O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Sexlarda toza kulturadan ekish materialini olish texnologiyasi



Download 14,52 Mb.
bet261/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Sexlarda toza kulturadan ekish materialini olish texnologiyasi.
Ekish materialini tayyorlash, produsentning turi va uning fiziologik, biokimyoviy
xususiyatlariga bog‘liq xolda bir qancha asosiy bosqichlardan iborat bo‘ladi:
dastlabki kulutura (probirkada) → agarli oziqada o‘stirish (probirkada)→ kolbalarda suyuq oziqa muxitida mikrobiologik kachalkada o‘stirish (bir yoki ikki bosqichli) → ekish uskunalarida o‘stirish (bir yoki bir necha inokulyatorlarda) → kichik fermentatorlarda mikroorganizm kulüturalarini to‘planishi → ekish materiali.
16-rasmda ishlab chiqarish sharoitida neftni n-parafinlarini o‘zlashtiruvchi achitqilardan ekish materiali olishga misol keltirilgan.
Ekish materialini tayyorlashning texnologik chizmasi

Ekish materialini o‘stirish quyidagi bosqichlarda kechadi:


1. Zavodning mikrobiologik laboratoriyasidan zarur mikroorganizm kulüturalarini olish;
2. Ekish materiallarini kichik xajmli ekish uskunasida o‘stirish (300 l. sig‘imli);
3. Achitqilarni katta xajmli ekish uskunalarida o‘stirish (3200 l. sig‘imli);
4. Kichik fermentatorlardan achitqi kulüturalarini to‘plash (50 m3 sig‘imli).
Birinchi bosqichda zavodning mikrobiologik laboratoriyasida ekish materiali o‘stirib olinadi. Dastlab kulütura probirkalarda qiya qilib solingan agarli oziqa muxitida, steril xolatda mo’tadil oziqa muxiti va xaroratda, ma’lum (pH, xarorat, saqlanishi) rejim asosida ko‘paytiriladi.
O‘stirilgan kulüturalar probirkadagi qiya agar ustida kulüturalar steril, toza suv yordamida yuvilib, so‘ng 750 ml xajmli Erlenmeyer kolbalaridagi 50−100 ml. li suyuq oziqa muxitiga o‘tkaziladi. Kolbalar mi’tadil xaroratli xonalardagi (28-300S) kachalkalarga olinadi. Kulüturalarning o‘sish tezligini oshishi kachalkaning aralashtirish tezligiga bog‘liq bo‘ladi, mi’tadil aralashtirish 120−240 tez/min. da olib berilishi maqsadga muvofiqdir. Kachalkada kolbalardagi kulüturani o‘stirish davomiyligi 18−36 soat davom ettiriladi. Bu bosqichda mikroorganizmlarning morfologik ko‘rsatkichlari kuzatilib boriladi. Eng yaxshi natija kulüturalarning lagorifmik fazasida namoyon bo‘ladi.Ekish materialini o‘stirishning ikkinchi bosqichida, tayyor kulüturalar kolbadan steril xolda, avvaldan aniq miqdordagi parafinlarda va mineral tuzlar bilan ta’minlangan ekish uskunasiga (inokulyator) o‘tkaziladi. Ekish uskunasida, aralashtirgich, aerasiyani ta’minlovchi, shuningdek, xarorat, pH, ko‘piklanish darajalari va x.k. larni o‘lchovchi uskunalar mavjud bo‘lishi lozim.
Uskunada oziqa muxiti. Uskunaning umumiy sig‘imining 60% idan oshmasligi kerak. Ekish uskunasiga ekish materialining solinish miqdori asosiy belgilardan biri xisoblanadi. Kam miqdordagi ekish materialining solinishi inkulyasiya davrining uzoq davom etishini talab qiladi. SHuning uchun ekish uskunasiga oziqa muxitining umumiy xajmining 10−12% miqdorini tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uskunada ekish matrialini tayyorlash vaqtida, o‘stirishning mo’tadil rejimini saqlab turish asosiy omil xisoblanadi.Buni nazorat qilish uchun undan mikrobiologik va biokimyoviy taxlil uchun namunalar olib tekshirib turiladi. O‘stirish oziqada achitqilarning 14−20 g/l xajmda yig‘ilishigacha davom ettiriladi (quruq og‘irlik xisobida). Odatda bu jarayon 12−14 soatda yakunlanadi.
Ekish materialini o‘stirishning uchinchi bosqichi 3,2 m3 xajmli ekish uskunasida davom ettiriladi. Buning uchun kichik xajmli inokulyatordan barcha kulütural suyuqlik katta miqdordagi ekish uskunasida avvaldan sterillangan oziqa muxitiga o‘tkaziladi. Bunda xar bir mikroorganizmning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning miqdori turli xil bo‘lishi mumkin. Agarda bu jarayon kuluturaning eksponensial o‘sish fazasida amalga oshirilsa unda ekish uskunasidagi oziqa muxiti
xajmiga nisbatan 10% miqdorida ekilishi yaxshi natija beradi.
O‘stirish davomiyligi 12−14 soat davomida olib boriladi. Jarayonning 4-bosqichi 50 m3 xajmdagi uskunada davom ettiriladi. Bungacha uskuna etarli miqdorda parafin, oziqa tuzlari eritmalari va mikroelementlardan iborat oziqa muxiti bilan ta’minlanadi. Oziqa muxitida kulüturalar suspenziyasi, mi’tadil pH darajasi, xarorat va uzluksiz aerasiyada aralashtirish orqali o‘stirish boshlanadi. Achitqilar to‘planishi 10−12 soatga cho‘ziladi. qachonki achitqilar quruq og‘irligi oziqada 14−17 g/l ni tashkil etganda achitqili suspenziya ishlab chiqarish fermentatorlariga berilishi mumkin.
Olingan ekish materiali mikrobiologik va biokimyoviy nazoratlardan to‘liq o‘tkazilgan bo‘lishi xamda keyingi ishlab chiqarish bosqichiga bog‘liq chastotalar va ularning faolligi aniqlangan bo‘lishi lozim.



Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish