12-laboratoriya ishi. Taqasimon magnit maydonida tokli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchni oʻlchash. Tajribaning maqsadlari



Download 273,28 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi273,28 Kb.
#748954
  1   2   3   4

12-LABORATORIYA ISHI.
TAQASIMON MAGNIT MAYDONIDA TOKLI OʻTKAZGICHGA TA’SIR ETUVCHI KUCHNI OʻLCHASH.
Tajribaning maqsadlari: Taqasimon magnit maydonida to‘kli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchni to‘k kuchining funksiyasi sifatida oʻlchash. Taqasimon magnit maydonida to‘kli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchni oʻtkazgich uzunligining funksiyasi sifatida oʻlchash. Taqasimon magnit maydonida to‘kli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchni magnit maydoni va tok yo‘nalishi oʻrtasidagi burchakning funksiyasi sifatida oʻlchash. Magnit maydonini hisoblash.
Kerakli asbob va jihozlar: Taqasimon magnit (510 21) – 1 ta, Kuch sensori (314 261) – 1 ta, Oʻtkazgich halqalar toʻplami (516 34) – 1 ta, Oʻtkazgich halqalarlar uchun taglik (314 265) – 1 ta, Dinamometr (314 251) – 1 ta, Koʻp oʻzakli ulash kabeli, 6-qutb (50116) – 1ta, Kichik shtativ, V-Shaklida (30002) – 1ta, Yuqori energiyali manba (521 55) – 1 ta, Leybold koʻptutgich (301 01) – 1 ta, Shtativ tayoqchasi, 47 sm (30042) – 1ta, Koʻndalang kesimi 2,5 mm2 boʻlgan ulash kabellari.
Qisqacha nazariya: Magnit induksiyasi, yoki soddaroq qilib aytganda magnit maydoni B vektor kattalik hisoblanadi. B magnit maydonida tezlik bilan harakatlanayotgan q zaryadga tezlikning kattaligi va yoʻnalishidan hamda magnit maydoni kuchlanganligidan va yoʻnalishidan bogʻliq boʻlgan kuch ta’sir etadi. Bu kuchni topish uchun quyidagi munosabatdan foydalaniladi.
(12.1)

12.1-rasm. magnit maydonida tokli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchning sxemali koʻrinishi.
Lorents kuchi deb ataluvchi F kuch ham vektor kattalik boʻlib u va B lar bilan aniqlanadigan tekislikka perpendikulyar ravishda tasir etadi. Toʻkli oʻtkazgichga magnit maydonida ta’sir etayotgan kuchni tokni hosil qiluvchi va shu maydonda harakatlanayotgan individual zaryad tashuvchilarga ta’sir etuvchi kuch komponentlarining yigʻindisi deb tushunish mumkin. (12.1) tenglamaga asosan Lorents kuchi dreif tezlik bilan harakatlanayotgan har bir individual q zaryadga ta’sir etadi. Toʻgʻri oʻtkazgich uchun bu umumiy kuch.
(12.2)
Bu yerda - n zaryad tashuvchilarning zichligi, A - oʻtkazgichning kondalang kesimining yuzasi, s-oʻtkazgichning magnit maydonida joylashgan qismining uzunligi. Umumiy holda oʻtkazgich kesimining yoʻnalishini koʻrsatuvchi s vektomi kiritish qulay hisoblanadi. Bundan tashqari koʻpaytma I toʻk kuchiga teng. Shunday qilib magnit maydonining toʻkli oʻtkazgichga segmentiga ta’sir etuvchi kuchi quyidagi tenglamadan topiladi.
(12.3)
Bu kuchning absolyut qiymati quyidagi tenglamadan topiladi.
(12.4)
Bu yerda 𝛼 - magnit maydoni va toʻk kuchi yoʻnalishi orasidagi burchak.
Bu tajribada 20A gacha tok oʻtkazadigan toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi oʻtkazgich halqa taqasimon magitning gorizontal maydoniga joylashtiriladi. Oʻtkazgichning gorizontal qismiga ta’sir etuvchi kuch oʻlchanadi. Oʻtkazgichning ikki vertikal qismiga ta’sir etuvchi kuchlar oʻzaro kompensatsiyalanadi. Oʻtkazgich halqa kuch sensoriga ulanadi. U egilgan qismga ega boʻlib unga oʻlchash asbobiga biriktiriladi. Bu elementlaming elektr qarshiligi oʻzgartirilishi mumkin. Qarshilikdagi oʻzgarish hosil boʻladigan kuchga toʻgʻri proportsional. Unga ulangan dinamometr qarshilikdagi oʻzgarishni oʻlchaydi va unga mos kuchni koʻrsatadi.

Download 273,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish