O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili



Download 346,57 Kb.
bet18/26
Sana02.01.2022
Hajmi346,57 Kb.
#307087
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
bolajak oqituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash (1)

2.Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili


Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida qo‟lga kiritilgan natijalarning haqqoniyligi va ishonchliligini o‟rganish maqsadida ularni miqdor va sifat jihatidan tahlil etishga alohida e‟tibor qaratildi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida maxsus ishlab chiqilgan anketa so‟rovlari asosida respondentlardagi pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatning mavjud holati yuqorida belgilangan mezonlar asosida aniqlandi va respondentlarning javoblari tahlil etildi.

Tadqiqotda asosiy maqsad bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirish darajasini oshirishga yo‟naltirilib, belgilangan maqsadning kafolatli natijasi pedagogik jarayonning shaxsning kasbiy yo‟naltirilganligi, kasbiy bilimlarning o‟zlashtirilishi, olingan ta‟lim sifati va yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarning talaba imkoniyatlari va qiziqishlari doirasidan kelib chiqib amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil etish mazkur fikrlarning amaldagi tasdig‟ini yana bir bor isbotladi.

Ma‟lumki, pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lishda bo‟lajak mutaxassisning motivatsion tayyorgarligi muhim o‟rin tutadi. Bo‟lajak o‟qituvchining motivatsion tayyorgarligining asosini kasbiy yo‟naltirilganligi ya‟ni o‟z kasbi, mutaxassisiligining mohiyatini tushuna olishi, kasbiy faoliyatiga nisbatan o‟zida pozitiv munosabatni tarkib toptirishi, kasbiy hayotiy maqsadlarining aniqligi, bilish faoliyatiga qiziqishning rivojlanishi tashkil etadi. Bu mutaxassisining ta‟lim olish jarayonidagi o‟zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishida, namoyon bo‟ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlari so‟rovnoma tarkibidagi I-blok murojjatlari talabalardagi motivatsion tayyorgarlik, kasbiy yo‟naltirilganlik va kasbiy sifatlarning shakllanganlik darajasini baholashga qaratildi.

Ma‟lumki, talabalik davri - mehnat hayotida o‟z-o‟zini aniqlab olish yoshi bo‟lib, bu vaqt talabada o‟zining kelajakdagi kasbiy hayotiy maqsadlarini aniq belgilab olish intilishi paydo bo‟ladi. Bu davrda talaba ongli to‟g‟ri qaror qabulqilishi uchun birinchidan, amaldagi mehnat bozorining u yoki bu kasb turiga bo‟lgan ehtiyojini, ikkinchidan, o‟z moyilligi va bu kasb qo‟yadigan talablarga qanchalik muvofiq kelishini bir so‟z bilan aytganda tanlangan kasb mohiyatidan to‟liq xabardor bo‟lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

So‟rovnoma natijalarini o‟rganish bo‟lajak o‟qituvchilarning motivatsion tayyorgarligini yoritishning quyidagi jihatlariga alohida e‟tibor berish lozimligi ko‟rsatadi:



    1. Talabalardagi ichki sabablarga asoslangan kasbiy yo‟naltirilganlik va pedagogik faoliyatga ijodiy munosabatda bo‟lish (motivlar, ehtiyojlar, maqsad va qiziqishlar asosida shakllangan kasbiy yo‟naltirilganlik). Bu asosan 3-4 bosqich talabalariga xos xususiyat sifatida tadqiq etildi.

    2. Talabalardagi tashqi sabablarga asoslangan kasbiy yo‟naltirilganlik ya‟ni kasbiy faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatiga asoslangan yo‟naltirilganlik. Bu xususiyat aksariyat 1 - bosqich respondentlarida kuzatildi.

Xususan, 1-bosqich talabalarining 13 tasida pedagogik faoliyatga intilish darajasi yuqori, 20 tasida o‟rta, 17 tasida quyi daraja aniqlandi.

Ikkinchi bosqchi talabalarida bu ko‟rsatgich quyidagicha ko‟rinishni aks ettirdi, ya‟ni jami 50 talabadan 13 tasida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi, 17 tasida o‟rta va 20 tasida quyi daraja kuzatildi.

Uchinchi bosqichda yuqori daraja 15 ta respondentda, o‟rta daraja 21 ta va quyi daraja 14 ta respondentda aniqlandi.

Bitiruvchi kurs talabalarining so‟rovnoma savollariga bergan javoblari tahlil etilganida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi 25 ta, o‟rta darajasi 13 ta va quyi daraja 12 ta respondentda o‟rganildi.

Natijalardan ko‟rinib turibdiki, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasi,ijodiy munosabatda bo‟lish 3-4 bosqich talabalarida 1-2 bosqchi talabalariga qaraganda yuqoriroq natijalar ko‟zga tashlandi. Buning sababini kasb tanlash motivlari, kasbiy o‟zini anglash, kasbiy tasavvurlar bilan bog‟lab tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, dastlabki kasbiy tasavvurlar ta‟sirida pedagogik faoliyatga intilish darajasi past bo‟lsa(1-bosqich), kasbiy faoliyatning shaxsga qo‟yadigan talablari, mutaxassislikka doir fanlarda pedagogik textalogiyalar asosida ma‟ruzalar, seminarlar, amaliy darslarni o‟tilishi, pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirish jarayonidagi munozaralar pedagogilk kasbiga intilishning muayyan davrda yuqorilashiga (2-3 bosqich) sabab bo‟lgan. Pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish jarayonlarining samarali kechishi,

kasbiy kompetentsiyalarni o‟zlashtirish, kasbiy faoliyatda o‟zini anglash esa 4- bosqich talabalirdagi faol kasbiy pozitsiyaning shakllanishiga sabab bo‟lgan.




      1. Download 346,57 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish