Asboblar bilan ta’minlash ombori
Dastgohchilarni asbob va moslamalar bilan ta’minlab beradigan tsexning bir bo’limi hisoblanadi.
100–125 dastgoh bor joyga bir asboblar ombori to’g’ri keladi.
Asboblar bilan ta’minlash omborini hisoblash uchun misol:
1) Asboblar bilan ta’minlash omborini maydonini topamiz, nisbiy maydon yyordamida
2) Moslamalar bilan ta’minlash omborini maydonini topamiz, nisbiy maydon yyordamida
3) asboblar omborini umumiy maydoni
7 - AMAliy MASHG’ULOT
Mexanik yig’uv tsexini maydonini aniqlash (2 soat)
Ishning maqsadi: Mexanik yig’uv tsexini va bo’limlarini ishlab chiqarish maydonini hisoblash metodikasi bilan tanishish. Mexanik yig’uv bo’limi binosini kengligi va uzunligini aniqlash.
Topshiriq:
Mexanik yiig’uv bo’limini umumiy maydonnini aniqlash.
Mexanik yig’uv bo’limini ishlab chiqarish maydonini aniqlash.
Nazariy qism
Tsexlarning maydoni bajaradigan vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xizmat maydoniga bo’linadi.
Ishlab chiqarish maydoni- bu maydonga ishlab chiqarish ishchi o’rni va jihozlari bilan band bo’lgan joy, verstaklar, stendlar, bundan tashqari chilangarlik ishlarini bajarish joyi, ustalar va nazoratchilarni yig’ish va yordamchi ishlab chiqarishlarni bajarish joyi, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalari, operatsiyalar orasidagi transport, tayyorlamalar ombori, yo’lak va dastgohlar orasidagi masofalar (bunga asosiy magistral yo’lni hisobga olinmaydi)
Yordamchi maydon- bu maydonga yordamchi xarakterdagi ishlar bajariladigan maydonlar (ta’mirlash va asboblar xizmati, laboratorya, omborlar) bundan tashqari tsexlar aro magistrallar ham kiradi.
Maishiy xizmat maydoni- bunga ma’muriy boshqaruv va jamoatchilik bo’limlari, sanitar gigienik xarakterdagi obyektlar, umumiy ovqatlanish joylari kiradi.
Tsexningumumiy maydoni ishlab chiqarish va yordamchi bo’limlarni yig’indisi bo’lib unga maishiy xizmat bo’limlari hisoblanmaydi.
Tsexning asosiy maydoni va bo’limlarni alohida maydonlarini hisoblashda asosiy ko’rsatkich bu nisbiy maydondir. Nisbiy maydon bu bir jihoz va bir ishchi o’rni uchun ajratilgan maydondir.:
Shu ko’rsatkich yordamida biz tsexning ishlab chiqarish maydonini to’g’ri hisoblash mumkin. Dastgohlarni juda zich joylashtirish bizga quyidagi kamchiliklarni keltirib chiqaradi, ishchi harakatlanishiga qiyinchilik, xavfsizlikni kamaytiradi, yoritishni susaytiradi, buni natijasida mehnat unumdorligi keskin pasayadi. Siyrak joylashtirish ham o’znav batida ishchi maydonga ko’p sarfga olib keladi
Umumiy nisbiy maydonga quyidagi yordamchi maydonlar kiradi, asboblar ombori, moslamalar, abrazivlar, TNB xonalari, metallarni oraliq omborlari, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar binolari. SMS (sovutish moylash suyuqliklari) suyuqligini tayyorlash, yig’ish va regeneratsiyalash maydonchalari, qirindini qaytaishlash, ta’mirlash ustaxonasi, moslamalar va charxlash bo’limlari nisbiy tsex maydonga kirmaydi.
Foydalaniladigan jihoz va transport vositalarini gabarit o’lchamlariga mos ravishda yo’laklar o’lchami va nisbiy maydonlar quyidagicha qabul qilingan.
Kichik dastgohlar uchun gabaritlari 1800800 gacha Ssol..=10…12 m2;
o’rtacha bo’lgan dastgohlar uchun gabaritlari 40002000gacha
Do'stlaringiz bilan baham: |