O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


Bo’lajak o’qituvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish shart- sharoitlari quydagilardan iborat



Download 346,57 Kb.
bet13/26
Sana02.01.2022
Hajmi346,57 Kb.
#307087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
bolajak oqituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash (1)

Bo’lajak o’qituvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish shart- sharoitlari quydagilardan iborat:


-har bir mashg‟ulotda bo‟lajak o‟qituvchilarning his-tuyg‟ularini uyg‟otish, o‟z faoliyatidan qanoat hosil qilishga erishish;

-bo‟lajak o‟qituvchilarning o‟z salohiyati va qobiliyati darajasini bilishga erishish;

-qobiliyatli bo‟lajak o‟qituvchilar bilan individual ishlash dasturini tuzish;

-turli ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirisha olish;

-o‟z axloqi, ilmiy salohiyati, madaniy darajasini o‟stirish ustida mustaqil shug‟ullana olish;

-atrof-olamni o‟rab turgan narsalar va voqea-hodisalarning o‟zaro aloqadorlik qonuniyatlariga ijodiy yondashib, o‟zgarishlarga ijodiy munosabatda bo‟lish;

-bilim olishga rag‟bat, axloqiy talablarga rioya etish.

Mustaqil izlanish, ijodiy topshiriqlarni yechish, olingan natijalarni umumlashtirish hissiy kechinmalar bilan bevosita bog„liq bo„lib, u tabiy holda talaba nutqida aks etadi. Bu bo„lajak o„qituvchini pedagogik ijodiy faoliyatga tayyorlashda til madaniyatini tarbiyalashni ham taqazo qiladi.

Tilni bilish uning asosiy vazifalari - aloqa, xabar, bilish, faoliyatri rejalashtirish va muloqatni tashkil etish, hissiy-estetik va ma‟naviy-ahloqiy ta‟sir etish, tarbilash vositasi sifatida inson ehtiyojlarini qondiradi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko„ra inson shaxsi mantiqqa nisbatan fikr va hissyot birliga e‟tibor qaratiladi. Boshqacha qilib aytganda, hissiyotla insonni insonga aylantiradi.

Bu holat turli fikrlarni qiyoslash muhim ahamiyatga ega ega ekanligini ko„rsatadi. Zero, qiyoslash, chog„ishtirish asosida bo„lajak o„qituvchining mantiqiy va kognitiv tasavvurlari til vositada ifodalanadi.

Qiyoslashning fikrlash va bilish jarayonidagi muhim ahamiyati tanqidiy olimlar- Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, abu Rayhon beruniy, Abu ibn Sinolar tomonidan alohida e‟tibof etilgan bo„lib, ularning fikrlaricha, axborot, ma‟lumotni tushunish fikrlashning asosiy sanaladi. Borliqda kechayotgan har qanday voqiya-hodisalarning mohiyati qiyoslash asosida anglaanadi. Shu bois bo„lajak o„qituvchilarni ta‟lim jarayonida qiyoslashga o„rgatish maqsadga muvofiqdir.

Qiyoslash (chog„ishtirish) umumiy va o„ziga xoslikni ifodalydi. Umumiylik barcha o„quv fanlari doirasi (tahlil, sintez, qiyoslash va h.o.)da , o„ziga xoslik esa muayyan predmet bo„yicha o„quv materiallarni o„zlashtirish jarayonida aks etadi.

Mavjud adabiyotlarning tahlil qiyoslashning quyidagi to„rt bosqichdan iborat ekanligini tasdiqladi: dastlabki belgilarni ajratish; umumiy va muhim belgilarni aniqlash; qiyoslash uchun asosiylarni ajratish;berilgan asosiy belgilar bo„yicha qiyoslash.

Bo„lajak o„qituvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish davr talabi bo„lib, uni kamolga yetkazishning muhim asosi sanaladi yuqori darajada intellektual qobiliyatga ega o„qituvchi:

-tez o„zgaruvchan vazifalarga moslashgan holda o„zini boshqara oladi;

Hayotiy muammolarni hal etishda mavjud bilim, ko„nikma va malakalarini faol qo„llay oladi;

-voqea-hodisalarga tanqiy munosabatda bo„lib, mavjud muammolarni tahlil etish, vaziyatdan chiqish yo„llarini izlab topa oladi;

-yangi g„oyalarni, ijodiy fikrlarni boshqalarga tushuntira oladi;

-axborotlarni savodxonlik bilan o„zlashtira oladi

Bugungi kunda bo„lajak o„qituvchining dunyoqarash, uning jamiyatda tutgan o„rni, o„qituvchi va bo„lajak o„qituvchi munosabatlarning qaror topishi, shaxs va davlat, shaxs va jamiyat munosabatlari, uning burch va mas‟uliyati, ijodiy qobiliyati va intellektual salohiyatini tarkib toptirish muhim sanaladi.

Mualliflar guruhi (R.X. Jo‟rayev, R. Safarova, X. I. Ibragimov, U.Q. Musayev) tomonidan tuzilgan “Pedagogika fani kontsepsiyasi”da shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim mazmunida quydagilarning aks etishi maqsadga muvofiqligiga alohida urg‟u berilgan:

Ta‟lim jarayonida o‟zlashtirilishi majburiy bo‟lgan bilim davlat va jamiyat taraqqiyoti, shaxs, fan, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha ehtiyojlari va manfaatlariga mos kelishi.

Odatda bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish ularning ob‟ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o‟qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo‟yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo‟lishi kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarni o‟zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratish kerak. Bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ta‟lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida talabalarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun etarli bo‟lgan kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarni shakllantirish lozim bo‟ladi.

Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo‟lgan axborotlar va o‟zlashtirilgan nazariy ma‟lumotlar birlashmasidir .

Bo‟lajak o‟qituvchilarning o‟zlashtirish lozim bo‟lgan kasbiy bilimlar mutaxassis shaxsining sifat darajasiga quyiladigan malakaviy talablar mazmunidan kelib chiqib belgilanishi kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim mezon sanaladi.

Bo‟lajak o‟qituvchilarga qo‟yiladigan sifat talablarini o‟zida mujassamalash- tirgan Klassifikatorda bo‟lajak o‟qituvchilarning umum ta‟lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‟rsatishi va ular o‟z mutaxassisligi doirasida o‟quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta‟lim oluvchilarning bilim darajasini adolatli baholash va nazorat qila olishi yuzasidan zaruriy kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarga ega bo‟lishi lozimligi belgilanadi.



Shu bois, bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish tavsifnomasida ularning kasbiy tayyorgarligiga qo‟yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi aspektlar bilan bog‟liq holda belgilanishiga e‟tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi:

  • nazariy – ta‟lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari, konuniyatlari, ta‟limotlari, o‟quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari xususidagi bilimlar;

  • metodik – o‟quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va o‟qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to‟g‟ri tanlash, talabalarning bilish motivatsiyasini shakllantirish bilan bog‟liq bo‟lgan bilimlar;

  • texnologik– aniq ta‟lim sharoitida pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni echa olish, rejalashtirilgan o‟quv-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish bilan bog‟liq bo‟lgan bilimlar;

  • prognostik – ta‟lim oluvchi shaxsi rivojlanishini oldindan loyihalashtira olish, yuksak ma‟naviyatli, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrli va ijodkor shaxsni tarbiyalashning ta‟sir vositalarini oldindan bashoratlash bilan bog‟liq bilimlar;

  • ijodiy-innovatsion – pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o‟qitish va tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog‟liq amaliy bilimlar.

Pedagogik kuzatish va tadqiqot natijalari shuni ko‟rsatadiki, oliy ta‟lim muassasalaridagi ta‟lim jarayonida talabalarning kasbiy bilimlarni o‟zlashtirishi va kasbiy-pedagogik qobiliyatlar, ko‟nikma va malakalarning shakllantirilishi o‟rtasidagi integratsion tuzilma yetarlicha qaror topmagan. Bu esa yosh mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba‟zi qiyinchiliklar, konfliktlar yoki kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‟lishi aniqlandi.

Masalaning yana bir muhim jihati borki, uning etarlicha e‟tiborga olinmasligi ham kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida ba‟zi negativ holatlarni keltirib chiqaradi.

Ta‟kidlash joizki, oliy ta‟lim muasasalaridagi o‟quv faoliyatining mahsuli bu kasbiy bilimlarning o‟zlashtirish jarayoni hisoblanadi. Lekin ba‟zida shunday vaziyatlar ham uchrab turadiki, kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik ko‟rgan mutaxassis zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo‟lmay qolishi mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‟lmaydi, yoki samarasiz bo‟ladi. Ko‟rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki psixologik tayyorgarlikni, o‟zini – o‟zi boshqarish va kerakli faoliyatga yo‟naltirish, o‟quv- tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, ma‟naviy va jismoniy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qo‟yilgan masalani hal etishga to‟g‟ri yo‟naltira bilish bilan bog‟liq kasbiy ko‟nikma va malakalarni shakllantirish, jarayonga moslashtirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu ko‟nikma va malakalar bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbga ijodiy munosabatda bo‟lish jarayonidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi.

Kasbiy ko‟nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo‟ladigan, shaxsning o‟zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir.

O‟rta maktab o‟qituvchisining ixtisoslashgan tavsifnomasi – professiogram- masini yaratishda N.V.Kuzmina, Z.F.Esarova, M.G.Davletshin, M. Abdullajonova, T.Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni farqlaydilar1 .


  1. Gnostik malakalar.

  2. Konstruktiv malakalar.

  3. Kommunikativlik.

  4. Tashkilotchilik malalkalari.

Gnostik (yunoncha “gnosis”–“bilish”) malakalar tarbiyachining bilim sohasiga taalluqli bo‟lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini aniqlay bilish; o‟zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish; ilg‟or tajribalarni o‟rganish, novatorlik; pedagogik-psixologik adabiyotlardan foydalana bilish; empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi.

Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining pedagogik jarayonni metodik jihatdan to‟g‟ri loyihalashtirishi va tashkil etishi ko‟zda tutiladi.

Bunda ta‟lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o‟quv-tarbiya

jarayonini maqsadli loyihalash, o‟quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to‟g‟ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog‟liq malakalar nazarda tutiladi.

Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo‟lib, unda o‟quvchilar va hamkasblari bilan o‟zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o‟ziga jalb etishni bilishi, o‟quvchilar va ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogik- psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o‟zaro aloqa bog‟lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O‟quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo‟lishi ko‟p jihadan o‟qituvchining kommunikativ ko‟nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab borishi, uni qo‟llay olish layoqatiga bog‟liq.

Tashkilotchilik – tarbiyachining o‟quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, jamoani jipslashtira olishi, o‟quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi,



shaxsiy tajribasi va ilg‟or pedagogik g‟oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi bilan tavsiflanadi.

Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish kerakki, tarbiyachi-pedagog kasbiy qiyofasida aks etishi lozim bo‟lgan mazkur malakalar nafaqat o‟quvchilar bilan o‟zaro aloqaga kirishishda, shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tizimli yondashuv tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha qayd etiladi. Ayrim ilmiy ishlarda aksariyat hollarda yaxlitlik kategoriyasiga asoslanish bilan chegaralanilgan, ularda o‟rgangan xususiyat, hodisa va jarayonning yaxlit tavsifnomasi yaratilgan.

“Tizimlilik” tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to‟g‟risidagi xulosaga kelish mumkin.


BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KASBGA IJODIY FAOLIYATI MODELI


Jarayon(pedagogik faoliyot)subyekti:Bo‟lajak o‟qituvchi







Bolajak o‟qituvchilarni pedaglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirish shart-sharoitlari

Axborotli Texnalogik Refliksiv





Motivatsiya,kasbiy, kompetentsiyalarni bilish

Kasbiy faoliyat talablarining faol o‟zlashtirishga yo‟naltirilgan jarayon,shakl jarayon,shakl,mrtod, vosita

O’z-o’zini kasbiy anglash va rivojlantitishmuhiti ,aksiologik yondashuv




Kutiladigan natija



Bo„lajak mutaxassislikning pedpgogik kasbga ijodiy munosabati

Demak, xulosa sifatida ta‟kidlaydigan bo‟lsak, shaxsning individualligi, kasbiy sifatlari, bilim, ko‟nikma va malakalar tizimi bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbda ijodiy munosabatda bo‟lishda muhim omillardan biri bo‟lib xizmat qiladi.



Download 346,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish