O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
QO'LYOZMA HUQUQIDA
374.8UDK
KAZAKOVA MARHABO
BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KASBGA IJODIY MUNOSABATNI TARBIYALASH
MAGISTRLIK AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN TAYYORLANGAN
D I S S E R T A T S I YA
ILMIY RAHBAR : PROFESSOR - T.G'AFFOROVA
QARSHI – 2015
M U N D A R I J A
KIRISh 3
BOB. BO'LAJAK O'QITUVChILARDA PEDAGOGIK KASBGA IJODIY MUNOSABATNI TARBIYALAShNING NAZARIY ASOSLARI……..........
1.1. Bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim jarayoniga ijodiy munosabatni tarbiyalash pedagogik muammo sifatida…............…………......……………..
1.2 Talabalarning pedagogik kasbga tayyorgarligining mavjud ahvoli........
1.3. Ijodiy munosabatning o‟qituvchilar pedagogik faoilyatida o‟ziga xosligi………………………………………………………………………….
BOB. TALABALARDA TA'LIM JARAYONIGA IJODIY MUNOSABATNI TARBIYALAShDA MOTIVLARNI ShAKLLAN-TIRIShNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI..............
Talabalarni ta'lim jarayoniga ijodiy munosabatni shakllantirish omillari
Bo'lajak o'qituvchilarda ta'lim jarayoniga ijodiy munosabatni tarbiyalashda pedagogika turkum fanlar va pedagogik amaliyotning ahamiyati….........................…
BOB. BO'LAJAK O'QITUVChILARNI PEDAGOGIK KASBGA IJODIY MUNOSABATNI TARBIYALASh TIZIMI VA UNING SAMARADORLIGI
3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash omili........…………..............……..............……….
Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash sohasida olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili....…...
UMUMIY XULOSALAR………………………
TAVSIYALAR……………………………………………………...
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO'YXATI
ILOVALAR………………………………………………………………….
K I R I Sh
Tadqiqotning dolzarbligi va ishlanganlik darajasi. O'zbekiston ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lidan bormoqda. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi o'zgarishlar, taraqqiyot butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinmoqda. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Kelajakda buyuk davlat barpo etishga qodir insonlarni tayyorlab berish birinchi o'rinda ta'lim muassalarining qo'lida.
Mamlakatning taraqqiyoti va o'zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, ma'naviyat va keng dunyoqarashni talab etadi. Ta'lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish – jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Zero, ta'lim o'sib kelayotgan yosh avlodning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi.
Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar o'rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. “Inson o'z umri davomida qanday natijalarga erishmasin, qaerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta'lim-tarbiyasi uning etuk shaxs va malakali mutaxassis bo'lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani
shubhasiz.”(3-130) Darhaqiqat, maktab har qanday mutaxassisning etishishida dastlabki asosni yaratadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz» [7- 5].
Bunda pedagogik kasb egalarining o'rni alohida ahamiyatga egadir. Mohir, o'z ishining ustasi bo'lgan pedagogik kasb egalarigina hozirgi davr talablariga ega bo'lgan mutaxassislarni tarbiyalab etishtirishga erishadilar.
Mohir pedagog deb ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eta oladigan, buning uchun talaba psixologiyasini yaxshi bilgan, o'zida pedagog uchun zarur bo'lgan kasbiy fazilatlarni mujassam etgan, ta'lim jarayonini ijodiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalar qonuniyatlari asosida samarali tashkil eta oladigan va olib boradigan pedagogga ayta olamiz.
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta'lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo'nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo, o'qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog'liq. O'qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog'lik vijdon, aql va kasb mahorati bilan bajarishi jamiyat kelajagini ta'minlovchi muhim omildir.
“…zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak” [7-7]. Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” maqsadi va vazifalarini amalga oshirishning birinchi bosqichida «Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish» belgilangan [7-40]. Bu
islohotlarni amalga oshirishda pedagog kadrlar o'rni naqadar muhimligidan dalolatdir.
Shu ma'noda ilg'or tajribalardan ijodiy foydalanish, pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham o'qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish, uning ta'lim jarayonini ijodiy yondashuv asosida tashkil eta olish mahoratini oshirish bugungi kunning muhim talablaridan biridir.
Pedagogik kasbga ijodiy munosabat pedagogik jarayonga faol ta'sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini ta'minlab belgilab beruvchi omillardan hisoblanadi.
Pedagogik kasbga ijodiy munosabatning nazariy metodologik tahlili shuni ko'rsatadiki, u ko'p jihatdan jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti darajasi va bo'lajak pedagog shaxsini shakllantirishga bo'lgan individual talablar bilan bog'liq.
O'zbekiston ta'lim tizimining insonparvarlashuvi, demokratlashuvi va yangi texnologiyalarning kiritilishi pedagogika fani oldiga ta'limning mazmuni, tuzilishi, rivojlanish darajasi, imkoniyatlari va texnologiyasini aniqlashdek murakkab vazifalarni qo'ydi. Bu vazifalarni hal qilish bir qancha muammolarni keltirib chiqardi.
Ilgarigi g'oyalar endilikda yangi mazmundagi ta'lim tizimi talablariga mos kelmay qoldi. Pedagoglarning kasbiy va axloqiy tayyorgarligiga bir qator talablar qo'yildi. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan davr talablari pedagoglarda shakllantirilishi lozim bo'lgan kasbiy, umuminsoniy va umumpedagogik ko'nikmalarni yuqori darajada bo'lishini talab qilmoqda. Bu esa, yosh o'qituvchilarning pedagogik jarayonlarni erkin tashkil etishga tayyorgarligi muhimligini ko'rsatmoqda.
Pedagog o'z ishining ustasi bo'lishi uchun, avvalo, o'z-o'zini anglashi muhim ahamiyatga ega. O'zining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, pedagogik holatini
anglashi, uni tanqidiy tahlil etishi pedagogning kasbiy, umummadaniy va ilmiy- pedagogik bilimlar sari intilishiga turtki bo'ladi.
O'z kasbi bo'yicha mustaqil bilim olish ko'p jihatdan o'qituvchida o'z-o'zini anglashning o'sishiga, olgan bilimlarini amaliyotda mohirona qo'llashiga, pedagogik vaziyatlarga oqilona moslashish va unga ijodiy yondashish, pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan ijodiy foydalana olishiga yordam beradi.
Falsafiy, pedagogik, psixologik, tarixiy adabiyotlar tahlili, shuningdek, ta'lim amaliyoti shuni ko'rsatadiki, pedagogik zukkolik, yangilikka intiluvchanlikning paydo bo'lishi, shakllanishi, rivojlanishiga qiziqish tobora oshib bormoqda.
Oliy o'quv yurtlarida tahsil ko'rayotgan bo'lajak o'qituvchilarning hozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o'z kasbining mohir ustasi bo'lib etishishlariga asosiy e'tiborni qaratmoq bugungi kunning muhim vazifasidir. O'qituvchi qanchalik ma'lumotli, mahorat egasi bo'lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon, har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi.
Shaxs tarbiyasida o'qituvchi o'rnining nihoyatda katta ekanligi ma'naviy merosimiz durdonalarida ham markaziy o'rinni egallaydi. Bunda biz mutafakkirlar Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar merosini misol qilib olishimiz mumkin. Ular bolani to'g'ri tarbiyalash, uning shaxsini shakllantirishda o'qituvchi mehnatining ahamiyati, uning mas'uliyati masalasida qimmatli fikrlar qoldirganlar.
Bo'lajak o'qituvchilarni davr talablari asosida tayyorlash, ularni o'z kasbining mohir ustasi, yangilikni tez idrok etib, o'z faoliyatida qo'llaydigan - ijodkor qilib tarbiyalash oliy maktab va pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan bo'lib hisoblanadi.
Bu masala bir qator tadqiqotlarning ob'ekti bo'lib xizmat qilgan.
Bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirish muammolari M.O.Ochilov,
bragimov, U.N.Nishonaliev, Q.R.Shonazarov, H.Abdukarimov D.X.Nasriddinova va boshqa bir qancha tadqiqotchilar ishlarida atroflicha o'rganilgan [99, 68, 96,134, 20,93].
Pedagogik faoliyatning mohiyati, tuzilishi va mazmunining pedagogik ongda aks etishini K.Abduraxmonov, M.T.Gromkova, P.T.Kasavin, N.A.Sitnikova, M.Saidovlar tadqiq qilganlar [23,52, 78,116,113].
Kasbiy mahoratning shakllanishi va pedagogik faoliyatga kasbiy tayyorlikni D.N.Arziqulov, R.Sh.Axlidinov, R.Z.Asamova, A.A.Derkach, S.F.erbak, M.Yu.Ismoilova, B.X.Raximov, B.R.Jo'raeva, K.M.Yuldashevlar o'rgandilar [34,38, 36, 58, 70, 107,60,137].
Pedagoglar kasbiy tafakkurining pedagogik-psixologik asoslarini M.Anisimov, L.Golish, S.S.Shamsitdinovlar ishlarida ko'rish mumkin [32, 50,133].
O'qituvchi faoliyatining ijodiy yo'nalishlari va bo'lajak o'qituvchilarni ijodiy ishlashga tayyorlash muammolari B.R.Adizov, Q.B.Yo'ldoshev, S.Nishonova kabilarning tadqiqotlarida ishlab chiqilgan [25, 74, 97].
Yuqoridagi tadqiqotlar mualliflari aniq dalillaridan kelib chiqib, pedagogika oliy o'quv yurtini tugatgan talabalarning kelajakda o'qitadigan maxsus fanlarni chuqur o'zlashtirganliklarini, ular pedagogik vaziyatlar, o'qitish metodlari bilan yaxshi tanish ekanliklarini, ayni paytda amaliyotni to'liq egallab olmaganliklarini e'tirof etganlar.
Yuqorida ko'rsatilgan tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlash masalasi maxsus dissertasion tadqiqot darajasida ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham biz tadqiqot mavzusini
Do'stlaringiz bilan baham: |