So`roqqa javob bo`lmaydigan, gap bo`lagi vazifasini bajara olmaydigan so`zlar yordamchi so`zlar deyiladi. Bularga ko`makchi, bog`lovchi va yuklama kiradi. Yordamchi so`zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so'zlar bilan qo`shimchalar oralig`ida turadi.
Ko`makchi
Ot va otlashgan so`zlardan keyin kelib, ularni boshqa so`zlarga tobelanish yo`li bilan bo`g`laydigan yordamchi so`zlar ko`makchi deyiladi. Ko`makchi qaysi so`zdan keyin kelsa, o`sha so`z bilan birgalikda noir so`roqqa javob bo`lib, bir xil gap bo`lagi vazifasini bajaradi. Ko`makchilar morfoflogik jihatdan o`zgarmaydi, tuslanmaydi. Hozirgi o`zbek tilida ularning ikki xil ko`rinishi mavjud.
1. Sof ko`makchilar - lug`aviy ma`nolarini butunlay yo`qotib, vazifa jihatidan kelishik qo`shimchalariga yaqin turadigan so`zlardir: uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig`.Bunday ko`makchilarurg`u olmaydi, urg`u ko`makchidan oldingi so`zning oxirgi bo`g`iniga
tushadi.
2. Vazifadosh ko`makchilar - ko`makchi vazifasida qo`llanuvchi so'zlar gapda o`rni bilan mustaqil so`z, o`rni bilan ko`makchi bo`lib keladi. Bularquyidagi so`z turkumlaridan ko`makchilarga ko`chadi:
a) Ot turkumidan: tomon, tashqari, bo`yi, chamasi, holda, yo`sinda;
b) Sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog'li, doir, muvofiq, o`zga, boshqa;
c) Fe`ldan: qarab, qaraganda, ko`ra, tortib, degan, deydigan, o'sha, bo`ylab, yarasha, qaramasdan qaramay, qarata;
d) Ravishdan: avval, so`ng, keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoan.
Yana quyidagi turlari ham bor
3. Ayrim ko`makchilar bog`lovchi vazifasini ham bajaradi. Bunday so`zlar ko`makchi-bog'lovchilar deb yuritiladi: bilan, deb, deya. Masalan: saftar bilan qalam; Umrim shirin o`tsin deb (deya), u ko`p mehnat qildi.
4. Bulardan tashqari, o`z luga`viy ma`nolarini saqlagan holda ko`makchi o`rnida kelib, harakat bilan predmet o`rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so`zlar ham bor. Bu so`zlar o`rin-payt, chiqish va egalik qo`shimchalarini qabul qiladi. Bunday so`zlar ko`makchi otlar deb ataladi: old, o`rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o`rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so`zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so`zdan keyinkelgandagina ko`makchi ot hisoblanadi. Aks holda, ular o`rin otlari hisoblanadi: ish ustida, siqig`i ostida. Ko`makchi otlarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
1) vertical yo`nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag;
2) gorizantal yo`nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;
3) aralash yo`nalishni bildiruvchi: o`rta, ora, bosh.
Ko`makchilarning qo`llanilishi va ma`nolari
1. Bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanuvchi ko`makchilar:
1) Bilan ko`makchisi birgalik, vosita, tez boshlanish, payt, ish-harakat obyekti, holat, maqsad ma`nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalambilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Naxtiyorlik bilan jilmaydi.
2) Uchun- ko`makchisi maqsad, sanan, atsh, evaz, ma`nolarini bildiradi:Bloalar uchun quishdi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
3) Kabi, singari, yanglig` (ba`zan misoli so`zi) ko`makchilari o`xshatish, qiyoslash ma`nolariniifodalaydi:Shamol kabi yeldi. Cho`l singari bepoyon. Oy yanglig` chiroyli.
4) Sayin ko`makchisi payt, izchillik, davomiylik ma`nolarini ifodalaydi: Sovuq kun sayin kuchaydi.
5) Sari, yoqalab ko`makchi lari yo`nalish manosini ifodalaydi: Dala sari ketdi. Daryo yoqalab yurdi.
6) Sababli, tufayli ko`makchilari aloqadorlik, sabab, ma`nosini ifodalaydi: Chaqirilmaganligi sababli kelmadi.
Orqali ko`makchisi vosita ma`nosini, chog`li,chamasi ko`makchilari chama, taxmin ma`nolarini, osha, bo`ylab ko`makchilari makon bo`ylab
sodir no`lish ma`nosini, bo`yicha ko`makchisi moslik ma`nosini, uzra ko`makchisi biror sath bo`lab sodir bo`lish manosini, ichra ko`makchisi birorpredmetning ichida sodir bo`lish ma`nosini, degan ko`makchisi atadh ma`nosini, bo`yi ko`makchisi davomiylik ma`nosini, haqida (to`g`risida)ko`makchilari fikr qaratilgan predmet ma`nosini, holda (yo`sinda) ko`makchilari holat ma`nolarni ifodalaydi:Pochta orqali jo`natdi. O`nchogli odam to`plandi. Asrlar osha yetib keldi. Ariq yoqalab yurishdi. Urush haqida so`zladi.
2. Jo`nalish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchilar:
Tomon ko`makchisi yo`nalish ma`nosini, qadar ko`makchisi chegara ma`nosini, ko`ra ko`makchisi sabab,ta`kidlash, qiyoslash ma`nolarini, qarshiko`makchisi zidlik ma`nosini qarab, qarata ko`makchisi yo`nalish,o`lchov ma`nolarini, qaraganda ko`makchisi ta`kidlash, qiyoslash manolarini,qaramasdan, qaramay ko`makchilari to`siqsizlik ma`nosini, yarasha ko`makchi moslik ma`nosini, doir ko`makchisi aloqadorlik ma`nosini, asosan,binoan, muvofiq ko`makchilari tayanch ma`nosini ifodalaydi:Uy tomon ketdi. Kechga qadar kutin o`tirdi. Uning topshirig`iga ko`ra yetib kelishdi. Bilimiga qarb baho qo`yiladi. Uning qarshiligiga qaramay vazifa bajarildi. Shu fikrga asosanqaror qilshdi. Odamlarga qarata nutq so`zladi.
3. Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchilar:
So`ng, avval, keyin, burun, ilgari ko`makchilari payt ma`nolarini, boshqa, tashqari, o`zga, bo`lak ko`makchilari mustasnolik ma`nosini, beri, buyonko`makchilari payt ma`nosini, nari ko`makchisi ish-harakatning chegarasi manosini, boshlab, tortib ko`makchilari boshlanish vaqt,nuqta ma`nolarini ifodalaydi:Uch yildan keyin paydo bo`ldi. Sendan boshqa hech kimi yo`q. Shu kundan boshlab ishga kirishamiz.
4. Qaratqich kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchilar:
Ko`pchilik ko`makchi otlar shu kelishikdagi so`zlar bilan qollanadi:Uy oldida to`xtadi. Bog` ichiga kirib ketdi. Devor orasida qolib ketdi. Ko`cha o`rtsida qolib kelayapti. Ko`prik boshidagi kutib turibdi.
Ko`makchilar sinonimiyasi
Kabi → singari,
Sari →t omon,
Sari → sayin,
Orqali → bilan,
Qarab → tomon,
Qarab → yarasha ,
Binoan → ko`ra,
binoan → asosan,
Kelishik qo`shimchalari va ko`makchilar sinonimiyasi
Kelishik qo`shimchalari o`zaro yoki ko`makchilar bilan sinonim bo`lishi mumkin. Bu holda, albatta, ma`noda farq bo`ladi. Masalan:kitobni siz uchunoldim- kitobni sizga oldim/ Choyni piyolada ichdi- choyni piyola bilan ichdi. Tong bilan safarga jo`naymiz- tongda safarga jo`naymiz.
|