Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanishning ahvoli



Download 200,97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.12.2022
Hajmi200,97 Kb.
#882537
Bog'liq
6151-Текст статьи-15260-1-10-20220611



Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida 
tarixiy materiallardan foydalanishning ahvoli 
 
Rabbimov M
Boshlang‘ich 
ta’lim 
metodika 
kafedrasi 
professori 
JDPI 4-bosqich talabasi 
Sherqulova (Bekamova) Hilola 
 
 
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida ancha oldin paydo bo‘ladi va 
maktab taʼlimida mustahkam o‘rin egalladi. Arifmetika o‘qitish metodikasi esa 
ancha keyin yaratildi. XVIII asr oxiriga qadar arifmetika metodikasi mustaqil 
o‘quv qo‘llanmasi sifatida mavjud emas edi. Arifmetika o‘qitish metodikasi 
rivojlanishiga Moskvada Pyotr I korsatmasiga binoan tashkil qilingan (1701y.) 
Rossiyada birinchi umumiy taʼlim maktabi bo‘lmish Matematika va navigasion 
fanlar maktabi turtki boldi. Bu maktabga 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan osmir 
va yoshlar qabul qilinadi. 
1703 yilda matematika va navigasion maktab uchun maxsus ravishda Leontiy 
Filippovich Magniskiy tomonidan “Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya nomli 
darslik yaratdi. Bu oz vaqti uchun ajoyib kitob edi. XVIII asrning birinchi yarmi 
davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo‘yicha o‘rgandi. 
Magniskiyning katta xizmati shundan iborat ediki, u o‘zining Arifmetika”sida 
birinchi marta sonlarni nomerlashning arabcha sistemasini kiritadi, bu sistema 
o‘sha davrga qadar qo‘llanilib kelingan slavyancha nomerlash sistemasini siqib 
chiqaradi.


Magniskiy arifmetikasida faqat arifmetik maʼlumotlargina berilmay, balki 
algebra, geometriya va trigonometriyaga doir materiallar ham berilgan. O‘sha 
zamonlarda matematikaning bo‘limlari yetarlicha aniq differensiallashmagan edi. 
Magniskiy arifmetikasi kursida hech qanday isbot berilmagan, tushuntirish
qoidalar taʼkidlash yoki bayon qilish bilan keltirilgan. Bu Magniskiy darsligining 
asosiy kamchiligi edi. Bunday darsliklar o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham 
qanoatlantirmasdi, albatta. Kitob materiali savollar va javoblar shaklida reseptur 
tariflar va qoidalar tarzida bayon qilinardi. 
Arifmetika metodikasini yaratish ishida quyidagi asarlarda berilgan 
g‘oyalarning qimmati va bizning zamonamizga mos keladiganlari quyidagilardan 
iborat:
O‘quv materiali konsentrlar bo‘yicha joylashtiriladi. Xususan, uchta konsentr 
ajratilgan: birinchi o‘nlik, birinchi yuzlik, ko‘p xonali sonlar. 
O‘quvchini ogzaki va yozma hisoblash usullari orqali arifmetik amallar 
qonunlari va xossalarini o‘zlashtirishga olib kelish borasida birinchi muvaffaqiyatli 
harakat qilingan. 10 ichida qo‘shishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin 
almashtirish qonuni bilan tanishadilar. 100 ichida qo‘shish va ayirishning hisoblash 
usullari sonni yigʻindiga qo’shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yig’indiga 
qo‘shish, yigʻindini sondan ayirish qoidalariga asoslangan holda ochib beriladi. 
Masalan: 
32 - 13 = 32 - (10 + 3) = (32 - 10) -3 = 22-3=19 
Shu yerda xonalab qo’shishi usuli ham ochib beriladi. Jadvalda kopaytirishni 
o‘rganishda kopaytirishning orin almashtirish qonuni kiritiladi. 
1. 
O‘quvchilar mustaqilligi ta’kidlanadi va unga katta e’tibor beriladi. 
O‘quvchilarning 
mustaqil 
ishlariga 
rahbarlik 
qilish 
va 
o‘qitishni 
individuallashtirishni amalga oshirish uchun maxsus ravishda “Arifmeticheskiye 
listki” kitobining varaqlaridan foydalaniladi (kitobda 2523 ta masala bor), bu 
varaqlar kartonga yopishtirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. 
Ko‘rgazmalilik, ayniqsa ta’limning birinchi qadamlarida keng qo‘llaniladi.


