Odam va hayvonlarda uchraydigan antimikrob moddalar: lizotsim, eritrin, ekmolin.
Antimikrob ta’siriga ega bo’lgan moddalar qatoriga lizosim, eritrin, eklеolin va intеrfеron kiradi. V.D.Timakov bu moddalarni tanani ixtisoslashmagan himoya omillari qatoriga qo’shadi.
Lizotsim fermenti-kimyoviy jihatdan atsetilmuramidaza bo‘lib, asosan organizmda suyuqliklarda uchrab, ko‘z yoshida, so’lak tarkibida, balg‘amda, qonda, ko‘krak sutida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ko‘z konyunktivi (ko‘z jildi), og‘iz, burun shilliq pardalarida lizotsim modda bo‘lganligi sababli ulardagi jarohatlar ma’lum darajada tez tuzaladi. Shuningdek, siydik, prostata suyuqligi, turli xil to‘qimalarning suyuqliklari ham bakteriotsid xossaga ega. Yuqorida aytib o‘tilgan komponentlar himoya omillarining barchasi emas. Ular orasida asosiysi antitelo immunoglobulin hisoblanadi. Lizotsim grammusbat bakteriyalar devoridagi peptidoglikan polisaxaridini disaxaridlargacha parchalab, bakteriyalarning hujayra devorini eritib yuboradi. Grammanfiy bakteriyalarning hujayra devoridagi peptidoglikan polisaxaridi hujayra devorining ichki qobig‘ida joylashganligi uchun Lizotsim fermenti bu bakteriyalarga kuchli ta’sir eta olmaydi. Lizotsimga viruslar ham inert hisoblanadi.
Lizotsimni birinchi bo‘lib rus olimi I.L.Lashenkov (1909) tovuq tuxumining oqsilida aniqlagan. Keyinchalik lizotsim to‘qimalaridan ajratib olingan antimikrob moddalarda, sutda, ko‘z yoshlarida, so‘lak va turli a’zolarning to‘qimalari (buyrak, taloq, jigar)da aniqlagan. U organizmning tabiiy himoya omili hisoblanib, patogen saprofit mikroorganizmlarda bakteriologik (bakteriyalarni erituvchi) ta’sir ko‘rsatadi. Uni ko‘z va teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Ekmolin Z.B. Yermolyeva tomonidan baliq to‘qimalaridan ajratib olingan. U penitsillin (ekmonovotsillin) bilan birga qo‘llaniladi, bu ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Intеrfеron-organizm xujayralarining viruslar ta’siri ostida ajratadigan tabiiy himoya omilidir. U kеng ko’lamda antiviruslik xususiyatiga ega. Uning ta’sir etish mеxanizmi nuklеin kislotalarning sintеziga qarshilik qilishdir. Intеrfеron inson lеykosidlaridan ajratib olinib, gripp, yuqori nafas yo’llarining virusli kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Interferon ko‘pchilikda alohida qiziqish uyg‘otdi. U virus to‘qimalari ta’sirida organizm hujayralarida hosil bo‘ladi va viruslarni bo‘linib ko‘payishidan tabiiy himoya qiladigan omil hisoblanadi. Interferon Ayzeks va Lindemanlar tomonidan 1957-yilda ochilgan, keng spektrda viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega. Interferonning ta’sir etish mexanizmi o‘rganilganda aniqlanishicha, u ko‘pgina viruslarning nuklein kislotasi sinteziga ta’sir ko‘rsatadi va ularning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Interferon spetsifik ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega, ya’ni odam interferoni hayvon organizmidagi viruslarga ta’sir ko‘rsatmaydi. U odam leykotsitidan ajratib olinadi va uni IF , deb belgilanadi. Gripp va boshqa virus respirator kasalliklarining oldini olishda va davolashda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda interferon yangi hosil bo‘ladigan o‘smalarga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |