70
4-bob. RESTORANLARNING BOZORDAGI MAVQEI
4.1. Restoranlarning bozordagi mavqeini tahlil qilish
4.2. Bozor ulushlarining taqsimlanishini o‗rganish
4.3. Restoran bozoridagi raqiblarni o‗rganish va tahlil qilish maqsadida raqobat
ko‗pburchagini tuzish usuli.
4.4.Restoran biznesida SWOT-tahlili va uni yaratib beradigan imkoniyatlari.
4.5.Restoranda xizmat ko‗rsatish monitoringi sifatida va raqiblar ishini tahlil
qilishda ―Mystery Guest‖ metodini qo‗llash.
4.6.Restoran biznesi ehtiyojlarini xal qilishda tajriba eksperiment)ning foydasi.
4.1. Restoranlarning bozordagi mavqeini tahlil qilish
Umum e‘tirof etilgan ta‘rifga ko‗ra, mavqe – bu holat. Tegishli ravishda
restoraningizning bozordagi mavqei – bu uning restoranlar bozorida mavjud raqiblar
orasidagi holati. Ayni shu sababli restoraningizning bozordagi mavqeini o‗rganish
o‗z raqiblaringizni o‗rganish bilan bevosita bog‗liq. Siz istaysizmi, yo‗qmi – sizning
muassasangizdan boshqa restoranlar, kafelar, qahvaxonalar
va boshqa ovqatlanish
korxonalari ham mavjud bo‗ladi. Ularning orasida peshqadamlikni qo‗lga kiritish –
ishning yarmigina, xolos, odamlarning ―ba‘zan uyda ovqatlanish‖ odati bilan
kurashishga ham harakat qilish kerak. Bu kurash ―umumiy ovqatlanish bozori‖ deb
nomlangan jang maydonida yuz beradi.
Rang-barang umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari siz oziq-ovqat
do‗konlari, kichik rastalar va novvoyxonalarning,
Shuningdek uyga yoki ofisga
taomlar Yetkazib beradigan kompaniyalar faoliyatini ham hisobga olishingizga
to‗g‗ri keladi. Bu bilvosita raqobat –
“o„xshash ehtiyojni qondirish”
mezoniga
muvofiq raqobat. Ayni holda biz egulik va ichimliklarga bo‗lgan ehtiyojni ko‗rib
chiqamiz. Ammo restoranlar bozori – bu insonning qornini to‗yg‗azish vositasi emas,
balki unga hordiq chiqarishga imkoniyat yaratish vositasidir. Shu sababli bilvosita
raqiblar safini ko‗ngilochar muassasalar – klublar, kinoteatrlar, boulinglar va boshqa
shunga o‗xshash muassasalar ham to‗ldiradi. Bundan tashqari,
odamlarning ovqatni
uyda tayyorlash qobiliyatini yoki uydan tashqarida ovqatlanish imkoniyatining
yo‗qligini ham e‘tiborga olish zarur.
71
Agar inson oqshomni uydan tashqarida o‗tkazmoqchi bo‗lsa, u umumiy
ovqatlanish muassasasi,
tungi klub, bouling yoki yirik savdo-dam olish markaziga
borishi va bu yerda o‗zining barcha ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‗lishi
mumkin. Ayni vaqtda u mehmonga borishni ma‘qul ko‗rishi ham mumkin. Agar
inson faqat qorini to‗yg‗azmoqchi bo‗lsa, u umumiy ovqatlanish muassasasiga borib
ovqatlanishi, do‗kondan tayyor ovqat olib eyishi, mehmonga borishi yoki uyga
taomlar buyurtma qilishi mumkin. Endi u umumiy ovqatlanish muassasasini tanladi,
deb tasavvur qilaylik.
Tanlash jarayoni Shuning o‗zi
bilan tugamaydi, aksincha, u yanada
og‗irlashadi. Endi muassasa turini (restoran yoki kafe,
balki qahvaxona yoki
pitseriya), uning darajasi, joylashgan hududi va shu kabilarni tanlash talab etiladi.
Ko‗rib turganimizdek, odatdagi iste‘molchining diqqat markaziga tushish va u
ovqatlanish uchun ma‘qul joyni tanlash masalasini hal
qilayotganida uning yodiga
o‗z vaqtida tushish oson ish emas. Kerakli xaridor uchun kurashda raqobatlashishga
qodir bo‗lgan rang-barang analog va o‗rindoshlarning mavjudligi tanlash jarayonini
doim qiyinlashtiradi. Shuni e‘tiborga oling. Iste‘molchi yo‗lning narigi betidagi kafe
kirish yoki uyga pitsa buyurish o‗rniga, sizning restoraningizga tashrif buyurishining
sababini aniq bilishingiz kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun raqobatbardosh
korxona bo‗lish talab etiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyatini va uning bozordagi mavqeini
o‗rganishning turli xil usullari bor. Quyida ularning amalda eng ko‗p
qo‗llaniladiganlari va foydalanish uchun qulaylarini ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: