O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


Ijodiy munosabatning - o’qituvchilar pedagogik faoilyatida o’ziga



Download 346,57 Kb.
bet10/26
Sana02.01.2022
Hajmi346,57 Kb.
#307087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
bolajak oqituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash (1)

Ijodiy munosabatning - o’qituvchilar pedagogik faoilyatida o’ziga


xosligi

O‟zbekiston respublikasi hukumati tomonidan xalq ta‟limi sohasi bo‟yicha o‟rtaga qo‟yilayotgan vazifalarni bajarish ko‟p jihatdan o‟qituvchiga bog‟liq. Bozor iqtisodiyotiga o‟tish sharoitida ta‟lim-tarbiyadan ko‟zda tutilayotgan maqsadga erishish, o‟quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyishtirish, ularni bilimli, odobli, e‟tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‟stirish o‟qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizni kelajagi, O‟zbekistonimizning istiqboli ko‟p jihqtdan o‟qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o‟qitish va tarbiyalash ishiga bo‟lgan munosabatiga bog‟liq. Shuning uchun ham O‟zbekiston Respublikasi Prizedenti

va Vazirlar Mahkamasi ta‟lim tizimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o‟qituvchilar va talabalarning moddiy va ma‟naviy ahvolini yaxshilashga ta‟limga alohida e‟tibor qaratib, davlat byudjitini 35%ni ajratdi.

O‟qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab ma‟suliyatli kasbdir. Yaxshi o‟qituvchi bo‟lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‟zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‟qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, tamoillar, umumlashtirilgan metodik g‟oyalar bayon etiladi, o‟quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e‟tiborga olish ta‟kidlanadi.Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko‟p uchrab turadi. Bu esa o‟qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.O‟qituvchilik kasbini tanlash,umuman olganda boshqa biror kasbning haqiqiy ustasi bo‟lish uchun kishida tabiiy qobiliyat ma‟lum jismoniy va ruhiy xislatlar puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo‟lishi kerak.

Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‟lom bo‟lishi, so‟zlarni to‟g‟ri va yaxshi talafuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‟lishi, boshqalar bilan muomilada o‟zini tuta olishi zarur. Shuninigdek, bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlash o‟zi uchun qiziqarli bo‟lishi, xushmomilalik, kuzatuvchanlik, keng fikirlay olish, tashkilotchilik, ijodkor-izlanuvchan,o‟ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqliligini ko‟rsatadi.

Pedagog faoliyati–yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta‟lim–tarbiya berish ishi bilan shug‟ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. ”Tegishli ma‟lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‟lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‟ullanish huquqiga ega”, -deyiladi “Ta‟lim to‟g‟risi”dagi Qonunda o‟qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakillantirishga qaratilgandir. O‟qituvchining barkamol insonni tarbiyalash unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Ma‟lumki, har bir

bola o‟z xulq–atvorga, xarakterga egadir. Bolalarni tarbiyalahda ularning ana shu o‟ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‟rganish nihoyatda murakkab.Shu sababli ta‟lim-tarbiya jarayoniga insonlar o‟rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalanish lozimdir. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‟rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‟qituvchilik ixtisosligining bu xususiyati uning kasbnomasida ifodalanadi.

O‟qituvchi ayniqsa boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi o‟zi bilan o‟quvchilar o‟rtasida do‟stona munosabatni o‟rnatib, yaqinlik paydo qilishi, o‟quvchi esa erkin mulohaza yuritib, o‟qituvchiga ishonch bildira olish an‟analari tobora qadirlaniyapti.

Boshlang‟ich sinf o‟qituvchilarining, ta‟lim sohasiga bunday ta‟lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikirlovchi shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy–iqtisodiy siyosatni shakilantirish – zamon talabiga javob beradigan, yuqori malakali kichik mutaxassis kadirlarni tayyorlash va mazkur jarayon samaradorligini ta‟minlovchi kasbiy ta‟lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ushbu vazifa bir qator va me‟yoriy hujjatlarda, xususan, “Kadirlar tayyorlash Milliy Dasturida” kadirlar tayyorlash tizimi va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan fan,madaniyat texnika va texnalogiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo‟naltirilgan ko‟rsatma va tamoillar ko‟rinishida o‟z aksini topgan.1

Hozirgi zamon o‟qituvchisi pedagogik texnalogiyaningmohir ustasi bo‟lib,o‟quvchilarni fan asoslari bilan qurollantirish, yuksak ma‟naviy kamolot, o‟z xalqi faravonligi uchun mehnat qilishga ongli ravishda intilishni, umuminsoniy va milliy taraqqiyot tamoyillariga sadoqatni shakillantira olish lozim.Shuning uchun ham O‟zbekiston Respublikasi Prizedenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‟qituvchi kadirlar tayyorlash sifatini takomillashtirishga katta e‟tibor qaratilmoqda. Hozirgi zamon o‟qituvchisi har tomonlama yetuk, ma‟naviy boy, o‟z ishining mohir ustasi, yangiliklarni tez anglab hayotga tatbiq eta oladigan bo‟lmog‟i lozim. Har bir O‟zbekiston fuqorosi qaysi sohada faoliyat ko‟rsatmasin,

o‟z mehnatini ijodiy va yangi texnalogiyalar asosida tashkil eta olishi lozim. Bu jamiyatning ehtiyojidir. Ayniqsa, hozirgi zamon o‟qituvchisining shunday mehnati maktab uchun zarur. O‟qituvchilik faoliyatining an‟anaviy uslublaridan voz kechish hozirgi kunning talabidir. Shakllanayotgan yosh avlod o‟z bilimlarini hayotga tez tadbiq qili oladigan bozor iqtisodiyoti munosabatlarining hozirgi talab va ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislar bo‟lib yetishishlari zarur. Shuni ham aytish kerakki, an‟anaviy pedagogik faoliyat bilan yangiliklar asosida tashkil etilgan faoliyat o‟rtasida juda katta chegara mavjud emas. Bu hol, ayniqsa, pedagogik jarayonini tashkil etishda yaqqol ko‟zga tashlanadi. Ta‟lim jarayonini yangiliklar asosida tashkil etib ishlaydigan o‟qituvchi-murabbiyning o‟z mehnatining samarasini, unung mohiyatini ochib bear oladi.

Tadqiqotlarimiz davomida boshlang'ich sinf o„qituvchisining ta'limni tashkil etishga ijodiy munosabatda yondoshuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo„lgan ikki sababni aniqladik:


  1. o„qituvchida to„plangan tajribalarga doir sabablar;

  2. ta'lim jarayonida yuzaga kelgan sabablar.

O„qituvchining o„zida to„plangan pedagogik tajribalar ta'lim jarayonini tashkil etishda qay darajada natija berayotganini bilish, bugungi kunda ta'limni tashkil etishga ijodiy munosabatda yondoshuvi qay darajada qo„l kelayotganini bilish muhim degan farazga to„xtaldik.

Shuni ham hisobga olish kerakki, ijodiy ishlaydigan o„qituvchilar o„z faoliyatlarini tahlil qilish asosida ta'lim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil eta oladi.

O„qituvchilarning pedagogik faoliyatni ijodiy munosabatda pedagogic texnologiya asosida tashkil etishga tayyorlik darajalarini bilish uchun biz bir qancha shart-sharoitlarni o„rganishni vazifa qilib qo„ydik.

Bizning fikrimizcha, bu vazifa uchta asosiy tadqiqotni talab etadi:



  1. o„qituvchining o„z kasbiga munosabatini;

  2. mohir o„qituvchilar ijodiy faoliyatlarining asosiy motivlarini o„rganishga intilish darajasi;

v) ta'limni texnologik yondoshuv asosida tashkil etish uchun nazariy va amaliy bilimlarga egaligi darajasi.

Ushbu vazifalarni hal etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bular ta'lim jarayoniga ijodiy munosabatda yondasha oladigan o„qituvchi shakllanishi- ning muhim mexanizmini tashkil etadi.

O„qituvchilarni ta'limni tashkil etishga texnologik yondashishga tayyorlashning yo„nalishlarini shakllantirishga asos bo„ladigan omillarini o„rganib chiqdik.

Bizning fikrimizcha o„qituvchining o„z kasbiga munosabati va kasb mas'uliyati uning ta'limni tashkil etishga munosabatini belgilaydi. O„qituvchi pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi sohasidagi barcha bilimlarga ega bo„lishi, o„tmish va hozirgi zamon pedagoglarining hayoti va faoliyatiga qiziqishi, pedagogik texnologiyani barcha qonuniyatlarini bilishi ta'lim jarayonini ijodiy munosabatda yondoshuvi asosida tashkil etishga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo„lib hisoblanadi. Bularni bilish o„qituvchini o„zining amaliy faoliyatida ulardan ijodiy foydalanishga asos bo„lib xizmat qiladi. Ta'limni tashkil etish jarayonida ijobiy natijalarga erishgan o„qituvchi o„z kasbidan qoniqib, yana yangi-yangi ijodiy ishlarni qilishga intiladi. Biz Qarshi shahridagi 9-maktabda tadqiqot o„tkazgan o„qituvchilar kontingentidan o„z faoliyati jarayonida samarali natijalarga erishganligini aniqlash maqsadida bir necha savollar bilan murojaat qildik:



  1. Siz qachon o„zingizni “baxtli hayot kechirdim”, - deb hisoblaysiz?

  2. Ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatlaringiz nimaning natijasi deb o„ylaysiz?

v) Qanday holatda siz o„z kasbingiz sohasida qilayotgan ishlaringiz bekorga ketmagan deb hisoblaysiz?

g) Sizning fikringizcha pedagogik faoliyatdagi qanday holat “omadsiz” deb hisoblanadi?

(Savol-javobda 25 nafar boshlang'ich sinf o„qituvchisi qatnashdi) Javoblar tahlili 1.3.1.-jadvaldagi holatni ko„rsatib berdi.

      1. –jadval Boshlang'ich sinf o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga bergan baholari


Savollarga tegishli

javob bergan

soni kishilar

Javoblar


% hisobida

% hisobida

5

yilgacha


Tajribali o„qituvchilar


Mohir o„qituvchilar



Baxtli hayot kechirish egallagan kasbi tufayli erishgan muvaffaqiyat-lariga bog'liq. Bu faoliyat natijalari orqali shaxsning qanday hayot kechirilganligiga

baho berish mumkin



4,0


3,0


4,0


Baxtli hayot iqtisodiy ta'min-langanlik bilan belgilanadi, kasb esa unga erishish

vositasi hisoblanadi


3,0

3,0

1,0


Ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyat insonning tinimsiz izlanishi bilan belgilanadi, shundagina mehnatim bekor

ketmadi deb hisoblash mumkin.



2,0


3,0


5,0


Omadsizlik kasbiga befarqlik natijasi.

1,0

1,0

-

1.3.1.-jadval natijalariga ko„ra so„rovlarda qatnashganlarning ko„pchiligi hayotdagi muvaffaqiyatlarni kasbiga bo„lgan munosabat va iqtisodiy ta'minlanganlik bilan bog'laydilar.

O„qituvchilarning bir qismi kelajagini shaxsiy baxti bilan bog'lab, kasbga uni to„ldiruvchi vosita sifatida qaraydi. Ozchilik qismi esa kelajagini kasb faoliyati bilan bog'lamaydi.

Shundan bilish mumkinki, boshlang'ich sinf o„qituvchilarining ko„pchiligi kasbga oid faoliyatga befarq emaslar. O„z-o„zidan ko„rinib turibdiki, yuqoridagi savollarga javob bergan o„qituvchilari tinimsiz o„z ustilarida ishlashga intiladilar.

Yuqorida tahlil qilingan jadvallardagi ifodalangan natijalar shuni ko„rsatadiki, maktab o„qituvchilarining ko„pchilik qismi kasbga oid faoliyat inson hayotida eng muhim hisoblanishini ta'kidlab o„tib, kelajakdagi rejalarini shu faoliyatda erishiladigan yutuqlar bilan bog'laydilar.

Har qanday faoliyatning bahosi shu faoliyat sub'ektlarining bahosi bilan yanada aniqroq bo„ladi degan faraz bilan biz ta'lim jarayoni sub'ektlari bilan tadqiqot o„tkazishga harakat qildik. Buning uchun umumta'lim maktablarining 5-9 sinf o„quvchilari bilan turli mavzularda suhbat, anketa va insholar olish yo„li bilan ularning boshlang'ich sinfda o„qitgan o„qituvchilari haqidagi fikrlarini to„pladik va tahlil qildik. O„quvchilarning fikrlari 1.3.2.-jadvalda tasniflangan.

Bunday ma'lumotlarni to„plash o„quvchilarning o„qituvchiga bo„lgan talablarini aniqlashga yordam beradi.


      1. –jadval O„quvchilarning o„qituvchi sifatlarini baholashlari



O„quvchilarning o„qituvchilardagi yaxshi sifatlarni ajratib ko„rsatganligi

Javoblar soni

So„ralganlarga nisbatan foiz

hisobida


O„qituvchining shaxs sifatidagi xarakter xususiyati

84

12,9

Bilim darajasi, ijodkorligi, pedagoglik qobiliyati,

97

16,8

O„qituvchining axloqiy sifatlari

78

16,8

Ta'lim jarayonini qiziqarli tashkil etishi

59

12,3

Tarbiyaviy jarayonlarni qiziqarli boshqarishi va

tadbirlar tashkil etish ko„nikmasi,



56

11,9


O„qituvchi nutqining ravonligi va muomala odobi

65

14,1

O„qituvchining tashqi qiyofasi ya‟ni imidji

95

15,2

O„quvchilarning fikrlari boshlang'ich sinf o„qituvchilariga va tarbiyachilarga qo„yilgan aniq talablardan iborat edi. Biz o„quvchilarning o„qituvchiga uni inson sifatida axloqiy fazilatlari, ichki dunyosi, tarbiyasiga bo„lgan qiziqishlarining qanchalik oshganligini tadqiqotga jalb qilingan o„qituvchilarga tanishish uchun

berdik. Natijada ular o„qituvchilik mehnati ijodiy mehnat ekanligi, u qandaydir andozalarni yoqtirmasligi, o„qituvchi kecha bajarganlarini bugun mexanik takrorlashi mumkin emasligini tushunib yetdilar. O„qituvchi ijodkor bo„lishi uchun ma'lum bilimlar zahirasiga ega bo„lishi kerak. U ta'lim jarayoniga ijodiy yondashishi zarur. Oliy o„quv yurtlarida egallangan bilimlargina bu extiyojni qondira olmaydi. O„qituvchi tinimsiz o„z ustida ishlashi bilimlarini to„ldirib borishi va bugungi kun talabi bilan ishlashi zarur degan xulosaga keldik.

O„zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko„p asrlar davomida qo„llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o„ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o„tmishda ko„plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo„lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

O„zbek xalqining ulug' allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo„llari va vositalari haqida tushunchalar berilgan bo„lib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to„xtalib o„tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yo„llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o„rgatishni ta'kidlab o„tgan. «Maqsad gapni cho„zish emas, balki o„quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O„quvchi fandan-fanga o„tib tursa, turli bog'larda yurganga o„xshaydi. Birini ko„rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o„ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko„rishga qiziqadi va ko„zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi».14

E'tibor qilinsa ajdodlarimiz merosida ta'limda qiziqib o„rganishga katta e'tibor qaratiladi (motiv), shuningdek, ta'limni tashkil etish mahorati o„rganishning asosiy sharti sifatida keltirilgan.

Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkinki o„tmishda ham ta'lim jarayonida motivlar asosida bolalarni qiziqtirib o„qitishga katta e'tibor qaratilgan.



14 Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Toshkent 1968. 106-107 b

Tadqiqotimiz avvalida boshlang'ich sinf o„qituvchilarining unumli va pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv asosida ishlashining ancha taraqqiy etgan shakllari haqida ma'lumotga ega bo„lish lozim edi. Faqat shundagina bo‟lajak o‟qituvchilarda pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish ko‟nikmalarini shakllantirish hamda pedagogik mahoratni rivojlantirishning samarali yo„llarini aniqlash mumkin. Shuning uchun ham darslariga ijodiy munosabat yondoshuvi asosida ishlaydigan o„qituvchilarning faoliyati sir-asrorlarini o„rganish zarur. Biz bu faoliyatning qay darajada samaradorligini taqqoslash, tahlil qilish orqali aniqlashga harakat qildik. Bizning fikrimizcha darslarga ijodiy yondoshuv asosida tashkil qiladigan o‟qituvchining pedagogik mahoratni o„rganishda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:

Birinchisi: darslarni ijodiy munosabatda tashkillashtirish asosida faoliyat ko„rsatayotgan boshlang'ich sinf o„qituvchilari kontingentining samarali ishlash sirlarini o„rganib chiqish.

Ikkinchisi: boshlang'ich sinf o„qituvchilarining darslarga ijodiy yondoshuv faolligini oshirish va aksincha, unga to„sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, pedagogik faoliyatga ijodiy munosabatni texnologik yondoshuv asosida ishlashning yanada samaraliroq yo„llarini izlash. Mazkur masalalar bo„yicha to„plangan axborotlar boshlang'ich sinf o„qituvchisi pedagogik faoliyatini ijodiy munosabat ementlari bilan boyitishda va uning samarali bo„lishiga yordam beradigan bir qator chora-tadbirlarni belgilab olishga yordam beradi.

Uchinchisi, tajribali o„qituvchilarning pedagogik faoliyatiga ijodiy va texnologik yondoshuv asosida ishlash sirlarining o„ziga xosligi, tuzilishidagi farqlari va xarakter xususiyatlarini chuqur o„rganish. Buni bilish o„qituvchining pedagoglik faoliyatiga ijodiy munosabat asosida yondoshuv faoliyatining motivli asosini “tasvirlab” berishga, uni o„z etaloni sifatida qabul qilishga, o„qituvchi kasbiga qiziqishning o„quv yurtidagi rivojlanish jarayonini bilish, yosh kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklarni ko„rish, ularning amaliyotini to„g'ri yo„lga yo„naltirishga yordam beradi.

Tekshirishning bu uch asosi pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv motivlarining butun ko„rinishini tasvirlab beradi. Shuningdek, o„rganilgan

ma'lumotlar o„qituvchini pedagoglik faoliyatga ijodiy yondoshuv faoliyatiga undaydigan kuch va shu harakatning rivojlanish yoki orqada qolish sabablarini aniqlashga asos bo„la oladi.

Biz tadqiqotimiz davomida ushbu masalalarni yoritishga asos bo„ladigan hujjatlarni to„plashga muvaffaq bo„ldik. O„rganish jarayonida kuzatish, anketa, suhbat va tajriba-sinov metodlari qo„llanildi. Bizni qiziqtirgan ushbu tadqiqot ishlarida Qarshi shahridagi 9-maktabning 83 nafar o„qituvchi qatnashdi. Tadqiqotlarimizda qatnashganlar kontingentini uch guruhga bo„ldik: pedagogik mohir o„qituvchilar (22 kishi), 15 yilgacha stajga ega bo„lgan tajribali o„qituvchilar (24 kishi) va 5 yilgacha stajga ega o„qituvchilar (37 kishi). Mohir o„qituvchilar guruhi ekspert metodi orqali tanlab olindi.

Ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida tashkil eta olgan boshlang'ich sinf o„qituvchilari kontingentini o„rganishni biz hozirgi zamon o„qituvchisi faoliyatida ijodiy munosabatda yondoshuv elementlari mavjudmi yoki mavjud emasmi degan savolga javob izlashdan boshladik. Bu o„rinda biz masalani ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarga ajratdik: o„qituvchi o„z faoliyatini ijodiy yani texnologik yondoshuv asosida tashkil etilgan deb hisoblaydi (yoki aksincha, tashkil etilmagan deb hisoblaydi), ayni paytda bu faoliyat mutloq qarama-qarshi xarakterga ega bo„ladi. Bu holatni aniqlashdan maqsad o„qituvchi o„z harakati haqida noto„g'ri va salbiy xulosalar chiqarmasligi, balki faoliyatni yaxshi yo„lga qo„yishning yangi va samarali imkoniyatlarini izlash kerakligini tushunishdir.

1.3.3-jadvalda boshlang'ich sinf o„qituvchilarining o„z pedagogik faoliyatlaridagi ijodiy munosabatda yondoshuv elementlari mavjudligiga bo„lgan munosabatlarining sub'ektiv holati tasvirlangan.

1.3.3-jadval

Boshlang'ich sinf o„qituvchilarining o„z pedagogik faoliyatlaridagi ijodiy munosabat elementlari mavjudligiga bo„lgan munosabatlari


O„qituvchilar kategoriyasi

Javoblar soni foiz hisobida


Javoblar


Pedagogik faoliyatda kam darajadagi5 yil-gacha

O„rta darajadagi o„qituvchi



Yuqori darajadagi mohir o„qituvchilar

Ijodiy yondoshuv (pedagogik texnalogiya- lardan, interaktiv metodlar)dan foydalanish asosida ishlayman

35,0

26,0

50,0


Ijodiy yondoshuv (pedagogik texnalogiya- lardan, interaktiv metodlar)dan foydalanish asosida ishlayman shekilli

36,0

41,0

25,0


Qancha intilsam ham ijodiy yondoshuv asosida ishlashni uddasidan chiqmayapman

18,0

15,0

15,0

O„ylashimcha ijodiy yondoshuv asosida ishlay olmayman

4,0

11,0

5,0

Bu savolga javob berishga qiynalaman

7,0

7,0

5,0

.

1.3.3-jadvaldan ko„rinib turibdiki, 5 yillik stajga ega bo„lgan o„qituvchilarning ko„pchiligi faoliyatlarida ijodiy yondoshuvga intiladilar. Yosh o„qituvchilarning bazilari o„z ishlarini baholashni bilmaganliklari sababli yuqoridagi savollarga javob berishga qiynaldilar. Lekin mustaqillik yillarda ta'limga berilayotgan e'tibor tufayli oliy o„quv yurtlari o„quv rejasiga kiritilgan”Boshlang‟ich ta‟limda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar”,”Boshlang‟ich ta‟limni o‟qitishda innavatsion pedagogik texnologiyalar” kursi ularni darsarni ijodiy asosda tashkil etishlarida va ishlashga asos bo„layotganini ko„pchilik yosh o„qituvchilar e'tirof etdilar. 5 yildan 15 yilgacha mehnat stajiga ega bo„lgan tajribali o„qituvchilar guruhining javoblari birmuncha o„zgacha. Bu toifadagi pedagoglar ancha aniqroq




javob berganlar. Bularning orasida o„z faoliyatini baholay olmaganlar ozchilikni tashkil etadi. Bu guruh javoblarida qarama-qarshilik ko„zga tashlanadi. Ular yoki o„z mehnatlarini ijodiy yondoshuv asosida tashkil qilingan deb hisoblaydilar, yoki kelajakda ijodiy munosabatda yondoshuv asosida ishlash imkoniyatlariga umidsizlik bilan qaraydilar.

Uchinchi toifaga mansub pedagoglar mohir o„qituvchilar guruhini tashkil etadi. Ularning ko„pchiligi, asosan, o„z faoliyatlarini aniq baholay oladilar. Ushbu dalillarni ekspertlar (maktab direktori, tuman metodisti, jamoa fikri va shaxsiy kuzatishlarimiz) xuddi shu o„qituvchilarning faoliyatiga bergan baholariga asoslanib taqqoslaymiz.

Taqqoslash haqidagi ma'lumotlar 1.3. 4 - jadvalida berilgan.

1.3.4-jadval tahlilidan ko„rib turibmizki, ko„pchilik yosh o„qituvchilarning pedagogik faoliyati ijodiy munosabat ya‟ni texnologik yondoshuv faoliyati sifatida emas, balki unga intilish, faoliyatga yangicha yondoshuv yo„llari ustida izlanish deb baholanadi. Ijobiy baholar va o‟qituvchini pedagogic faoliyatiga ijodiy munosabatda yondoshuv asosida ishlay olmaydi deb baholaganlar soni ozchilikni tashkil etadi.



1.3.4-jadvalEkspertlarning fikriga ko„ra o„qituvchilar faoliyatida Ijodiy munosabatda yondoshuv xususiyatlari

O„qituvchilar toifasi, mehnat staji

Baholar


Baholar soni foiz hisobida

5yil

gacha


15yil-

gacha


Mohir

o„qituvchilar



Shubhasiz ijodiy munosabat(pedagogik texnalogiyalardan,.interaktiv metodlar)dan

foydalanish asosida ishlaydi


14,0

16,0

48,0


Umuman aytganda ijodiy munosabat

(pedagogik texnalogiyalardan,.interaktiv metodlar)dan foydalanish asosida ishlaydi


12,0

27,0

27,0


Ijod texnalogik yondoshuv asosida ishlashga

harakat qiladi, lekin har doim ham ishi ijodiy yondoshuv asosida chiqmaydi


40,0

24,0

20,0


O„ylashimcha ijodiy munosabat (pedagogik texnalogiyalardan,.interaktiv metodlar)da

yondoshuv asosida ishlay olmaydi


11,0

18,0

3,0


Baho berishga qiynalaman

23,0

15,0

2,0

Mohir o„qituvchilarga baho berish bir oz murakkabroq kechdi. Hattoki ekspertlar ham o„qituvchi faoliyatining haqiqiy xususiyatlarini aniqlashga qiynaldilar. Bu faoliyatning bir vaqtning o„zida ham pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv asosida emasligini aniqlash murakkabdir. (15,2 %) Ekspertlarning fikricha, mohir o„qituvchilar ikki guruhga bo„linadi: bular pedagogik faoliyatida ijodiy yondoshuv elementlari mavjud bo„lgan o„qituvchilar va shuni qat'iy ta'kidlab o„tish kerakki, o„qituvchilik kasbini noto„g'ri tanlagan, ushbu mehnat turiga xohishi, qiziqishi, qobiliyati bo„lmagan va faoliyati ochiqdan-ochiq reproduktiv xarakterga ega bo„lgan o„qituvchilar.

Pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv mahoratiga ega bo„lgan o„qituvchilar faoliyatini baholashda, shubhasiz ijobiy tavsif ustun bo„ladi.

1.3.3- va 1.3.4 - jadvallarni taqqoslash natijasi o„qituvchilarning o„z faoliyatlariga baho berishlaridagi sub'ektiv fikrlari ko„rib chiqilayotgan mazkur masala bo„yicha ob'ektiv holatni aks ettiradi. Bu ko„rinish yosh o„qituvchining amaliy malakasi yetishmasada,pedagogik faoliyatiga ijodiy yondoshuv asosida ishlashga intilishidan, tajribali o„qituvchining o„z qiziqishi va imkoniyatlarini baholashda, ko„p yillik faoliyat tajribasiga asoslanishida, mohir o„qituvchining pedagogik faoliyatida ijodiy yondoshuv asosida ishlash uchun intilishi, malakasi va kasbiga nisbatan qiziqishi tufayli yuzaga keldi.

Respondent o„qituvchilarning pedagogik faoliyatida ijodiy yondoshuvni tushunishi 1.3.5- jadvalda aks ettirilgan.1.3.5-jadval


Download 346,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish