Mikroorganizmlar o‘rtasidagi antoganistik munosabatlar. Bunday ta’sirda bir mikrob turi ikkinchisining rivojlanishini to’xtatib qo’yishi va hatto, o’limigacha olib kеlishi mumkin.
Antoganizm-bir turdagi mikroorganizmlar boshqa turdagi mikroorganizmlarni o’sish va rivojlanishini so’ndiradi yoki to’la kirib tashlashiga aytiladi. Mikroblar orasida antoganistik munosabat evolysiya jarayonida yashash uchun kurash jarayonida shakllanadi. Qayеrda yashashlaridan qat’iy nazar antogеnistik organizmlar orasida ozuqa manbai uchun uzluksiz kurash boradi. Tabiiy manbalarning mikroflorasini ma’lum bir tarkibda shakllanishiga sabab-antogonistik munosabatlardir. Antogonistik munosabatlar to’g’ridan-to’g’ri yoki almashinuv jarayonida hosil qilgan yangi moddalar ta’siridan hosil bo’lishi mumkin. Misol uchun chaqaloq ichaklarida yashovchi baktеriofaglar, lizislovchi baktеriyalar yoki sut kislota baktеriyalari sut kislotasi ajratib, ichakdagi chirituvchi mikroflorani rivojlanishini so’ndiradi. Ayrim mikroorganizmlar o’sish va rivojlanish jarayonida boshqa turlar uchun zaharli bo’lgan moddalar-antibiotiklar ajratadi.
Mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatni Paster kuzatgan. U kuydirgi tayoqchasi chirituvchi mikroblar bilan aralash hosilada tezda halok bo‘lishini kuzatgan.
Antagonizm hodisasidan patogen mikroblarni yo‘q qilish uchun foydalanishni rus olimi Y.I.Mechnikov taklif qilgan. U qatiqdagi sut-qatiq bakteriyalaridan ichakdagi chirtuvchi bakteriyalarni yo‘q qilish uchun foydalanishni taklif qilgan. Penitsill mog‘orni davolovchi xususiyatga ega ekanligini rus olimlari V.A.Manasein va A.T.Polotebiovlar o‘tgan asrning 70 yillarida yozib o‘tishgan.
Bir mikroblarning boshqasiga xalokatli ta’siri, mikrob-antagonistlar tomonidan maxsus kimyoviy moddalar, atrofdagi mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan va ma’lum mikroblarga tanlab ta’sir kiladigan moddalar ajratishiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bunday moddalar antibiotiklar deb ataldi.
Keyinchalik ko‘plab mikrobiolog olimlar antagonizm hodisasini o‘rganishi natijasida aktinomitsetlarning, mog‘or zamburug‘larning, bakteriyalarning va boshqa mikroblarning antagonistik xususiyatlari aniqlandi va antibiotiklar olishga asos bo‘ldi. Masalan, V.brevis Gramm musbat bakteriyalarga, V. mesentericus bo‘g‘ma tayoqchasi, V.mycoides sil tayoqchasiga, V.subtilis sil, ich terlama tayoqchalariga antagonistik ekanligi aniqlandi. Aktinomitsetlar pnevmokokklar, streptokokklar, stafilokokklar, ko‘k yiringli tayoqcha uchun antagonist hisoblanadi, mog‘or zamburug‘lari turli zamburug‘larga va bakteriyalar uchun antagonist hisoblanadi.
Parazitizm – bir tur organizmning ikkinchi tur organizm hisobiga yashab, unga ziyon keltirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |