Bob Talabalarda ta’lim jarayoniga ijodiy munosabatni tarbiyalashda motivlarni shakillantirishning pedagogik –psixologik imkoniyatlari
Talabalarni ta’lim jarayoniga ijodiy munosabatni tarbiyalash omillari Ta‟limning ana‟naviy tizimda o„qituvchi markaziy o„rni egallagan bo„lsa zamonaviy ta‟lim tizimida esa o„quvchi asosiy subektiv sifatida e‟tibof etaladi.
Ya‟ni pedagogik faoliyat markazida an‟anaviy ta‟limda bo„lgani kabi o„qituvchi emas, balki ta‟lim oluvchining bilish faoliyati, uning intellektual qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo„lajak o„qituvchining intelltual salohiyatini shakllantirish fan asoslarini o„rganish va o„zlashtirish bilan birga aqliy faoliyatning maqsadga muvofiq usullariga ega bo„lishni ham nazarda tutadi. Aqliy faoliyat nafaqat bilim asoslarini egallash , balki o„zlashtirilgan bilimlarni qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraklash, umumlashtirish va ularni turli vazyatlarda amalga qo„llashy olish tajribasiga ega bo„lishni ham aniqlatadi. Shu tarzda faoliyatning samarali usuli umumlashtiriladi hamda turli ko„rinishdagi faoliyatni xilma-xil usullar yordamida bajara olishning umumiy metodi shakllantiriladi.
Bo„lajak o„qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlashda uning mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega bo„lishi muhim ahamiyatga ega. Shu boiz ta‟lim tizimida bo„lajak o„qituvchilarni fikrlashga, o„zlashtirilgan bilimlarni mushohada qilishga o„rganish zarurdir.
“Fikr tarbiyasi,-deya ta‟kidlagan edi ulkan ma‟rifatparvar Abdulla Avloniy,- ko„p zamonlardan beri tadqiq qilib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklatilgan muqaddas bir sharaflik, g„ayratlilik bo„lishiga sabab bo„ladi”.
Fikrlash qobiliyatga egalik, birinchdan, ma‟lumotlarni, axborotlarni o„zlashtirish, ularni o„zaro qiyoslash va umumlashtirishni, ikkinchidan, o„zlashtirilgan bilimlarni turli vaziyatlarda faoliyatni tashkil etishda qo„llay olish tajribasini nazarga tutadi. Bunday ko„nikmani shakllantirish uchun bo„lajak o„qituvchilarni turli masalalarni mustaqil yechishga o„rgatish, ularni harakatlar tizimi, tarkibiga ko„ra dastlab oddiy, keyin esa murakkab mashqlarni yechishga o„rgatish muhim. Bunda topshiriqlarni bajarishni rejalashtirish (tahlil qilish, usullarni tanlash va bajarish tartibini belgilash), jarayoniga alohida e‟tibor qaratish tanqidiy fikrlashga o„rgatish maqsadga muvofiq. Tanqidiy fikrlash g„oya va axborotlar bilan faoliyatni o„zaro uyg„unlashtirishning tabiy usuli bo„lib, bu jarayonda, shuningdek, ish natijlarini baholash, ya‟ni o„z-o„zini nazorot qilish muhimdir.
Respublika va rivojlangan xorijiy davlatlar ta‟lim tajribalari shuni ko„rsatadiki, tanqidiy fikrlash turli g„oya va fikrlarni muohakama qilish, bo„lajak o„qituvchilarning shaxsiy fikrlariga hurmat bilidirish, ularga fikrlash uchun sharoit yaratish va ularning intelektual qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi ta‟lim sharoitini aniqlash imkoniyatini beradi. Savollar va javoblarni tashkil etish ham fikrlash jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirishning muhim vositalaridan sanaladi.
Shuni takidlash muhimki,samarali, (produktiv) fikrlashni repraduktiv fikrlashdan farqlovchi muhim belgi mustaqil ravishda yangi bilimlarni kashf qilishdir. Samarali fikrlashning eng oliy darajasi ijodiy fikrlash ищэдшиб uning vazifasi – ijod qilish, o‟ylash, tayyorlash, yangilik yaratish, ixtiro qilish va hakozolardan iborat.
Yoshlar, shu njumladan bo;lajak o‟qituvchilarning intellektual qoboliyatini rivojlantirishda B.Blum, V.P.Bespalko, M.A.Choshanov, G. I. Shukina, V.V. Davidov, E. G‟oziyev, B. Qodirov va boshqalar tomonidan taklif etilayotgan modellardan foydalanish ijobiy yutuqlarni qo‟lga kiritishga imkon beradi.
Bugungi kun talabi ham ta‟lim mazmuni va hajmini cheksiz kengaytirishga yo‟l bermay, balki bo‟lajak o‟qituvchini mavjud muammolarni noan‟anaviy tarzda yechishga tayyorlashni taqozo etadi. Bo‟lajak o‟qituvchi ongida o‟zlashtirilgan yoki shakllantirilgan nazariy tushunchalar tizimi o‟quv faoliyatining asosi bo‟lib qoladi. Talabani o‟quv faoliyatini takomillashtirish, ya‟ni unga intellektual, fikrlash qobiliyatini shakllantirish zamonaviy ta‟limning asosiy natijasi bo‟lishi lozim. Shuni ham takidlash lozimki, aqliy rivojlanishning asosini bilish jarayonlarni tabaqalashtirish tashkil etadi. Zero, tabaqalashtirish bevosita hissiy bilishdan abstrakt yechimlarga o‟tishning muhim jarayoni hisoblanadi.
Zamonaviy ta‟lim oluvchilar oldiga quydagi vazifalarni qo‟yadi:
-tezkor o‟zgarishlarga ko‟nikish, hayotiy faoliyat, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilishda o‟zlashtirilgan bilimlarni mohirlik bilan qo‟llay olish;
-mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‟lis, real borliq va yuzagakeluvchi muammolar mohiyatini anglay olish, zamonaviy pedagogik
texnalogiyalardan foydalangan holda ularni bartaraf etish yo‟llarini izlab topish;
-egallangan bilimlarni amaliyotga qo‟llashning samarali usullarini topish, yangi g‟oyalarni ilg‟ab olish va ijodiy fikrlash;
-axborot texnalogiyalardan o‟z vaqtida samarala olish va ularni qo‟llay bilish.
Ta‟lim oluvchilar, shu jumladan, bo‟lajak o‟qituvchilar bilimlarining chuqur va mustahkamligi faqat ular yig‟indisi bilan emas, balki ularning tizimliligi bilan brlgilanadi. Bo‟lajak o‟qituvchilar intellektual rivojlantirish uchun axborotni qayta ishlashda aqliy faoliyat xususiyatlarini inobatga olish va usullarini tanlash muhimdir.Aqliy faoliyat ososini bilish, xotira, yangi g‟oya va ularni ifodalash hamda baholash kabi jarayonlarni tashkil etadi.Bo‟lajak o‟qituvchilarga bilimlarni o‟gatishning muhim omillari sifatida bilish jarayonining turlari va fikrlash faoliyatini e‟tirof etish mumkin. Respublika ta‟lim muassasalari amaliyotida bo‟lajak o‟qituvchini intellektual rivojllantirish, tarbiyalashda ta‟limni individuallashtirish muhim ahamiyatga ega Individuallashtirish o‟quv faoliyatining barcha shakllarida: ommoviy, guruhli va yakka (individual) tartibda amalgam oshirilishi mumkin.
Bularning barchasi bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.Bo‟lajak o‟qituvchida ijodkorlikni shakllantirish hozirgi davrda yangich munosabat, yangicha yondashuvni talab etmoqda. Ijodkorlikni shakllantirish - XXI asrning jamiyyat taraqqiyotida barcha davlat siyosatining ma‟naviy omili bo‟lib qolmoqda
An‟anaviy ta‟lim bo‟lajak o‟qituvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda u qadar katta imkoniyatlarga ega emas edi. Ijodkorlik qobiliyatini muhim sharti – bo‟lajak o‟qituvchilarning bilishga yo‟naltirilgan faoliyatlarning ijodiy xususiyat kasb etishga erishish, mazkur jarayonni faollashtirish sanaladi. Bunda talabaga tayyor bilimlarni yetkazish emas,balki:
-o‟qituvchilarni bo‟lajak o‟qituvchilar bilan o‟zaro hamkorlikka yo‟naltirish;
-ta‟lim jarayonida bo‟lajak o‟qituvchilarni, o‟qituvchilarning buyruqlarini bajartirishdan cheklab, ularning faoliyatlarini faollashtirishga tayyorlash.
Demak, bilim olishdagi faollik, bo‟lajak o‟qituvchilarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning muhim shartidir.
Bilim olishdagi faollik – bo‟lajak o‟qituvchining bilim olishga bo‟lgan intilish,aqliy bilishga diqqatni kuchaytirish va iroda kuchini namoyon etishga doir bo‟lajak o‟qituvchi faoliyati holati bo‟lib, u kasbiy faoliyatning quyidagi holatlarida namoyin bo‟ladi:
-talabaning ijodiy faoliyatida bilim olish jarayonida idrok, diqqat, xotira, tafakkurni intinsiv rivojlantirish;
-ma‟naviy - axloqiy me‟yorlarni bilish va ularga amal qilish (yaxshilik va yomonlik, hamdardlik va ko‟rolmaslik, jasurlik va qo‟rqoqlik)ning farqiga yetish;
-o‟zining shaxsiy xususiyatlari hamda hayotiy muammolarning mohiyatini tushunish;
-shaxsiy imkoniyatlari va layoqatlarini namoyon eta olish;
-o‟z ustida ishlash, shaxsiy kamchiliklarini tushunib, ularning oldini olish qobiliyatiga ega bo‟lish;
-o‟z qadr – qimmatini aniqlash va o‟zini hurmat qilish;
-bilish faolligini oshirish, tasavvurlarni boyitish, bilimlarni, tajriba va qiziqishlarini kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |