Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ilk oʻrta asrlarda tasavvuf.
Tasavvuf Sharq ma‘naviyati tarixida 
muhim oʻrin egallab kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta‘limot boʻlib, 
islom olamida VIII asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tasavvufning ilk 
shakli zohidlik harakati koʻrinishida namoyon boʻladi. Tasavvuf falsafa, din, 
shariat hamda odob-axloq kabi tushunchalar jam boʻlgan ta‘limotdir. 
Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi va ilohiy muhabbatdan quvvat olib 
yuksalib borishi bu ta‘limotning asosiy gʻoyalaridir. Tasavvuf dunyoni 
bilishni, insonning dunyo va koinot, makon va zamon, lahza va abadiyat, 
hodisa va mohiyat haqidagi tasavvurlarini ilohiy bilimlar asnosida 
shakllanishini ta‘minlaydi. Tasavvuf amaliy turmush tarziga asoslangani 
uchun, bir tomondan uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan boʻlsa, ikkinchi 
tomondan tariqatlar paydo boʻlib, tasavvufiy turmush tarzida nazariy 
bilimlarning amaliyot bilan uygʻunlashishi taqazo etilgan. Ilk oʻrta asrlarda 
shaxsiy-ma‘naviy hayot tarzida muhim oʻrin tutgan tasavvufiy turmush tarzi 
asta-sekin ijtimoiy ma‘noga ega boʻla boshladi. Zohidligi va ilmi bilan 
tanilgan ulugʻ shaxslar atrofida suhbat xalqalari tashkil etilib, ularning 
suhbatlarida ishtirok etganlar berilgan tavsiyalarni shaxsiy hayotlarida tatbiq 
eta boshlaganlar. Tasavvufda Alloh taologa quruq, koʻr-koʻrona mutelikning 
hojati yoʻq. Tasavvuf ta‘limoti mutaxassisi, olim Najmiddin Komilov ―xudo 
gʻazabidan qoʻrqibgina amri ma‘rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki 
riyodir. Shuning uchun soʻfiylar: Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va 
sifatlarini tanish va bilish, koʻngilni nafsu hirs gʻuboridan poklab, botiniy 
musaffo bir holatda Iloh vasliga etishish va bundan lazzatlanish gʻoyasini 
keng targʻib qildilar. Inson ruhi ilohiydir, demak, asosiy maqsad – ilohiy 
olamga borib qoʻsxilmoqdir, dedilar. Shu tariqa, dunyodan koʻngil uzgan, 
ammo zohidlarga oʻxshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo 
etadigan» (Hofiz She‘roziy) zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo 
oʻzga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib 
ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan 
ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo boʻlgan ediki, ularni ruh kishilari deb 
atardilar‖
1
-deydi. «Soʻfiy» soʻzining vujudga kelishida bir necha xil qarashlar 
mavjud boʻlib, ba‘zi mutaxassislar bu soʻz «saf» soʻzidan kelib chiqqan 
deydilar, chunki soʻfiy Iloh yoʻliga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. 
Ba‘zi olimlar uni «suffa» soʻzidan hosil boʻlgan deb aytadilar: ashobi suffa 
hazrati Paygʻambar sallallohu alayhi vasallam hayotliklaridayoq tarki dunyo 
qilgan taqvodor kishilar boʻlib, soʻfiylar shularga taqlid qiladilar, deb 
tushuntiradilar. Yana bir guruh olimlar soʻfiy soʻzi «safo» soʻzidan kelib 
1
Комилов Н. Тасаввуф. - Тошкент: ТДШИ нашриѐти, 2006. 6-б. 


85 
chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi, 
deganlar. Yana ba‘zilar soʻfiy «sufuh» soʻzidan yasalgan, sufuh – biror bir 
narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi boʻlganligi sababli ularni 
soʻfiy deganlar, deb yozadilar. Abu Rayhon Beruniy «suf», ya‘ni faylasuf 
soʻzining oxirgi qismidan yasalgan deb koʻrsatadi. Shuningdek, koʻpchilik 
soʻfiy soʻzi arabcha «soʻf» soʻzidan hosil boʻlgan, degan fikrni bildiradilar. 
«Soʻf» soʻzining lugʻaviy ma‘nosi jun va jundan toʻqilgan matodir. Soʻfiylar 
koʻp hollarda jun chakmon yoki qoʻy terisidan tikilgan poʻstin kiyib yurishni 
odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar deb yuritganlar.Soʻfiyning 
ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi 
va ilohiy faqr sifati boʻlmish pok ruh oʻrinishida istigʻno olami – Tangri taolo 
olamining zaruratlari bepoyonligini kullan idrok etishini anglaganlar. 
Tasavvufda ilk davri, ya‘ni zohidlik davri soʻfiylari - Ibrohim Adham, Hasan 
Basriy, Abuhoshim Kufiy va boshqalar taqvo va parhezkorlikni bosh maqsad 
deb bilganlar. Undan keyingi davrda esa, tafakkuriy-shuuriy rivojlanish 
asosiy maqsad hisoblangan. Aksariyat ilmiy manba‘larda keyingi davr – 
oriflik davri, deb ataladi. Bu davr IX asr oʻrtalaridan boshlanadi.
Tasavvuf Ibn Arabiyga nisbatan beriladigan vahdatul vujud ta‘limotiga 
borib taqaladi. Ya‘ni haqiqiy Borliq – bu Mutlaq zot – Parvardigorning 
yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa mavjudliklar shu Vujudning ijodi, 
in‘ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham 
ataydilar. U Oʻzi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) 
Oʻzini 
namoyon 
etib, 
zohir
lanib turadi va shu orqali Oʻzi Oʻzini idrok etadi. Bu cheksiz va mavhum 
Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb 
atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori 
Parvardigorning oʻzi yaratgan olamda doimo hozir boʻlishidir. Shunday qilib, 
tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat 
ilmi bilan bogʻliq holda rivojlanib kelgan oʻziga xos ta‘limotdir.
Tasavvufda falsafa ilmidan farqli ravishda, insonni «olam mehvari» 
deb bilib, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, oʻzgarish-yangilanishlarni 
insonda mushohada etish va inson orqali tushuntiradi. Tabiatdagi jamiki ichki 
ziddiyat va rivojlanish, oʻsish-ulgʻayish ruhning moʻ‗jizalari insonda bor, deb 
ta‘riflaydi Jaloliddin Rumiy «Masnavii ma‘naviy» asarida. Shu kabi Olamni 
va Odamni yaratgan Parvardigor javhari, ismlari, qudrati va mohiyatini 
anglash ham inson ruhi xususiyatlarini oʻrganish va anglash bilan amalga 
oshadi. Chunki Parvardigorni va Uning qudrati, moʻ‗jizalari, gʻayb olamini 
faqat aql bilan bilib boʻlmaydi. Ammo bu tasavvufda aql butunlay inkor 
etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi. 
Biroq aqliy bilimlar, dalil bilan isbotlanishi mumkin boʻlgan bilimlarga 
yaraydi, gʻayb ilmini idrok etishga esa aql ojiz, deydi soʻfiylar. Gʻayb ilmi, 
Xudovand olamidagi behad-behudud ilmlarni soʻfiy alohida hissiy-vajdiy 


86 
tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab idrok etadi. Shu 
bois tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga 
alohida e‘tibor beriladi. 
Koʻrinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga 
xizmat qilgan. Ta‘riqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi 
qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va 
Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya‘ni solih 
kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zoʻrlik, 
inqilob yoʻli bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish 
mumkin, deb hisoblagan. Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va 
poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam boʻldi. Bu ehtiyoj, orzu 
kuchli zavq va ishtiyoqni, oʻzini unutish va bexudlikka olib borgan ishqni 
keltirib chiqaradi. 
Tasavvufdagi oʻzini-oʻzi takomillashtirish gʻoyasi, axloqiy yuksalish, 
ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga 
keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, soʻfiylar, 
shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e‘tiqod 
qoʻyish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda 
odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol boʻlishga intilgan, nafsini tiygan. 
Shuning uchun ham tasavvufga ta‘rif berganda, juda koʻp shayxlar uni 
shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb 
koʻrsatganlar. Agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik gʻoyasi, 
xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng 
tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan oʻrin olmasdi, 
bu qadar qaynoq va jozibali bir she‘riyat yaratilishiga turtki boʻlmas edi. 
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator 
mutafakkir adiblar, orif soʻfiylar etishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa 
bilan bogʻlovchilar deb ayta‘miz. CHunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid 
Muhammad Gʻazzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo 
Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud 
Shabistariy, Ja‘loliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil 
shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam 
haqida oʻylar, qa‘zovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma‘no, aql va ruh, vaqt 
va zamon, inson tiynati xususida koʻplab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu 
zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pogʻonaga koʻtardilar. Ularning 
asarlarida insoniy ma‘rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib 
boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish