Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Abu Ali Ibn Sino 
(980–1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro 
yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn 
Sinodan qolgan ma‘naviy meros taxminan 280 nomdan ziyoddir. Ular 
tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va 
boshqa sohalarga bagʻishlangan. Olimning ―Shifo kitobi‖, ―Tib qonunlari‖, 
―Bilimlar kitobi‖, ―Tabiat durdonasi‖ kabi asarlari mashhurdir. Ibn Sino 
asarlari Ovroʻpoda XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlangan. 
Xususan, «Tib qonunlari» asarining oʻzi lotinchada 30 martadan ortiq nashr 
qilindi. «Kitob ush-shifo»ning koʻp boʻlimlari, mantiq, musiqa, yerning 
tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr 
etildi. Soʻngti ilmiy tadqiqotlar Ibn Sinoning Sharq adabiyotiga ham ta‘sir 
koʻrsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy 
qissalar janrining taraqqiyotiga turtki berganligini koʻrsatadi.
Ibn Sino dunyoqarashi Farobiy asarlari ta‘sirida shakllandi, u ijtimoiy-
falsafiy masalalarda Farobiy qarashlarini davom ettirdi, Sharq ilmini yangi 
tabiiy-ilmiy fikrlar bilan boyitib tizimlashtirdi va yangi bosqichga koʻtardi. 
Uning fikricha, falsafaning vazifasiga mavjudotni — barcha mavjud 
narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, biridan 
ikkinchisiga oʻtishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, 


82 
voqelik, sababiyatlarini asos qilib oldi. Borliqqa boʻlgan qarashlarida Ibn 
Sino barcha mavjud narsalar ikkiga boʻladi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va 
imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud hech narsaga bogʻliq 
boʻlmagan bir butunlikni tashkil etuvchi Xoliqi olamdir. Shuningdek vujudi 
vojib kosmologik ongni ham tashkil etib olami kabirni oʻzida ifoda etadi. 
Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud boʻlib, zaruriy vujud – 
Ollohdan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin – sabab va oqibat 
munosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya – tajalli tarzida, ya‘ni quyoshdan 
chiqayotgan nur shaklida amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklidagi 
mavjud boʻlgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bogʻliq holda osmon 
sferalari kelib chiqadi. Bular hammasi substansiya – javhardir. Bundan 
tashqari borliqda aksidensiya-oraz ya‘ni narsalarning tashqi koʻrinishini 
belgilovchi, narsalarning belgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa xususiyatlarii 
mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati 
boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa konkret jismlarning 
asosidir. Narsalarning konkret koʻrinishlari, shakllari oʻzgaradi, lekin 
ularning moddiy asosi yoʻqolmaydi.
Materiya‘ning eng sodda, boʻlaklarga boʻlinmaydigan shakli toʻrt 
unsur: havo, olov, suv, tuprokdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi 
natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar 
oʻzgarib, turli shakllarga ega boʻlishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi 
boʻlgan toʻrt unsur yoʻqolmaydi, abadiy saqlanadi. Ibn Sino falsafasida 
ma‘lum darajada inson vujudga kelishi haqidagi evolyusion ta‘limot 
mavjuddir. Uning fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va 
tabiat rivojining eng mukammal namunasi sifatida inson vujudga kelgan. 
Inson boshqa barcha hayvonot olamidan soʻzi, tili va aqli, tafakkuri bilan
farq qiladi. 
Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy 
bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish — bu 
shunday ta‘sirki, u tashqi narsalarning oʻzi boʻlmay, balki bizning 
hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi boʻlib, moddiy 
shakllarning boʻyi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson 
moddiy asossiz in‘ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi»,- deb yozadi Ibn 
Sino. Inson tafakkuri turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. 
Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e‘tibor beradi. Aql har qanday 
bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. «(Aql) 
tarozisida oʻlchanmagan har qanday bilim, — deb yozadi ibn Sino, — chin 
boʻlolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». Ibn Sino ijodida fanning 
strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga 
e‘tibor alohida oʻrin egallaydi. Bu masalada ham olim Farobiy boshlab 
bergan fanlar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga harakat 
qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-


83 
shifo», «Kitob un-najot», «Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, 
matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq — bilishning 
metodi, mavjudotni oʻrganish, u haqida fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida 
talqin etiladi. Ibn Sino mantiq ilmini tadqiq etishga katta e‘tibor beradi, unga 
maxsus risolalar bagʻishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta‘riflash, hukm, 
xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini oʻrganishga katta hissa qoʻshdi, 
mantiq fanini Farobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida 
rivojlantirdi.
Ibn Sino ilmni nazariy va amaliy ilmga boʻladi.Nazariy ilmlar haqiqatni 
bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. 
Falsafaning nazariy qismi quyi darajadagi ilm, ya‘ni tabiatshunoslik, 
oʻrta darajadagi ilm — matematika va oliy darajadagi ilm — metafizikaga 
boʻlinadi. 
Falsafaning amaliy qismi ham uchga boʻlinadi:
a) shaxs haqidagi ilm;
b) insonning oʻzaro munosabatlari haqidagi ilm;
c) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy 
ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi boʻlaklarga 
ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, meditsina, alkimyo kabi yetti xil 
tarmoqni oʻz ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, 
astronomiya, musiqa nomi bilan 4 tarmoqqa boʻlinadi. Asarda 29 ilm 
tarmogʻi tilga olinadi.Ibn Sino oʻz dunyoqarashida panteistik prinsipga 
asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar 
emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik 
Tangriga xos. Tangri va tabiat ma‘lum pogʻonalar yordamida bogʻlanadi. 
Uzun va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri — zaruriy vujud, 
ikkinchi chekkasida tabiat yotadi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va 
ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar 
oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta‘kidlaydi. Jamiyat 
kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar 
yordamida boshqarilishi lozimligini ta‘kidlaydi. Jamiyat a‘zolarining 
hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik 
jazolanishi, basharti podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning 
unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi 
lozim. 
Ibn Sino Zakariya ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri 
tarixida birinchilardan boʻlib kuzatuv va tajriba metodiga alohida e‘tibor 
qaratdi. Mutafakkir oʻz asarlarida ilm va axloq-odob uygʻunligi, inson 
kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning oʻzaro hamkorligi, 
hukmdorning burchi toʻgʻrisida qiziqarli gʻoyalarni ilgari surgan. Uning 
ta‘kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib boʻlmaydi. Aslida 
ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va 


84 
mansabdor boʻlishi yoki hammaning qashshoq boʻlishi jamiyatning tanazzuli 
va inqirozidir. Lekin inson oʻzgalarga mehr-oqibatli, gʻamxoʻr boʻlmogʻi, 
kerak vaqtda nochorlarga saxovat va muruvvat qoʻlini uzatishi zarurdir


Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish