Mikroorganizmlarni quritilgan xolda saqlash. Quritish mikroorganizmlarni saqlashni eng oddiy usulidir. Ko‘plab mikroorganizmlar tabiiy sharoitda (tuproqda, qumda, loyda) xavoda qurigan xolda va turli xil oziq ovqat mahsulotlarida uzoq vaqt yaxshi saqlanadi, qurish jarayonida mikrob xujayralari suvsizlanadi. Tirik xujayrada suvning miqdori massaning 80-90% ini tashkil etadi. quritish vaqtida xujayra o‘z tarkibidagi erkin suvni yo‘qotadi va qolgan 10-12% suvda mikroorganizmlarni o‘sishi to‘xtaydi, qolgan suvning 2-5% gacha kamayganida xujayra strukturasi bilan maxkam bog‘langan suv saqlanadi.
SHunday qilib, quritilgan xujayrada biokimyoviy reaksiyalar to‘xtatiladi yoki ayrim reaksiyalar juda xam sekin ketadi. Mikroorganizmlarni quritishga chidamliligi ko‘p faktorlarga: mikroorganizmlarning xossalariga, muxitga va o‘stirish sharoitiga, quritish usuliga, qolgan suvga, saqlash sharoitiga va reaktivasiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Mineral yog‘ ostida saqlash.Mineral yog‘ ostida saqlash usuli laboratoriya sharoitida katta kolleksiyalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. U oddiyligi bilan boshqa usullardan farqlanadi, aloxida asbob-uskunalar talab qilmaydi va turli xil mikroorganizmlarni xayot faoliyatini va belgilarini turg‘unligini nisbatan uzoq vaqtgacha saqlanishini ta’minlaydi. Birinchi marta Lyumuer va CHevrotuelar (Lumiere, Chevrotier, 1914) gonokoklarni saqlash uchun vazelin yog‘i qo‘llashgan. Usulning mohiyati quyidagilardan iborat: mikroorganizmlar kuluturasi qulay oziqa muxitida o‘stiriladi va ustiga sterilizasiya qilingan vazelin yog‘i quyiladi yog‘ni qalinligi (0,5-1,0 sm) modda almashish jarayoni tezligini sekinlashtiradi va oziqa muxiti ustki qismini qurishdan saqlaydi.
Saqlash muddati. Mikroorganizmlarni yog‘ ostida uzoq muddatga saqlash vaqtida xujayralarning nobud bo‘lish jarayoni ketadi. SHuning uchun xam mikroorganizmlarni yiliga 1−2 marta yog‘ ostidan qaytadan ekilib turiladi. Achitqi zamburug‘lari yiliga bir marta qayta ekiladi. Miselial zamburug‘larni saqlashni boshida yiliga bir marta qayta ekiladi, keyin ikki-uch yilda qaytadan ekiladi. Ko‘pchilik sinalgan saprofit bakteriyalar vazelin yog‘i ostida qaytadan ekilmasdan 8−14 yil o‘z xayot faoliyatini saqlab turish mumkin. Rossiya Fanlar
Akademiyasi Mikroorganizmlar biokimyosi va fiziologiyasi instituti
“mikroorganizmlar to‘plami” laboratoriyasida Bacillus turkumiga kiruvchi 155 shtammi yog‘ ostida saqlanganda 6 yil muddatda o‘z xayot faoliyatini o‘zgartirmasdan saqlaganligi kuzatilgan. Yog‘ ostida 4−5 yil muddatga Rhizobium, Pseudomonas, Azotobacter, Propionibacterium, Arthrobacter, Micrococcusturkumi vakillari muvaffaqiyatli saqlangan. Aerob grammusbat bakteriyalar yog‘ ostida saqlashga grammanfiy bakteriyalarga nisbatan birmuncha chidamliroqdir.