Keyinchalik “Аmallarni o‘rganish metodi” deb atalgan metodni nazariy 
asoslashga va amaliy ishlab chiishga asos solindi. 
1. Arifmetika o‘qitish tarixi haqida
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida juda erta paydo bo‘ldi va uy hamda 
maktabda aniq va mustahkam o‘rinni egallagan. Uni o‘qitish metodikasi esa ancha 
keyin yaratildi.
XIX asrning 60-yillariga kelganda yangi o‘qitish yo‘nalishlari hosil bo‘la 
boshladi. Paulsonning 
"
Arifmetika po sposobu nemeskogo pedagoga Grube 
"
kitobi 
chiqdi. Uni rus metodisti V.A. Yevtushevskiy qayta ishlab rus boshlang‘ich 
maktablarida qo‘lladi. 
Keyinchalik V.A. Latishev arifmetik amallarni o‘rganish metodikasini 
yaratdi. U 
"
Rukovodstvo k prepodavaniyu arifmetiki
"
(1880) kitobida amallarni 
soddaroq bajarishga urinib ko‘rgan.
Bundan keyin A.I. Goldenberg 
"
Metodika
"
kitobida amallarni o‘rganishni 
uch konsentrga bo‘lib tavsiya qilgan:
a) o‘nlik; b) yuzlik; v) ko‘p xonali sonlar. 
Arifmetik amallar, ularning xossalari, ko‘rsatmali tushuntirish, arifmetik 
cho‘t, og‘zaki hisoblash jadvali kabi ko‘pgina metodik tavsiyanomalarni berdi. Shu 
asosida XX asr boshigacha arifmetikani yaratish va uni o‘qitish sohasida ancha 
siljishlar bo‘ldi. Arifmetika ongni rivojlantirishda oldingi o‘rinda turishligi 
isbotlandi. 
2. Mustaqillik davrida boshlangich matematika o‘qitish 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning 
"
Talim-
tarbiya va kadrlash tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni 
voyaga yetkazish to‘g‘risida
"
gi farmonida va Oliy Majlis tomonidan qabul 
qilingan
"
Talim to‘g‘risida
"
gi qonun va
"
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
"
da 
talim tizimini nazorat qilish va shakllantirishga katta etibor berilgan. 


Bu hujjatlarda ko‘rsatilishcha talim tizimida boshlangich talim eng asosiy, 
tayanch manba bo‘lib hisoblanishi qayd qilingan. Boshlangich sinf o‘quv 
dasturini, darsliklarini qayta tuzib chiqish, boshlangich sinf o’qituvchilarini qayta
tayyorlash, o‘qitish sifatini oshirishga etibor berilgan.
1-4 sinflardagi talimning turi boshlangich talimni qamrab oladi, hamda 
o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim 
o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umum-madaniy bilimlarni milliy 
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviy axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‘lish va kasb 
tanlashni shakllantiradi. 
Olimlarning fikriga ko‘ra normal rivojlangan bolalarni 6 yoshdan
maktabga qabul qilish ularning aqliy, ruxiy va jismoniy kamolotiga, o’quv 
dasturlarini yaxshi o‘zlashtirishida ijobiy samara beradi. Ayni zamonda bolalarni
6 yoshdan o‘qishga jalb etishda ularning har biriga alohida yondoshish, birinchi 
navbatda ularning salomatligi va zehni, shuuri qay darajada shakllanganligi
etiborga olinishi lozim. 
Shu bilan birga mutaxassislar o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, bolalarimizning 10-30 % yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra hozirgi 
kunda 6 yoshdan maktabga yuborishga tayyor emas. Ayniqsa, bu hol qishloq 
sharoitida o‘sayotgan bolalarning taxminan 50 % iga tegishlidir. Jismonan va 
aqliy tomondan ham to‘liq shakllanmagan bolalarning 6 yoshdan maktabga 
majburan qabul qilinishi, ularning o‘qish davomida o‘z ojizligini sezishi va 
qiynalishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilarni nazarda tutib, bolalarning jismoniy va aqliy yetukligini 
etiborga olgan holda ularni 6-7 yoshdan qabul qilish maqsadga muvofiqdir. 
"
Talim to‘g‘risida
"
gi yangi 2020 yildagi qonunning 12-moddasida
"
Boshlang‘ich talimning umumiy o‘rta talim olishi zarur bo‘lgan savodxonlik, 


bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga 
bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi
"
-deyilgan. 
Foydalangan adabiyotlar: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 3- 
fevraldagi F- 22- son “Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha chora- 
tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi 
2. Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim toʻgʻrisidagi qonun. 2020-yil 19-may. 
3. S. Alixonox Matematika oʻqitish metodikasi, Choʻlpon nashriyot matbaa uyi, 
2011-yil. 
4.M. E. Jumayev,Z.Gʻ. Tadjiyeva. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish 
metodikasi, Toshkent- 2005. 

Download 200,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish