Yuqori daraja – bo‟lajak o‟qituvchilarda ta‟lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o‟zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi yuqori darajada. Tashkilotchilik, muloqotchanlik, nutq, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi kasbiy ahamiyatli sifatlar shakllangan.
O’rta daraja – bo‟lajak o‟qituvchilarda ta‟lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o‟zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi o‟rta darajada. Talabalarda pedagogik faoliyat yo‟nalishidagi kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalarini o‟zlashtirish ehtiyoji mavjud, biroq, bu ehtiyoj doimiy xarakter kasb etmaydi, shu sababli ular bu yo‟ldagi amaliy harakatlarni tashkil etishga urinmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |