Quyi darajada – mazkur toifa talabalarda kasbiy yo‟nalganlik asosan majburiylik motivlariga asoslangan, ta‟lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish stereotiplarga tayanadi. Shuningdek, bu talabalar kasbiy
kompetentsiyalarni o‟zlashtirishning ijtimoiy –pedagogik zaruriyatini to‟la anglamaydilar. Tajriba-sinov ishlariga Qarshi Davlat universiteti “Pedagogika ” fakultetining 1-4 kurs talabalaridan iborat jami 200 nafar respondentlar jalb etildi.
Tajriba-sinov ishlarining dasturiga muvofiq tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida bo‟lajak o‟qituvchilarning ta‟lim muhiti, sharoiti, pedagogik kasbga ijodiy faoliyat talablariga moslashish darajasi, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasi, kasbiy kompetentsiyalarni o‟zlashtirganlik darajasi o‟rganildi.
Bunda kuzatish, faoliyat mahsulini o‟rganish, suhbat, anketa kabi metodlardan foydalanildi.
Ikkinchi bosqchida olingan natijalar tahlili va aniqlovchi tajriba yakunlariga asoslangan holda bo‟lajak o‟qituvchilardagi pedagogik kasbga ijodiy munosabatdagi faoliyat jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rivojlantiruvchi dastur va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bunda quyidagi samarali ish shakllaridan foydalanildi:
1). Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent-talabalar uchun “ Pedagoglik kasbini tanlash va kasbga ijodiy munosabatda bo‟lish jarayonlarining o‟ziga xos xususiyatlari”, mavzusida ma‟ruza-munozaralar, binar ma‟ruzalar, treninglar, debatlar tashkil etildi. Ya‟ni bunda talabalarning bo‟lajak mutaxassis sifatida oliy ta‟lim muassasasi va professor-o‟qituvchilardan kutayotgan imkoniyat va shart-sharoitlari o‟rganildi.
“Pedagogik faoliyatning xususiyatlari va tahlili”; “Ta‟limdagi innovatsion islohotlar”; “O‟qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari”; “Mening kasbiy kelajagim”;
“Agar men...” kabi mavzular tahlil etildi.
Mazkur ish shakllarining amaldagi tatbiqi bo‟lajak o‟qituvchilardagi qator ijobiy sifatlarni, xususan:
muloqotga kirishuvchanlik;
faollik;
o‟quv va boshqa ko‟rinishdagi ijtimoiy faoliyatlarni tashkil etishga ijodiy yondashish;
o‟z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to‟la namoyon etish;
kasbiy faoliyatni tashkil etishga mas‟uliyatli yondashish;
bilish faolligini shakllantirishga olib keldi.
Tadqiqot doirasida bo‟lajak o‟qituvchilar bilan vaziyatli topshiriqlar va “keys” larni yechish (muammoli vaziyatlarni hal qilish)ga oid mashqlar tashkillashtirish.
Ushbu bosqichda tashkil etilgan amaliy ish natijalaridan ko‟zlangan maqsad talabalarning mavjud nazariy bilimlarni kasbiy ko‟nikma va malakalarga aylantirishga qaratildi.
Bo‟lajak o‟qituvchilarda pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllanganlik darajasini aniqlashga doir tashxis xaritalari ishlab chiqildi. Tajriba- sinov ishlarining har bir bosqichida mazkur tashhis xaritalari, suhbat, assementlar orqali respondentlarning natijaviy ko‟rsatkichlari aniqlab borildi (3-4 ilova).
Shunday qilib, bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining muayyan dastur va rejaga asosan olib borilishi, belgilangan maqsadga erishish va kutilgan natijalarni qo‟lga kiritish imkonini berdi. Buni turli bosqichlarda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o‟sishidan ham anglash mumkin. Ishning navbatdagi bandida tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning qiyosiy hamda statistik tahlili haqida so‟z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |