda 
berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida 
buyuk talantga ega edi», deb ta‘riflaydi. Shuningdek, «Tuzuki Timur» — 
«Temur tuzuklari»da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga 
qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari 
haqida gap boradi. 
«Temur tuzuklari»da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning 
vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos 
boʻlgan qoidalar, qoʻshinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta‘minlash, 
ragʻbatlantirish, qoʻshin turlarining tutgan oʻrni va oʻzaro munosabati kabi 
masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari 
asosida olib borilganligi bir necha bor ta‘kidlanadi. Amir Temur «Temur 
Tuzuklari» eng noyob ma‘naviy merosdir. U oʻrta asr Sharqining barcha 
qonun-qoidalari bitilgan ma‘naviy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy asardir. Temur 
bu asarda oʻz merosxoʻrlariga bir butun saltanat bilan birga uni saqlab 
qolishning yoʻllarini ham yozib qoldirgan. Ushbu kitob mohiyatida qanday 
qilib adolatli, farovon davlat qurish yoʻllari, uning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy 
asoslari bayon etilgan: «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan 
bandalarini oʻzimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-
shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim 
bilan odamlarning koʻnglidan joy oldim»
1
– deyiladi «Tuzuk» larda. 
«Temur tuzuklari» dan ma‘lum boʻladiki Amir Temur markazlashgan 
davlatida qonun-qoidalar asosida oʻz-oʻzini boshqaruvchi tizim tashkil 
etishga harakat qilgan: «Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida 
shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon etkazishga hech bir 
kimsaning qurbi etmas edi»
2
.
Amir Temur davlatda adolat tamoyillarining ustun boʻlishida har 
ishdan ogohlik va ichki tartibga hushyor munosabatda boʻlish katta rol 
oʻynashini yaxshi tushungan, uning yozishicha: «Turli mamlakatlardagi 
sadrlar va qoziylarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi 
xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga oʻxshash har yer va 
1
Темур тузуклари. - Тошкент: Ғафур Ғулом нашрѐти, 1991. 54-б 
2
Темур тузуклари. - Тошкент.: Ғафур Ғулом нашрѐти,1991. 63-б. 


89 
har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida 
menga ma‘lumot berib tursin deb adolat amirini tayinladim»
1
.
«Qiziq, bu tasodifmi yoki qonuniymi – bilmadim, «Temur tuzuklari» 
ham, Oʻrta Osiyo zaminida yaratilgan koʻpgina ajoyib asarlar singari avval 
oʻzga yurtlarda, xususan Yevropada shuhrat topdi», – deb yozadi Boʻrivoy 
Ahmedov
2
. Bunga sabab tabiiyki, asarda davlat tuzumi va boshqarilishiga oid 
ma‘lumotlarning mukammalligida edi.
«Barcha ishlarda, – degan edi Amir Temur,— bu ishlar qaysi oʻlka 
xalqiga taalluqli boʻlmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga 
buyruq berilgan. qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil 
qildimki, kambagʻallar ulardan nafaqa olib turardilar». Bundan tashqari, 
Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur 
yozadi: «Soliqdar yigʻishda xalqni ogʻir ahvolga solishdan yoki oʻlkani 
qashshoqlikka tushirib qoʻyishdan ehtiyot boʻlish zarur. Negaki, xalqni 
xonavayron qilish davlat xazinasining kambagʻallashishiga olib keladi, 
xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, oʻz 
navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab boʻladi...» 
Tarixiy manba‘larning guvohlik berishicha, Movarounnahrda 
moʻgʻullarning qariyb 140 yillik hukmronlik davrida bironta ham koʻzga 
koʻrinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning 
tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa 
Keshning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Shuningdek, xalq 
farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yoʻlida suv omborlari, toʻgʻonlar 
qurishga, 
ariqlar 
qazishga, 
yangi 
yerlarni 
oʻzlashtirishgа
alohida e‘tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini koʻtarishda 
savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar 
va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san‘atini 
taraqqiy ettirgan.Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik 
qilgan sharoitda Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda boʻlindi, 
oʻsha davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy 
toʻsiq, ta‘qiqlashlarga qaramay Temur haqida oʻzbek olimlari obyektiv 
fikrlarni bildirdilar. 1968 yili akademik I.M.Moʻminovning «Amir 
Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» risolasining nashr 
etilishi muhim voqea boʻldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga 
qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Oʻzbekistonning 
mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga toʻgʻri 
munosabatda boʻlish imkonini yaratdi. Soʻnggi yillarda Amir Temur va uning 
davrini oʻrganishga bagʻishlangan qator manba‘lar, kitoblar, jumladan, 
Boʻriboy Axmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr 
etildi. Oʻzbekistan Prezidentining farmoni bilan 1996 yil — Amir Temur yili 
1
Ўша манба. 58-б. 
2
Ўша манба. 6-б. 


90 
deb e‘lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur 
nomi oqlanib, oʻzbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish