Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. 
Tasavvufda oriflar va 
oshiqlar oʻzlarining poetik asarlarida va mifologik gʻoyalarida borliq haqidagi 
bilimlarini bayon etganlar.
Tasavvuf ta‘limotida ontologiya birinchidan, ramz, majozlar, qiyoslarda 
oʻz ifodasini topadi. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, 
tuygʻularga yoʻnalgan, musiqa joʻrligi, tasviriy san‘at asarlarida namoyon 
boʻlgan, ―Aruz‖ vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan, 
poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuygʻularga ta‘sir 
etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. 
Shu ma‘noda poeziya‘ni tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy) 
tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqa‘zo etiladi. Chiziqli 
(mantiqiy) tafakkurning yolgʻiz oʻzida esa, na intellektual va na estetik 
(hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu ma‘noda Alisher Navoiy aytganidek, 
majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. Toʻrtinchidan, ramzlar, majozlar 
hammaga ham aytilishi mumkin boʻlmagan ba‘zi gʻoyalarni (sirlarni) 
muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan .
Tasavvuf ta‘limoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat 
nimaligini tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha, borliqning mohiyati 
boʻlgan sof (musaffo) Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va 
ka‘lomning ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat) 
olamlarining asosi, butun borliq va odamning manbaidir. Uni sufizmda 
jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab tilida «Buyuklik», ulugʻlik degan 
ma‘nolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami narsalar Jabarutda (tezis 
xolida) 
mavjud, 
deb 
koʻrsatiladi 
(bu Aristotelning «imkoniyat» 
kategoriyasida yoki potensiyada oʻz ifodasini topgan). Xullas,Sharqda 
ontologiya masalasi Xudo borligʻi bilan bogʻliq holda oʻrganiladi. 
Yangi davrda borliq
ning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki 
tabiat qonunlariga bogʻlanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma‘nosini 
qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini 
sinab koʻrish muhimdir. Tabiatni oʻrganuvchi fanlar birinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning 
1
Ибн Сино Трактат о разделении. Классификации существующих вещей. / Материалы по истории 
прогрессивной философии .- М.: 2003. – С. 56 


148 
rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni 
shakllantiradi. 
XVII–XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq 
tushunchasini fizik borliq bilan bogʻlaydi. Bu faylasuflarning naturalistik 
qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat 
haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni 
«naturallashtirish» gʻoyasi kelib chiqqan.
Spinoza
(1632–1677) dunyo haqidagi 
monistik ta‘limot
ni yaratdi. 
Uning monizmi panteizm koʻrinishida namoyon boʻladi: Benedik Spinoza 
oʻz ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi 
tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. aynii vaqtda B.Spinoza birgina 
moddiy substansiya mavjud boʻlib, uning asosiy atributlari koʻlamlilik va 
fikrlashdir, degan gʻoya‘ni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo 
boʻlgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos boʻlgani uchun ham jonli 
hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf 
sifatida ham namoyon boʻladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish