Koʻp qoʻysangiz ol deydi.
2.Joni borga oʻxshar
Issigʻingni oʻlchar.
3.Sutkamiz hisobchisi
Dam olmoqni bilmas hech
Tokcha devor qoldi u
Choʻt qoqadi erta-kech.
4.Tiniqligi suvga oʻxshar
Neki boqsa aksi tushar
Oʻzi qattiq temir emas
Qoʻzgʻatsangiz qimir etmas.
5.Yuzta aka-uka
Hammasi barovar
Qani oʻylab topingchi
Kim ekan oʻzi bular.
6.Buvimda bor bir chiroq
Yonib turmaydi biroq
Ish tikar boʻlsa bivim
Taqib oladi har choq.
7.Bekorchi kerakmas
Ishlaganga bilinmas
Oʻzi qoʻlsiz-oyoqsiz
Qarasangiz koʻrinmas.
8.Beqasamdan yoʻli bor,
Osmon-falakda chiqar.
9.Koʻzda koʻrinmas
Qoʻlga ilinmas
Shusiz hech joyda
Hayot ham boʻlmas.
10. Goh simobdek oqaman
Goh tutundek uchaman
Goh tosh kabi qotaman
Men birlashsam kuchliman.
11. Suvga solsam botmaydi, Baliqlar ham yutmaydi.
12. Bir koʻz bilan tikilib
Yaratuvchi yuzimni
Soʻngra oppoq qogʻozda
Aks ettirdi oʻzimni. 13. Havo rangli suv emas Koʻprigi bor koʻl emas Oʻzi koʻrmas koʻrsatar.
14. Shishali yoʻlak boʻylab
Sergak oyim yuradi
Ob-havo nafasin
Birga aytib beradi. 15. Yo’qdir qoʻlin oyogʻi Na koʻrinar qulogʻi Ammo unga bir qadam
Yer shari oyu, zuhra.
16. Gʻildiraksiz qanotsiz
Uchadigan minora
U bor bizga bir qadam
Osmondagi sayyora. 17. Suv ichida shagʻillab Soʻng ishlaydi vagʻillab Simlardan taranar Har xonani yoritar.
18. Simdan oqar arigʻi
Birga yoqar yorugʻi. 19. Poʻlat qushim uchdi-ketdi Bir zum oʻtmay oyga yetdi.
20. Olamga dong taratgan
Inson qoʻli yaratgan
Charchamay koʻkni kezar
Har kim tovushin sezar
Koʻksida “Tinchlik” soʻzi
Yurtimizning yulduzi fanimizning quyoshi. 21. Ikki singil Ogʻir yengil.
22. Suvga tushsa suv boʻlmaydi
Loyga tushsa loy boʻlmaydi.
23. Igna uchi yaltiroq.
24. Qishda kelar
Yozda ketar. 25. Qaraganda qaraydi Xuddi sizday boʻlib Soch tarasa taraydi
Kim boʻlsa taqlid qilib.
26. Tokchada uning joyi
Meni uygʻotar doim
Yursa hamki erta-kech
Joyidan jilmaydi hech.
27. Sayohatda as qotar Asbob nomi kim bilar.
28. Yerning tabiiy yoʻldoshi
Oydindagi soz boshi.
29. Qizaradi soʻnmaydi Usiz giyoh unmaydi.
30. Yer sharining toʻrtdan uch qismin
Egallaydi ranggi yoʻq modda
Unday kuchli erituvchi kam
Boshlangandir undan hayot ham. 31. Suvlar unga mehmondir
U beshinchi ummondir.
32. Rangi boru shakli yoʻq
Uningsiz hayot ham yoʻq. 33. Yer yuzasi oy kabi Qizib kech sovib kelmas Meteoritlar choʻgʻ boʻlib Ne sabab yetib kelmas?
34. Ming chiroqda yuzta son
Oʻlchar yuza va tomon. 35. Ot oladi mashina Elektr olib undan.
U esa olar zaryad
Kislota hamda suvdan. 36. Uzun tiniq shishadan
Shkalali: stakan Oz kerakmi yoki koʻp Suv miqdorin oʻlchanar.
37. Yorugʻi bor
Dovrugʻi bor
Oʻzi yoq. Ovozi bor.
38. Simdan oqib keladi Shamol kabi yeladi
Olam-olam kuchi bor
Uy ishiga u tayyor.
39. Juda tiniq bir shisha
Yorugʻ berar hamisha
Lekin u chiroq emas
Pilik hamda yogʻ demas
Havo kirmas ichiga
Hamma qoyil ishiga. 40. Sen ichida tursang tikka Olib chiqar yuksaklikka.
41.Qoʻl-oyogʻi yoq yuradi
Urib turar yuragi
Har kuni uning qulogʻi
Dadajonim buraydi. 42. Shakli oʻxshaydi nokka
Nur sochadi har yoqqa
Kerakmas unga gugurt
U bilan ravshandir yurt. 43. Ovozi bulbul
Ochadi koʻngil Senga ham nafas
Fikringga zapas
Qoʻshadi hissa
Millionlab qissa.
44. Bir sim bor xoʻp uzun
Ketgan juda uzoqqa
Eshitasan sozini
Tutib koʻrsang quloqqa. 45. Kerak har bir xonadonga Issiqligi huzur jonga Televizor xolodelnik U bor boʻlsa jonli tirik.
46.Qorga oʻxshar emas qor
Qor kabi sovugʻi bor
Quyosh chiqqan zamoni
Yoʻqolar oʻsha oni.
47. Chopsa chopilmaydi Yopsa yopilmaydi
Bulutli kun har qancha Izlasang topilmaydi.
48.Poyonsiz mato uzra
Sochildi behisob choʻgʻ
Shunday turib tonggacha
Bir joyi kuygani yoʻq. 49. Tunni qilar kunduzday
Nur sochadi yulduzday.
50. Dengizda suzar boʻlsang
Togʻlarda kezar boʻlsang
Yoʻl koʻrsatib turaman
Odamga men joʻraman.
Eng ko’p topishmoq javobini topgan o’quvchilar taqdirlanadi.