Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Farobiy



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Farobiy 
(873–950) – musulmon 
Sharqida Arastudan keyin ―ikkinchi ustoz‖ unvoniga muyassar boʻlgan yirik 
mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub boʻlib, 
ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy 
muammolarni sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil 
qilishga bagʻishlangan. Mutafakkir olamni ikki koʻrinishda: ―vujudga vojib‖ 
(olloh) va ―vujudi mumkin‖ (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida 
talqin qiladi, barcha narsalar ―vujudi vojib‖ tufayli yashash huquqiga ega 
boʻladi. Ular oʻzaro bir-biri bilan sababiy tarzda bogʻlanadi. Sababsiz oqibat 
boʻlmaganidek, oqibatsiz sabab ham boʻlmaydi, deydi Farobiy.Olam sifat, 
miqdor, substansiya - javhar, aksidensiya-oraz (muhim boʻlmagan xossa), 
imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish 
kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fa‘zoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), 
aqlsiz jonivorlar, oʻsimliklar, minerallar va toʻrtta unsur-suv, olov, havo va 
tuproq kabi oltita koʻrinishda namoyon boʻladi. 
Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va 
mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. 
Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. 
Mutafakkir oʻz asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, 
baxt-saodat, unga erishish yoʻllari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy 


75 
tarbiya, ijtimoiy istiqbol toʻgʻrisida ilgʻor gʻoyalarni ilgari surgan. 
Farobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga boʻlgan ta‘siri sezilarli 
boʻlgan. 
Farobiyning fikricha, borliq xudodir va faqat ugina mohiyatlarga vujud 
bagʻishlaydi. Farobiy falsafa tarixida birinchi boʻlib mavjudotlarni ikki 
qismga: aqliy vujudga va mohiyatga, mohiyatlarni esa toʻqqiz javhar va oraz 
(aksidensiya)ga boʻladi. Farobiy aytganidek, haq xudodir va haqiqatning 
boshqa ma‘nolari uning asarlarida xuddi shu ma‘noda qoʻllaniladi. Zero, 
barcha mavjudotlar ilmi ilohiyda mavjud boʻlib, nimaiki ilohiy qazoda bor 
boʻlgan boʻlsa, qadar darajasiga tushib qolgan, deydi u. Xuddi shuningdek, 
haqni azaliy, deganda, alloma aynan mana shu ma‘noga asosiy e‘tiborni 
qaratadi. Bunga qoʻshimcha sifatida yana shuni aytish mumkinki, sababiyat 
ham uning asarlarida boshqacha koʻrinish va talqinga ega boʻlib, koʻproq 
faollik ma‘nosini kasb etadi.
Farobiy fikricha, bilishning quroli: nutq, tasavvur va hisdan iborat. 
Narsalar toʻgʻrisidagi bilim nutq quvvati orqali, tasavvur va his-tuygʻu 
vositasida hosil boʻladi. Har vaqt bilim hosil qilishga iroda koʻrsatilsa, uning 
idroki nutq quvvatining sha‘nidir. Nutq vositasida kelib chiqqan ilm oʻz 
e‘tibori bilan his-tuygʻu uygʻotuvchi ishlarni bayon etadi. Demak, ilm hissiy 
quvvat natijasida kelib chiqadi. Ilm mavzusining tasavvurga taalluqligi, 
tasavvur esa oʻz navbatida orzu tugʻdirishi va his-tuygʻuga boshqacha 
tasavvurlarning kirib kelishi nutq quvvatining hosilalaridir. Shunga binoan 
tasavvuriy ma‘rifatning mavzusi eng yuqori zotlarning vujud bosqichlaridan 
tortib to mavjud boʻlmagan yolgʻon narsalarni ham oʻz ichiga oladi. Ikkinchi 
tomondan avvaldan vujudga kelgan narsalar ikki xil: 1) his-tuygʻu bilan 
bilinadigan narsalar; 2) isbot va dalil orqali bilinadigan narsalar
1
.
Tasavvuriy ma‘rifat borliqdagi barcha mavjudotlarga taalluqli 
boʻlganligidan tasavvur orqali hosil qilingan ilm ham xuddi dalil va isbot 
vositasida hosil qilingan mavjudotlar kabi bilib olinishi, ya‘ni his-tuygʻu 
uygʻotadigan bilimlarni ham tasavvuriy ma‘rifat jumlasidan deb hisoblash 
mumkin.
Vahiy agarchi hamma narsa toʻgʻrisidagi mavhum ma‘rifat boʻlib, 
moddadan ajratilgan boʻlsa ham, ilohiy ilmlar jumlasidan hisoblanadi.
Vahiy – mavjud ashyolarning qandayligidan qat‘iy nazar ularning 
qaysilari foydali va qaysilari zararli ekanligini aniqlashdir. Vahiy ilohiy 
ilhomdir.
Faol aqlning ruh fa‘zosiga qoʻygan birinchi qadami tushdir. Ammo 
tasavvuriy quvvatning oʻz nihoyasiga etishi tushda koʻrgan voqea va hodisalar 
bilan chegaralanmaydi. Faol aql uyqu vaqtida tasavvurga kirganidek, 
bedorlikda ham oʻz holatini saqlaydi. Faol aql fayzining mahsuli ―koʻrish‖dir, 
1
Қаранг: Ризо Доварий Ардаконий. Форобий – ислом фалсафаси муассиси. –Б.117. 


76 
ya‘ni nutq quvvati nimaniki dalil asosida ―qabul qilsa‖, tasavvuriy quvvat uni 
―koʻradi‖.
Tasavvuriy quvvat nutq quvvatining ―oʻrinbosaridir‖. Aql va tasavvur 
faol aql fayzi vositasida shahar raisiga sof va xolis, shu bilan birga ajoyib 
ma‘rifat majmuasini taqdim etadiki, u bu orqali osmoniy belgilarni koʻradi va 
tushuna oladi. Natijada Fozil shahar raisi bu koʻrganlarini yerga tushirib, 
shahar hayotiga tadbiq etishga kirishadi
1
.
Nazariy aql shunday kuchki, unga qiyos ham, isyon ham va xato ham 
aralasha olmaydi. Bu aqliy ilmlarning asosiy tushunchasi, zaruriy xulosalar 
majmuasi va ma‘rifat sarchashmasidir. Insonning nazariy aqli tufayli barcha 
mavjudotlar haqidagi bilimlar mavzusi boʻlgan nazariy ilm kelib chiqadiki, 
uning tayanchi sun‘iy ravishda emasligi ma‘lum boʻladi. Bu ilm ayon boʻlishi 
bilan birga aqliy kuch haqiqiy amalga aylanadi.
Nazariy aql insonga va uning toʻla faoliyatiga xos boʻlgan narsa boʻlib, 
ruhning badandan ajralgandagi shunday holatidirki, ruh oʻzining yashashi, 
tayanishi va faoliyati uchun moddaga boshqa muhtoj boʻlmay qoladi. 
Shuningdek, u his-tuygʻu va tasavvurdan ham beniyoz boʻlib, ularsiz ham 
―birinchi ibtido‖ning zotini tushunishga erishadi. Ya‘ni, fozil shaharning 
birinchi raisi qiyos, misol va oʻzining jismoniy kuchining aralashisiz ham, 
xudovandu taborak va taoloni xolis ravishda tasavvur va ―mushohada‖ qila 
olishi mumkin.
Farobiyning fikricha, aql shariatning tayanchi va madadkori boʻlib, 
mohiyatan u bilan birdir. Shariatni yaxshi tushunish uchun aql ishlatish zarur. 
Bir tomonlama aql ishlatishni toʻxtatib qoʻyish dinning rostgoʻylikka 
undovchi mohiyatini tushunishga gʻov boʻlib, riyokor va nizo chiqaruvchi 
odamlar domiga tushib qolishi va qavmning oʻzinigina chegaralangan rasm-
rusumlari va odatlari asoratiga mutelikni keltirib chiqaradi
2
.
Farobiyning boshqaruvni sharti sifatida falsafaga murojaat qilishining 
asli mohiyati shundaki, falsafa aql va dalillar bilan ish koʻradi. Aql va dalil 
bilan ish koʻrish esa, ayrim millat va ummatgagina xos boʻlgan narsa 
boʻlmay, jahonshumul ahamiyatga egadir. Agar diniy e‘tiqodlar bilangina ish 
koʻriladigan boʻlsa, unda ma‘lum va mashhur narsalarga xitob qilish va 
ulardan qoniqish bilangina ish tutishga toʻgʻri keladiki, unda muayyan asr, 
shaxs va makon aks etadi, xolos. Ammo aqliy dalillarga tayanilsa, yuqoridagi 
chegaralanishlarga xojat qolmaydi. Aql oʻz-oʻzicha shunday qoidalarga 
egadirki, hamma joyda va har qanday zamonda qoʻllansa boʻlaveradi
3
.
Abu 
Nasr 
Farobiyning 
axloq 
nazariyasiga 
qadimgi 
yunon 
mutafakkirlari sezilarli ta‘sir oʻtkazganlar. Farobiy yunon mutafakkirlarining 
1
Қаранг: Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. –Тошккент.: Ёзувчи. 2002. –Б.25-26.
2
Қаранг: Форобий. ―Фозил одамлар шаҳри аҳолисининг фикру-зеҳни‖. Албир Нодир таҳрири остида. –
Байрут. 1959. –Б.112-113. (араб тилида) 
3
Қаранг: Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. –Тошкент.: Ёзувчи. 2002. –Б.54.


77 
jamiyat va ijtimoiy axloq toʻgʻrisidagi ta‘limotlarini islomiy nuqtayi nazardan 
qayta ishlagan.
Farobiy fikricha, inson olti bosqichda yaratilgan vujudlarning eng 
pastki bosqichida boʻlsa ham, tugʻma qobiliyati va quvvati bilan faol aql 
yordamida oʻzini baland martabali mumtoz vujudga aylantira oladi. U 
mavjudotlar silsilasi bosqichlaridagi shunday yagona bir jinsdirki, uni oʻz 
kuchiga koʻra harakatdagi borliq deyish mumkin. Baxt-saodat bunday yuksak 
―koʻtarilish‖, ya‘ni mumtozlik tarkibiga kirmaydi. Baxt-saodat tushunchasi 
―faol aqlga eng yaqin turgan narsadir‖
1
, va uning ma‘no-mohiyati faol aql 
bilan qoʻshiluvida yashiringandir
2
.
Baxt-saodat faol aqlning eng yaqin bosqichiga shiddat bilan 
yetishishdir
3
. Baxt-saodat inson ruhining shunday kamolot vujudiga 
erishishidirki, bu joyda ruh uchun moddiy tayanchga ehtiyoj qolmaydi. 
Bunday martabada har qanday jismdan tashkil topgan ashyolar ham oʻz 
moddiy oʻzagidan ajralib, undan abadiy mahrum holda, doimiy qoladilar. 
Bunday martabali joy faol aql maskani boʻlib, unga faqat irodali faoliyat 
orqaligina erishiladi. Baxt-saodat oʻz mohiyatiga koʻra, shunday xayrli va 
matlub narsadirki, inson undan boshqa yoqimliroq va ulugʻvorroq narsani 
qoʻlga kiritishi mumkin emas.
Ammo, har qanday holat va bosqichda ham inson ruhiyati avj nuqtasi 
va faoliyatining nihoyasi uning tugʻma vujudidagi quvvatga bogʻliqdir. 
Farobiy fikricha, baxt-saodat xayrli ishning oʻzginasi boʻlib, har bir inson 
erishishi mumkin boʻlgan maqsadlarning eng ulugʻidir. U oʻzining ―Kitob al-
siyosat al-madaniya‖ asarida baxt-saodatni faqat nazariy tafakkurga ega 
boʻlgan quvvat egasigina idrok eta oladigan aqliy kamolot turi, deb 
hisoblaydiki, zero, baxt tushunchasi, aqliy tafakkur orqaligina ma‘lum boʻlib, 
uning afzalligini hech bir lazizroq va jismoniy ehtiyojga xos narsa bilan 
solishtirib boʻlmaydi. Boshqacha ta‘bir bilan aytganda, Farobiyning nuqtayi 
nazaricha, mohiyatan baxt-saodat aqliy idrokka aloqador boʻlib, gapiruvchi 
quvvat jihatidan aqliy amalga bogʻliqdir va shu bois unga faqat aql 
yordamida erishish mumkin.
Fozil shahar ahli orasida uning yuqori vakolatli hokimi ―baxt-saodatda 
eng yetuk‖ boʻlib, ayni vaqtda ―moddaning zarra va energiyasidan judo 
boʻlgan holda faol aqlga yaqindir‖. (Farobiyning bunday ifodasi Qur‘on 
oyatlari va islomiy madaniyatdagi taqvo va zuhdga chaqirish kabi 
tashviqotlarga muvofiq keladi).
Fazilat ruh lazzatining sababidir. ―Sen bundan gʻaflatda eding va biz 
1
Қаранг: Форобий. Рисолат фи ал-ақл (―Ақл ҳақида рисола‖), –Байрут, 1939. –Б.31. (араб тилида) 
2
Қаранг: Форобий. Фалсафату Аристотелис ва ажзои фалсафата ва маротиб ажзоиҳо (―Арасту фалсафаси ва 
фалсафанинг қисм ва босқичлари‖). Мухсин Маҳди таҳрири остида ―Матнлар силсиласи‖. –Байрут, 1-жилд, 
1961. –Б.128. (араб тилида).
3
Қаранг: Форобий. Китоб ал-сиѐсат ал-маданийа (―Шаҳар сиѐсати ҳақида китоб‖). Фавзи Нажжор таҳрири 
остида. –Байрут, 1969. –Б.36. (араб тилида) 


78 
sening qarshingdagi pardani koʻtardik va sening koʻrar koʻzing ushbu kunda 
katta ochildi‖. 
Farobiy bu erda dalil sifatida Qur‘onning ―Qof‖ surasining 23-oyatini 
keltirmoqda. U aytmoqchiki, tan hijobi insonni ruh lazzati va ilohiy nurni 
mushohada qilishdan mahrum etmoqda, ya‘ni dunyoviy narsalarga 
aloqadorlik ruh qarshisida parda boʻlib kelmoqda. Inson aqlining zaifligi va 
uning moddiy va nomoddiy narsalar bilan qorishiqligi, uni borliqning avvali 
―eng yetuk jamol‖ Tangri visolidan mahrum etmoqda.
Farobiy fikricha, inson oʻzining tabiiy holatida kamchilikka ham, 
kamolotga ham ega emas. Bu erda Farobiyning mazkur xulosasidan kelib 
chiqadigan oʻta muhim narsa shundaki, u fazilatni ―bir yaxshi amal‖ 
ma‘nosida ta‘riflamaydi. Uning fikricha, fazilat xayrli amalning inson 
ruhidagi ―in‘ikosi‖ va ―natijasi‖ boʻlgan ruhiy vakillikdirki, yaxshi odatlar
xayrli ishlar va sharafli hatti-harakatlarning takrorlanishi ta‘sirida kelib 
chiqadi. Xuddi shuningdek, ra‘zolat va kamchiliklar ham ruhda oʻz izini 
qoldiradigan yomon amallar va koʻngilsiz ishlarning takrorlanishi oqibatida 
kelib chiqqanlar. Uning fikricha, barcha fazilatlarning maqsadi ruhiy 
xayrixohlikdir. Farobiyning dalili shundaki, modomiki, barcha ruhiy 
quvvatlar qayrda toʻplanar ekan, ular orasidagi ixtilof va qarama-
qarshiliklarga oʻrin qolmaydi. Ammo ular oʻrtasidagi osoyishtalik qachonki 
buzilsa, ruhda sharr, yomonlik va buzgʻunchilik a‘lomatlarini axtarib topish 
kerak boʻladi. Demak, Farobiy fikricha, baxt-saodat laziz va razolatli 
narsalardan oʻzini tiyish evaziga inson uchun berilgan mukofot emas, balki, 
ulardan qutulishning natijasi va oqibatidir.
Shunday qilib, fazilat va baxt-saodat oʻrtasidagi sabab va oqibat nisbati 
dalilidan Farobiy shunday natija chiqaradiki, baxt-saodat fazilatga 
tashqaridan yopishtirilgan yoki yuklangan amal boʻlmasdan, balki uning oʻz 
jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy holatdir.
Farobiy yashagan vaqtda zaruriyat yoki zoʻrlik haqidagi nazariya 
koʻpchilik tomonidan qabul qilingan hisoblanar edi. Farobiy shu vaqtgacha 
qoʻllanilmagan ―ixtiyor‖ istilohini ilmiy adabiyotga olib kirish bilan, 
insonning iroda erkinligi uning taqdiriga ta‘sir etishi mumkinligi masalasini 
oʻrtaga tashlab, haqiqatda keng yoyilgan nazariyaga ochiqdan-ochiq qarshi 
chiqdi. U bunday fikrni yoyish bilan, kishilarni shunga da‘vat etdiki, inson 
tabiiy, irsiy, sinfiy toʻsiqlarga qaramasdan oʻz bilganicha, oʻzini qaytadan 
shakllantirishi va siyosiy nuqtayi nazardan ham madaniy jamiyatning ―yetuk‖ 
va ―barkamol‖ a‘zosi boʻlishi mumkin.
Farobiy inson mohiyatini tarbiyalashni uzoq muddat davom etadigan 
yaxshi amal, deb bildi. Uning fikricha, har qanday yaxshi axloq, agar zehnda 
takroran joylana bersa, uning natijasida inson ongining quvvati va fazilati 
orta boradi.
Madaniy jamiyatning sifati mohiyatan iroda va ixtiyorda boʻlganligidan 


79 
jamiyat boshligʻining vazifasi ushbu irodani xayr (yaxshilik) tomon yoʻnal-
tirishdir.
Farobiy fikricha, siyosat tabobat sifatidagi narsa boʻlib, jarrohlik yoʻli 
bilan boʻlsa ham da‘volanishi zarur boʻlgan fuqarolarning dardiga malham 
qoʻyishdir. Tabibning maqsadi bemorning dardini davolash boʻlganidek, fozil 
siyosatning ham oxirgi maqsadi jarohatlarga malham qoʻyish, singan 
suyaklarni payvandlash singari axolining farovonligini koʻtarish orqali uning 
ruhini va salomatligini yaxshilashdir.
Farobiy axloqiy fazilatlarni ruh uchun badan salomatligidek narsa, deb 
tushungan. Demak, sihat-salomatlikni tiklash uchun inson tabibga ehtiyoj 
sezganidek, bemor insonning ruhi uchun ham tabib zarurdirki, uning holatini 
davolay olsin. Shundan kelib chiqadiki, qonuniy hukumat raisining boʻlishi 
jamiyat uchun isbot qilingan zaruriyatdir.
Farobiyning fozil shahar toʻgʻrisidagi oʻz nazariyasini taklif qilishdan 
maqsadi, barcha insonlarga baxt-saodat va kamolotga erishish yoʻllarini 
koʻrsatib berishdan iborat edi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish