Mikroorganizmlarni saqlashda ularning o’ziga xosligi
Xatto bir turning shtammlari past xaroratga chidamliligi bilan farq qilishi mumkin. Grammusbat bakteriyalar odatda grammanfiy bakteriyalarga nisbatan muzlatishga ancha chidamliroqdir. Saqlashning xar qanday turi uchun mikroorganizmlarni mo’tadil sharoitda stasionar faza boshlanguncha bo’lgan davrda o’stiriladi. Mikroorganizm sporalari vegetativ xujayralarga nisbatan muzlatishga ancha chidamlidir. Saqlash uchun qoida bo’yicha mikroorganizmlarni quyuq suspenziyasi tayyorlanadi. Ma’lumki, turli xil noqulay sharoitlarda quyuq suspenziya kam darajada ta’sirlanadi. Bu sharoitda populyasion samaradorlik deb nomlangan xolat ta’sir ko’rsatadi.
O’stirish sharoiti . Sintetik muxitda o’stirilgan mikroorganizmlar, tarkibi boy oziqa muxitida o’stirib olingan xujayralarga nisbatan noqulay sharoitlarga chidamsiz bo’ladi. Oziqa muxitining tarkibiy qismini o’zgartirib, glikogenga o’xshash zaxiradagi moddalar lipidlar, peptidlar va boshqa moddalarni xujayrada sintez qilinishiga erishish mumkin. Bu moddalar xujayrani muzlatganda, eritganda ularni buzilishidan saqlaydi. Masalan: Lactobacillus bulgaricus o’stiriladigan oziqa muxitiga 0,1% tvin qo’shilsa xujayra yog’ kislotasi fosfolipid fraksiyasi tarkibidagi C19-siklopropankislotasi miqdori ko’payadi va xujayrani suyuq azotda muzlatilganda uning nobud bo’lishi (48% gacha) kamayadi.
Liofilizasiya. Liofilizasiya usuli keyingi o’n yillikda muxim axamiyatga ega bo’lib qoldi, bu usulning afzalligi xujayrani muzlagan xolatidan vakuum ostida suyuq fazaga o’tkazmay quritishdir. Birinchi marta bu usul gistologik tadqiqotlar uchun Altman (Altman, 1890) tomonidan qo’llanilgan. Bakteriyalarni liofilizasiya qilishda birinchi tajribani Hammer (Hammer, 1909-1914) olib borgan. Xozirgi vaqtda liofilizasiya katta kolleksiyalarda turli xil bakteriyalarni, aktinomisetlarni, mikoplazmalarni, miselial zamburug’larni, achitqi zamburug’larni, suv o’tlarni, viruslarni, vaksina va qon plazmalarini uzoq saqlash (30 yildan ortiq) uchun keng qo’llanilib kelinmoqda. Liofilizasiya jarayonida mikroorganizmlar turli xil noqulay (stress) sharoitlarning ta’siriga uchraydi: muzlatish, quritish va boshqalar. Liofilizasiya jarayonida xujayraning buzilishiga sababchi faktorlarni aniqlash va xayot faoliyatini, belgilarini turg’unligini ta’minlovchi sharoitni tanlash muxim yutuqdir.
Lofilizasiya jarayoni oldin mikroorganizmlarni patogen va shartli patogen, keyin saprofit formalari bilan olib borilgan; ko‘p miqdordagi tadqiqotlar natijasi asosida aniqlanishicha liofilizasiyalangan mikroorganizmlarni xayot faoliyatini saqlashi, tur va shtammning maxsus sezgirligiga, kulüturaning o‘sish bosqichiga, xujayra miqdoriga, ximoya muxitining tarkibiga, liofilizasiya rejimiga, saqlash sharoitiga (xaroratga, atmosfera muxitiga, yorug‘likka) bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |