1 - Amaliy MASHG’ULOT
Mavzu: Mashinasozlik tsexini tarkibi va tuzilishini o’rganish.(2 soat)
Ishdan maqsad. Mashinasozlik tsexini tarkibi va tuzilishini o’rganish. Mashinasozlik zavodini asosiy tsexlarini vazifalarini o’rganish
Topshiriq:
Mashinasozlik tsexini tarkibi bilan tanishish.
Mashinasozlik tsexini tuzilishi bilan tanishish
Mashinasozlik zavodini asosiy tsexlarini vazifalarini o’rganish.
Mashinasozlik zavodini boshqaruv tuzulishini o’rganish
Nazariy ma’lumotlar
Barcha tsexlar va qurilmalarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy mashinasozlik korxonalarining vazifasi va tavsifi bo‘yicha ularni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Korxona tarkibi uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti hajmi, texnologik jarayon tavsifi, mahsulot sifatiga qo‘yilgan talab va boshqa ishlab chiqarish omillariga asosan aniqlanadi.
Loyihalanayotgan korxona kooperatsiya tartibida quymalarni chetdan, ya'ni boshqa korxonadan olsa, u holda uning tarkibida quyish tsexi bo‘lmaydi. Masalan, ayrim dastgohsozlik korxonalari quymalarni maxsuslashgan korxonalardan oladi.
Agar loyihalanayotgan korxonada yirik bolg‘alangan zagotovkalar tayyorlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, yirik bolg‘alangan zagotovkalarni boshqa korxonadan olib kelinsa, u holda temirchilik tsexi faqat mayda detallar uchun, ya'ni ta'mirlashishlari uchun loyihalanadi.
Ko‘pchilik hollarda korxonalar tarkibida quyish, temirchilik, shtamplash tsexlari va mahkamlash mahsulotlari tayyorlovchi (bolt, gayka, shpilka, shayba, zirx) tsexlar bo‘lmaydi. Ushbu mahsulotlar kooperatsiya tartibida yetkazib beriladi. Undan tashqari ommaviy ishlab chiqarish korxonalari ko‘pchilik uzel va agregatlarni ham tayyor holda kooperatsiya tartibida oladi. Masalan, traktor ishlab chiqarish korxonalari tayyor dvigatellar va agregatlarni boshqa korxonadan oladi.
Tarkibi va ishlab chiqarish sikli bosqichiga qarab mashinasozlik korxonalari quyidagi 3 turga bo‘linadi.
Birinchi turga - to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan, mashinani tayyorlashning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan korxonalar kiradi. Bunday korxonalarda barcha asosiy guruhdagi tsexlar, ya'ni tayyorlov, ishlov beruvchi va yig‘uv tsexlari mavjud bo‘ladi.
Ikkinchi turga- mashinalarni ishlab chiqarish uchun faqat zagotovkalar tayyorlaydigan korxonalar kiradi, ya'ni quyma, bolg‘alangan zagotovka, shtampovkalar bilan boshqa korxonalarni ta'minlaydi. Bunday korxonalarning yirik quyish va temirchilik tsexlari korxonaning asosiy tsexlari bo‘lib hisoblanadi. Bu korxonalarda tayyorlangan zagotovkalarga qisman mexanik ishlov ham beriladi, ya'ni nuqsonni aniqlash uchun sirtlar tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |