Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga
kelishi.
Etuk patristika davridagi lotin tilida ijod etgan yirik namoyandalardan
biri bu, shubhasiz, Avreliy Avgustindir (354–430-yillar). Uning ―Tavba‖
asari hamda Possidyumning unga bagʻishlangan biografik asarlari Avgustin
haqidagi ma‘lumotlarning asosiy manbai sanaladi. Avreliy Avgustin 354-yil
13-noyabrda Afrikaning Tagast shahridagi rimliklar oilasida tavallud topgan.
U uncha badavlat boʻlmagan, biroq nufuzli va ma‘rifatli oilada voyaga etadi.
U boshlangʻich bilimlarni Tagast va qoʻshni shahar Madavrda oladi.
Oʻgʻlining an‘anaviy lotin mumtoz adabiyotidan tahsil olishi va notiqlik
san‘atini egallashini istagan otasi Avreliyni 370-yilning kuzida mahalliy oliy
ta‘lim markazi boʻlgan Karfagen shahriga yuboradi. Avgustin u erda 372–
373-yillar Sitseronning ―Gortenziy‖ dia‘logini katta qiziqish bilan mutolaa
qiladi. Haqiqat izlab, muntazam falsafa bilan mashgʻul boʻlgan Avgustinning
qalbida ushbu asar keskin burilish yasa‘ydi: ―Birdan koʻnglimda behuda
umidlar bosh koʻtardi, men bu bezovtaligim bilan abadiy donishmandlikka
erishishni istardim‖ (Avgustin. Tavba, III, 4, 7). Haqiqatga etishish
maqsadida u dastlab, moniylik (215–277-yillar Moniy asos solgan) e‘tiqodini
qabul qiladi. Avgustin toʻqqiz yil mobaynida moniylikning kuchli ta‘siri
ostida boʻladi. (Tavba, II, 6 -7). 384-yilda Avgustin Mediolan shahriga
koʻchib oʻtadi. Bu erda u mashhur xristian ilohiyotchisi va namoyandasi
mediolanlik Amvrosiy (340-397 yillar) bilan uchrashadi va bu uchrashuv
uning hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Aynan mediolanlik Amvrosiy bilan
uchrashgan vaqtlarda Avgustin falsafa bilan mashgʻul boʻlib, falsafani
skeptitsizm hamda moniychilikdan afzal degan fikrda edi. Oʻz-oʻzini taftish
etish va choʻqintirilishga hozirlik koʻrish maqsadida onasi va yaqin doʻstlari
hamrohligida u Mediolan yaqinidagi joy - Kassiatsin deb atalgan Yer
mulkiga koʻchib oʻtadi. 386-yili, qariyb yarim yil mobaynidagi doʻstlari bilan
yozishmalari
natijasida
Avgustin
oʻzining ilk falsafiy asarlari:
―Akademiklarga raddiya‖, ―Tartibot haqida‖, ―Farovon hayot haqida‖,
keyinchalik ―Ruhning abadiyligi haqida‖ dia‘loglarini hamda ―Monolog‖
nomli asarlarini nihoyasiga etkazadi.
387-yilning bahorida Mediolan shahriga qaytgach, u Amvrosiy
tomonidan choʻqintiriladi. 387-yili onasining oʻlimidan soʻng boshiga
tushgan kulfatga qaramay, Rimga yoʻl olib, u erda ―Erkin tanlov haqida‖
dialogini hamda ―Moniylar axloqi‖ deya nomlangan traktatini yozadi.
116
Ehtimol, aynan shu vaqtlar uning koʻnglida kelajakdagi hayotini cherkov
xizmatiga bagʻishlash istagi tugʻilgan boʻlsa ajab emas. 388-yilning kuzida u
Tagast shahriga qaytadi va meros qolgan uyini sotib, pulini kambagʻallarga
ulashadi. Doʻstlari bilan zohidona hayot kechirishi uchun esa boshpana
sifatida kichkina bir uyni olib qoladi. Tagastda yashagan paytlarida ―Ustoz
haqida‖, ―Musiqa haqida‖, ―Moniylar axloqi‖ kitobining ikkinchi jildi,
―Ruhning miqdori haqida‖ kabi asarlarini yozadi hamda dialog uslubida
yozilgan ―Erkin tanlov haqida‖ traktati ustida keng qamrovli ishlarini davom
ettiradi.
Asta-sekinlik bilan Avgustin Tagast va uning atrofidagi shaharlarda
shuhrat qozona boshlaydi. 390-yilning oxirida Gippon shahri axolisining
iltimosi bilan episkop Valeriy Avgustinni ziyorat qiladi va oʻz navbatida,
Avgustin ham Gippon shahriga mehmon boʻladi. Avgustin 395-396-yilning
qishida ogʻir xastalikdan vafot etgan Valeriyning oʻrniga Gippon shahri
episkopligi lavozimini qabul qiladi. U umrining oxirigacha shu lavozimda
faoliyat koʻrsatadi. Avgustin episkoplikning birinchi yilida muhim
asarlaridan biri ―Xristian dini haqida‖ traktati ustida ish boshlaydi hamda
moniylikka qarshi ruhdagi ―Favsta‘moniylikka raddiya‖ asarini yakunlaydi.
Shuningdek, shu yillarda ―Din haqiqat‘i toʻgʻrisida‖, ―Rimliklarga kelgan
ba‘zi sharoitlarning tahlili‖, ―Sakson uchta turli savol‖, ―Erkin tanlov haqida‖
dialogi yozib tugatiladi. Bundan tashqari, Avgustinning birlamchi
gunohkorlik nazariyasini aks ettiruvchi ―Simpliyatsinga bir qancha savollar‖
traktati ham yakunlanadi. 397-401-yillar Avgustinda 12 jilddan iborat
oʻzining eng mashhur asari - ―Tavba‖ni yozib tugatadi. Taxminan 399-yilda
u muhim nazariy ahamiyatga ega boʻlgan hamda katta tanaffuslar bilan
yigirma yil davomida yozilgan ―Troitsa‖ (―Uchlanganlik‖) deya nomlangan
traktati ustida ish boshlaydi. 401-414-yillarda Avgustin oʻzining eng yirik
ijod namunalaridan biri – 12 jilddan iborat ―Borliq kitobiga sharhlar‖ nomli
asarini yozadi. Avgustin umrining soʻnggi yigirma yilini ikki fundamental
masalaning yechimiga bagʻishlaydi: ulardan birinchisi 410-yilda Rimga
hujum qilgan vestgot Alorixabilan urush natijasida toʻplangan ma‘lumotlar
ta‘sirida yozilgan ―Ilohiy shahar haqida‖ mashhur asar ustida ish olib borish
boʻlsa, ikkinchisi - ―Ilohiyotchi Pelagiyning birlamchi gunohkorlik haqidagi
muhokamalari‖ edi. Pelagiyning ta‘kidlashicha, Odam Ato qilgan gunoh
avlodlarga tarqalmaydi, gunoh – bu nasliy tavqila‘nat emas, balki har bir
insonning erkin tanlovi oqibatida sodir etiladigan harakatdir. Shuningdek,
insonga gunohdan xalos boʻlishda qandaydir gʻayritabiiy kuchlar emas, oʻz
ezgu tabiati koʻmak beradi. Oddiy inson oʻz ezguligini zohidlik va taqvo
yordamida topadi. 414–430-yillarda yozilgan koʻplab asarlari bilan Avgustin
Pelagiyning fikriga qarshi oʻlaroq, oʻzining gunohkorlikning tabiati, ilohiy
marhamat-inson irodasi hamda gʻayritabiiy kuchlar ekanligini bayon qiladi.
Avgustin umrining soʻnggi yillarida toliqish va tobora kuchayib borayotgan
117
zaiflikni his qiladi. U keksalik tufayli episkoplikning ogʻir vazifalari va
koʻplab traktatlar yozish bilan birdek mashgʻul boʻlishga qiynalardi. 426-
yilda u qolgan umrini ilmiy mashgʻulotlarga bagʻishlash maqsadida
episkoplik lavozimidan voz kechadi. Nihoyat, shu yillari ―Xristianlik
ta‘limoti haqida‖ va ―Ilohiy shahar‖ traktatlarini yozib tugatadi. Shuningdek,
oʻlimi oldidan oʻzi oʻta muhim deya hisoblagan ayrim asarlariga tuzatish va
qoʻshimchalar kiritadi. Shu tarzda uning koʻp yillik izlanishlarini
xulosa‘lovchi ikki jilddan iborat ―Tahrir etilganlar‖ deya nomlangan traktati
dunyoga keladi.
430-yilning yozida Gibraltar boʻgʻozini kesib oʻtgan vandallar armiyasi
Gippon shahriga kirib keladi. 430-yilning avgust oyida Avreliy Avgustin
Gippon shahrida vafot etadi.
Avgustin uchun bilish yoʻli – bu e‘tiqod orqali xudoga eltuvchi aql
yoʻlidir. Bilish hissiy sezgilardan boshlanganidek, xudoni bilish ham uning
yaratgan narsalarini anglashdan boshlanadi. Bu xuddi haqiqatga zinalar orqali
koʻtarilayotganga oʻxshaydi (O Troitse, XV, 6, 10). Shu bilan birga, bilim
sezgilar mujassam boʻlgan refleks va idrok oqibatida shakllanadi. Oʻz
navbatida, aql oʻz-oʻzini muhokama etadi va uning mavjudlik qudrati
bevosita unga ayondir. (O svobodnom proizvolenii, II, 6, 13 – 8, 24).
Avgustinning ayni qarashlari Dekartning mashhur ―Men fikrlayapman,
demak, men mavjudman‖ tezisini esga soladi. Biroq bu Avgustinda
boshqacharoq: ―Men shubha yoki xato qilyapman, demak, men mavjudman‖
shaklida namoyon boʻladi. (O svobodnom proizvolenii, II, 3, 7; Monologi,
II, 1, 1; Ob istinnoy religii, 39, 73; O Troitse, X, 10, 14; O Grade Bojiem, XI,
26).
Aql haqiqiy borliqning asosiy harakterli jihati – bu uning
oʻzgarmasligidir. Avgustinga koʻra, xudo mutlaq yakkalik boʻlib, ―Troitsa‖ –
―Uchlanganlik‖ esa uning turli holda namoyon boʻlishidir. U substansional
birlik boʻlib, bir vaqtning oʻzida uch qiyofada aks etadi.
Avgustinning ta‘kidlashicha, inson ―dunyoviy va oʻlimga mahkum
tanadan foydalanuvchi aqlli ruh‖ (O nravax manixeev, I, 27, 52), aniqroq
qilib aytganda, ―ruh va jismdan iborat aqlli mavjudot‖ (O Troitse, XV, 7, 11).
―Aql, – deya ta‘kidlaydi Avgustin, – inson shaxsiyatidagi ilohiy
uchlanganlikni anglaydi, iroda uni yoʻnaltiradi, xotira esa uni qamrab oladi.
Shu tarzda insondagi oʻz-oʻziga aynanlik saqlanib qoladi (Tavba, I, 20, 31).
Borliqni mavjud oʻzgarmas haqiqatga aynan deguvchi qator tasavvurlarni
(olam gʻoyasi), shuningdek, olam tartiboti haqidagi qarashlarni va ezgulik
boʻlmagan narsa bu
yovuzlikdir,
degan tushunchalarni
Avgustin
neoplatoniklarning ta‘limotidan oʻzlashtirgan. U qoida sifatida shuni
ta‘kidlaydiki, ―har bir inson yaxshi ham, yomon ham boʻlishi mumkin‖ (O
svobodnom proizvolenii III, 13, 36; sr. ―Nafaqat olam tartibotini buzuvchi,
balki unga bevosita yondosh boʻlgan mavjud narsalarni ham yovuzlik deb
118
atash mumkin‖ (O svobodnom proizvolenii, III, 9, 25; O Grade Bojiem, XI,
18 – 19). Biroq Avgustin koʻproq, ―Axloqiy yovuzlik‖ tushunchasiga e‘tibor
qaratgan. Oʻzining ilk asarlari, ayniqsa, yirik dialogi – ―Erkin tanlov haqida‖
(388–395-yillar) asarida Avgustin yovuz iroda olamdagi barcha yovuzliklar
va baxtsizliklarning manbai degan nuqtayi nazarni ilgari suradi. Shaxsning
axloqiy erkin tanlov prinsipi shundan iboratki, shaxs ongli tarzda oʻz hatti-
harakatini ezgulikka boʻysundirmogʻi kerak; Oliy adolat har kimga haqli
hukm qiladi.
Avgustin ilohiy tarixni siklik emas, balki ilohiy ragʻbat gʻolib chiqib,
insoniyat mukammal axloqqa ega boʻlib, ―gunoh qilmaydigan‖ holatga
etmaguncha davom etuvchi pogʻonama-pogʻona harakat, deya tasavvur
etgan. Avgustin dunyoviy davlatni, oʻz manfaatini koʻzlab umumiy kelishuv
asosida tashkil topgan kishilar jamoasi, deya ta‘riflaydi. Jamiyatni koʻzga
koʻrinmas ilohiy shahar yoki cherkov boshqaradi. Dunyoviy yoxud shaytoniy
shahar – bu axolisi kibr-u havo bilan yashovchi shahardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |