Talabalarning pedagoglik kasbiga tayyorgarligining mavjud ahvoli
O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishishi bilan ta‟lim muassasalarining barcha turlarida, jumladan oily o‟quv yurtlarida ham o‟quv metodik adabiyotlarni moddiy – texnik bazani, professor o‟qituvchilar tarkibini, mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilashga qaratilgan qayta qurish boshlandi. Lekin tizimni yangilash bilan bir qatorda ta‟lim jarayonni mazmunan yangilashni ham qo‟shib olib borish zarur. Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy hayotidagi o‟zgarishlar mutaxassislarning yangi avlodi egallashi zarur bo‟lgan bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarga yangi – yangi talablarni keltirib chiqarmoqda. Bu birinchidan ilmiy bilimlarni ko‟p talab qiladigan texnalogiyalarni keng tarqalishiga taaluqli bo‟lsa, ikkinchidan ishni tashkil qilishdagi o‟zgarishlar va o‟qitish jarayonining natijalariga tegishlidir. Uzoq vaqtlar davomida ijod – bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobilyat, u xar kimga ham berilmaydi, deb kelingan. Tajribali pedagog – psixologlarning ilmiy – tadqiqot ishlarining tahlili shuni ko‟rsatadiki ijodiy qobiliyatga hamma ham ega lekin uning nomoyon bo‟lishi,
ro‟yobga chiqishi real hayotiy sharoitga va individning psixologig holatiga bog‟liq ekan. Zamonaviy ta‟lim tizimida fikrlashni rivojlantirishning o‟ta muhumligini eng kamida ikkta asosiy sababi bor.
Birinchidan – oily o‟quv yurti akademik ta‟limning haqiqiy hayot talablaridan ajralib qolganligi, berilayotgan “tayyor” umumiy va kasbiy bilimlarning amaliyotga mos kelmasligi, talabalarning o‟qishga bo‟lgan qiziqishlarining susayishiga sabab bo‟ladi va buning oqibatida olingan bilimlarning o‟zi ham ko‟puncha ma‟lumot harakteriga ega bo‟lib o‟zlashtirishning repraduktiv darajasigagina taalluqli bo‟lib qolmoqda. Vaholangki hayot fanlarni kognitiv o‟zlashtirish bilan chegaranlanmasligni talab qiladi. Yangi pedagogik va dedaktik yondashuvlarga ularning rivojlanishiga sharoit yaratish zarur. Chunki ayna shular komintatsiyaga ijodiy va tanqidiy tahlil, mustaqil fikrrlash va ko‟p madaniyatli mazmunda jamotchilik mehnati bilan, qachonki ijod ham an‟anaviy yoki milliy bilim va ko‟nikmalarni zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan uyg‟unlashuviga asoslanganidan munosib malakalarni egallashga bilimdonlik va qobilyatlilikni rivojlantirishga ta‟sir ko‟rsatadilar.
Ikkinchidan – O‟zbek xalqiga xos mentalitet – kattalarning irodasiga bo‟ysinish, o‟qituvchi o‟rgatgan narsaga so‟zsiz ishonch hosil qilish, hayotiy masalalarni xal qilishda samarasiz bo‟lsada eng oson yo‟l tanlash amaliy ziddiyatlarni mumkin qadar chetlab o‟tish kabi qator qonimizga singib ketgan odatlarimiz ko‟p hollarda ijodiy fikrlashning cheklanib qolishiga sabab bo‟ladi.
Shuning uchun ham kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, huquqiy davlat qurishni maqsad qilgan Vatanimiz yoshlarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish, ularning yangilik yaratishga bo‟lgan xohish va istaklarini imkon darajasiga ko‟tarish ko‟zlangan maqsad va ezgulik yo‟lidagi ta‟lim tizimining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanishi lozim.
O‟qituvchilik yoshlar qiziqadigan ommaviy kasblardan biridir.Shuning uchun ham pedagogika universitetlarga kirib o‟qish istagini bildirayotgan yoshlar soni yil sayin ortib bormoqda. O‟zbekiston Respublikasidagi oily o‟quv yurtlariga kirish chun har yilibir o‟ringa 20-25 ta yosh yigit-qizlar ariza berishadi.Masalan 2014-
2015 o‟quv yili uchun Qarshi Davlat universiteti Boshlang‟ich ta‟lim yo‟nalishi o‟zbek guruhiga 1 o‟ringa 32 ta abituriyent ariza berishdi. Lekin o‟qituvchilik kasbini egallashga layoqatli, bolalarni jon dilidan sevadigan va ular bilan ishlashdan lazzatlanadigan xushmomila yigit va qizlarni pedagogika oliy o‟quv yurtiga tanlab olish hamon murakkab muammolardan biri bo‟lib kelmoqda.
O‟rta maktablarni bitirib chiqayotgan yoshlarning bir qismi kasb tanlash masalasida ko‟puncha ikkilanib, qiynalib yuradilar o‟z qobiliyati va qiziqishlariga mos keladigan kasb tanlashda ba‟zan xatolikka ham yo‟l quyadilar. Bunday hollar ba‟zan o‟qituvchilik kasbini egallash uchun o‟qishga kirib olgan yoshlar orasida ham uchrab turadi.
Har bir kasbning jonkuyar ustasi bo‟lishi uchun shu kasbni sevish bilan birga ma‟lum iste‟dod va qobiliyatga ham ega bo‟lishi zarur. O‟zi tanlagan kasbga qiziqqan, unga mehr qo‟ygan kishigina oily o‟quv yurtiga o‟qish davrida zarur bilim, ko‟nikma va malakalarni egallashga astoydil intiladi.
Qarshi Davlat universitetiga o‟qishga kirgan talabalarning pedagoglik kasbiga qiziqishi layoqati va uni tanlash sabablarini suhbat o‟tkazish va anketalarga javob olish yo‟llari bilan o‟rgandik.Biz ba‟zi-bir talabalar bilan suhbatlashganimizda ularni fikr va mulohazalarini aniqladik, talabalardan 35 foizi pedagoglik ixtisoslikka shu kasbni ongli ravishda tanlaganidan emas, balki har xil boshqa ta‟sirlar natijasida o‟qishga kirganliklari ma‟lum bo‟ldi. Ular o‟qishga kirishlarining sabablarini turlicha ko‟rsatadilar: ota –onalarining xohishi, tengdosh o‟rtoqlari va do‟stlarining maslahati, boshqa ixtisosliklarga o‟qishga kira olmaganliklari kabilar.
Tadqiqotimiz davomida biz ana shu talabalarni o‟qish jarayonini va so‟ngra mehnat faoliyati davrida kuzatdik, ular bilan muntazam aloqada bo‟ldik .Ma‟lum bo‟lishicha o‟qituvchilik kasbini to‟g‟ri tanlagan yoshlar talabalik davrida ilg‟or bo‟lib, jamoat ishlariga muntazam va faol qatnashadilar, pedagoglik kasbining butun sirlarini bilib olishga intiladilar.Va aksincha o‟qishga noo‟rin kirib qolgan bazi yoshlar bilan ishlash ancha qiyinchiliklarni bartaraf etishni talab qiladi.Chunki bunday yigit qizlar test sinovlarini yaxshi topshirgan tanlovdan muvoffaqiyatli o‟tgan bo‟lsalar ham, ko‟puncha pedagoglik kasbiga qiziqmaydilar yoki unga
layoqatsiz bo‟lib chiqadilar, ularda motivlar kurashi juda uzoq davom etadi. Shuning uchun ham bundaylar o‟qishda biror durustroq natijaga erisha olmaydilar.To‟g‟ri o‟qish yillari davomida ularda ham ayrim ijobiy o‟zgarishlar yuz beradi. Lekin bu toifadagi yoshlardan ba‟zilari hatto o‟qishni tashlab ketishga ham majbur bo‟ladi, yoki oily o‟quv yurtini bitirgandan keyin ham o‟qituvchi sifatida durustroq obro‟ qozona olmaydi, ishini o‟zgartiradi, boshqa kasbni kechikib bo‟lsada tanlaydi. Ma‟lumki, ixtisosni yoshlikdan to‟g‟ri tanlash shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham qimmatlidir. Kasbni kechikib tanlash, uni hadeb o‟zgarteraverish jamiyatga zarar keltirish bilan birga kishining har tomonlama kamolotga erishishida ham salbiy ta‟sir ta‟sir ko‟rsatadi.
Afsuski, yoshlarning pedagoglik kasbini egallashga layoqati borligini ilmiy jihatdan aniqlashga imkon beradigan mezonlar hanuzgacha mukammal ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham oily o‟quv yurtlariga ba‟zan, kelajakda o‟qituvchilik qo‟lidan kelmaydigan yoki bu kasbni bajarishga mayil va qiziqishi bo‟lmagan yoshlar ham o‟qishga kirib qolmoqda. Mavjud qabul qoidalariga binoan abituriyentlarning bilimi, aniqrog‟i olgan ballari o‟qishga qabul qilishda hal qiluvchi ro‟l uynaydi, ularning axloqiy sifatlari o‟qituvchilik qilishga yaroqli qobiliyatli ekanligi qiziqishlari e‟tibordan chetda qoladi. Kirish imtihonlari davrida abituriyentlar haqida to‟la va to‟g‟ri tasavvur bera olmaydi.Odatda abituriyentlar kirish imtihonlari arafasida barcha sovollarga ijobiy javob beradilar. Ularning qo‟lidan hamma ish keladi, ular har-bir ishni bajara oladilar. Lekin amalda ahvol biroz boshqacharoq bo‟lib chiqmoqda. Biz avgust oyida kirish imtihonlari oldidan Qarshi Davlat univertsitetiga o‟qishga kirish uchun ariza bergan abituriyentlarga anketa tarqatib o‟qituvchilik kasbini egallash bilan bog‟liq bo‟lgan bir necha savollarga javob oldik. Dekabir oyida qayta anketa o‟tkazdik. Avgust oyida olingan javoblarning 85 foizi ijobiy bo‟lsa, dekabr oyiga kelib 1 kurs talabalarining uchdan bir qismigina ravon nutq so‟zlash, bolalar bilan turli o‟yinlar uyushtirish malakasiga ega ekanligi ma‟lum bo‟ldi. O‟rta maxsus kasb – hunar kollejlari bergan tavsifnomalardan ham yoshlarning pedagoglik ishiga layoqatli ekanligini bilib olish juda qiyin.
Universitetlarga abituriyentlar tanlash ishini yoshlarni kasbini ongli ravishda tanlashga yo‟llash sohasidagi ishlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‟rta ta‟lim maktabidayoq maqsadga muvofiq.
Kuzatish va maxsus tadqiqotlar shuni ko‟rsatib turibdiki, bolalarda pedagoglik kasbiga havas va qiziqish juda erta boshlanadi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining ko‟pchiligi sevimli ustoziga taqlid qilib, unung xatti – harakatlarini, qiliqlarini o‟yin shaklida takrorlaydi. Bolalar hali o‟qituvchilik kasbini mohiyatini tushunmasalar ham, ularga ilm-fan sirlarini ochayotgan, bola nazarida “eng donishmand hamma narsani biladigan” ustozining obro‟si ta‟sirida yoshlar qalbida o‟qituvchilik kasbiga havas tug‟iladi. “Kim bo‟lishni xoxlaysiz?” degan savolga 3-4-sinf o‟quvchilaridan 75 foizi, 5-8-sinf o‟quvchilaridan 40 foizi va 9-sinf o‟quvchilaridan 40 foizi va 9-sinf o‟quvchilaridan 31 foizi “o‟qituvchi bo‟lishni istayman” deb javob bergan.
1.2.1-jadval o’quvchilarni kasb tanlashga bo’lgan munosabatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |