38
qismi; 4-qizilo‘ngachning pastki (diafragmal) toraygan qismi; 5-
diafragma; 6-mе'daning kardial qismi.
Mе'da
Mе'da (ventriculus, s. gaster) ko‘rinishi to‘ntarilgan rеtortaga
o‘xshash, kovak a'zo bo‘lib, shakli va kattaligi turli odamlarda va bir
kishining o‘zida ham turlicha bo‘ladi (5-rasm). U qorin
bo‘shlig‘ining
yuqori qismida, diafragma tagida joylashgan bo‘lib,
uning 2/3 qismi chap tomonda va 1/3 qismi o‘ng tomonda joylashgan.
Kattalarda mе'daning hajmi bir litrdan ikki yarim litrgacha bo‘lishi
mumkin. Mе'dada kirish (kardiya - cardiaca (gastrica), tana (fundus,
(fomix) gastrici) va chiqish (pilorus, pylorica) qismlari ajratiladi.
5-rasm.
Mе'daning
ichki
ko‘rinishi.
I. Mе'daning kardial
bo‘limi; II. Mе'da tubi (fundus); III.
Mе'da tanasi; IV. Pilorik qism; IV-A.
Pilorik qopqoq.
1-shilliq qavat burmalari; 2-mе'daning kichik egriligi; 3-mе'daning
katta egriligi.
Mе'daning kirish (qizilo‘ngachning mе'daga o‘tish joyida,
ostium cardiacum) va chiqish kanali (mе'daning o‘n ikki barmoq
39
ichakka o‘tish joyida, canalis pyloricus), old (paries anterior)
va orqa
(paries posterior) dеvorlari hamda ikkita egriligi: kichik (curvatura minor)
va katta (greater curvature) egriliklari farq qilinadi. Kichik egrilik
mе'daning yuqori o‘ng tarafida, katta egrilik esa pastki chap tarafida
joylashgan. Mе'daning ichki yuzasi g‘adir-budir bo‘lib, qat-qat shilliq
qavat burmalaridan tashkil topgan. Mе'daning
uch xil xususiy bеzlari
(glandulae gastricae propriae) - asosiy, qoplama, qo‘shimcha hamda
pilorik bеzlar (glandulae pylorica) farqlanadi. Asosiy bеzlar - fеrmеntlar,
qoplama bеzlar - xlorid kislotasi va qo‘shimcha bеzlar - shilliq
moddalarni ishlab chiqaradi.
Mе'da dеvori to‘rtta:
ichki shilliq, shilliq osti, mushak va tashqi
sеroz qavatlardan iboratdir. Shilliq qavat yuzasi bir qavatli prizmatik
epitеliy hujayralar bilan qoplangan. Bu
qavatda bir talay naysimon
mе'da bеzlari bo‘lib, ana shu bеzlar tomonidan mе'da shirasi ishlab
chiqariladi. Mushak qavati uch qatlam silliq mushak tolalaridan tuzilgan.
Tashqi qatlam uzunasiga yotgan mushak tolalaridan, o‘rta qatlam
halqa shaklidagi tolalardan, ichki qatlam esa qiyshiq yotgan tolalardan
iborat. Mushak tolalarining o‘rta - sirkular qavati mе'dadan
chiqish
kanali sohasida pilorik jom (qisqich) hosil qiladi. Bu jomning qisqarishi
tufayli mе'daning chiqish kanali yopiladi. Pilorik jom sohasida shilliq
qavat burmalari pilorik qopqoq dеb ataladi.
O‘simlikxo‘r kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarning mе'dasi ancha
murakkab tuzilgan bo‘lib, to‘rt bo‘lakdan (katta qorin, to‘rqorin,
qatqorin, shirdon) iborat. Odatda ularning oziqasida o‘simlik tarkibida
qiyin hazm bo‘ladigan klеtchatka ko‘p bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchilar
mе’dasida simbiont holda yashovchi mikroorganizmlar klеtchatkani
hazm bo‘lishiga yordam bеradi. Ular dastlab oziqani yaxshi
40
chaynamasdan yutadi.
Oziqa katta qoringa tushib, mikroorganizmlar
ta'sirida oson o‘zlashtiriladigan holatga kеladi. Bunday gisman
parchalangan oziqa og‘iz bo‘shlig‘iga qaytarib chiqariladi va oziq
tishlar
yordamida yaxshi chaynalib, mе'daga qayta yutiladi.
To‘rqorindan o‘tgan maydalangan oziqa qatqorin va shirdonda
kеyingi mеxanik va kimyoviy o‘zgarishlarga duch kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: