75
4.3. Restoran bozoridagi raqiblarni o‗rganish va tahlil qilish maqsadida raqobat
ko‗pburchagini tuzish usuli.
Bozorda o‗z mavqeiga baho berishga ko‗maklashadigan navbatdagi usul
raqobat ko„pburchagini
tuzish va olingan shakllarni tahlil qilishdan iborat.
Bu usul
bozordagi vaziyat haqida yanada aniqroq tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi va
uning kelgusi rivojlanish jarayonini kuzatish uchun imkoniyat yaratadi. Bu sizning
(oldingi, hozirgi va bo‗lg‗usi) mavqeingizni va yaqin raqiblaringiz mavqeini aks
ettiruvchi o‗ziga xos sxemadir. Xo‗sh, nima uchun aynan yaqin raqiblar mavqeini
o‗rganish kerak?
Gap
shundaki, restoranlar bozorida ko‗p sonli ishtirokchilar mavjud bo‗lib,
ularning soni tinimsiz ko‗payib bormoqda. Mintaqaviy bozorlar bir-biridan orqada
qolmaslikka harakat qilmoqdalar, yangi konsepsiyalarni sinab ko‗rmoqdalar, o‗z
tarmoqlarini yaratmoqdalar va o‗z ishiga yangi texnologiyalarni joriy etishga harakat
qilmoqdalar. Tahlilda barcha raqiblarni qamrab olishga intilish,
hech shubhasiz,
hurmatga loyiq. Ammo bunday keng qamrovli yondashuv bilan raqobat
ko‗pburchagini tuzish juda mushkul ish. Bunday ko‗pburchakni tuzishga muvaffaq
bo‗lsangiz ham uning natijalari amalda foydalanish uchun butunlay befoyda bo‗ladi,
Chunki aniq sxema o‗rniga uzluksiz chiziqlarnigina ko‗rasiz.
Shu sababli avval o‗zingizning bevosita raqiblaringizni aniqlang. Ularning soni
qancha bo‗lishi mumkinligi haqida siz quyida ―LazzaT‖ kafesi va uning uch raqibi
uchun tuzilgan raqobat ko‗pburchagiga qarab tasavvur hosil qilishingiz mumkin.
Olingan
sxema sizni qanoatlantirsa, agar u sizga aniq va tushunarli bo‗lsa, tahlil
qilinayotgan raqiblar sonini ko‗paytirishingiz mumkin. Shuningdek bu sxema vaqtda
o‗zgarishini va har bir restoran uchun yangi shakllar, lekin boshqa rangda tuzilishini
ham hisobga oling.
Ko‗pburchakni tuzish uchun maxsus tanlangan ko‗rsatkichlarni to‗qqiz balli
shkalada baholash lozim. Murakkab shkalalar uncha qulay emas va ulardan faqat
favqulodda hollarda, baholarni mufassal ajratish prinsipial ahamiyatga ega bo‗lganida
foydalanish zarur. Baholashning to‗qqiz balli shkalasi
sizning mavqeingizga va
76
raqiblaringiz mavqeiga shkala ifodalariga muvofiq keluvchi kuchsiz, o‗rtacha va
kuchli mavqelar mezonlariga muvofiq baho berish uchun zarur.
Baholash uchun ko‗rsatkichlar sifatida faoliyatingiz uchun alohida muhim
jihatlarni olishingiz mumkin. Masalan,
marketing majmui (marketing-miks)
elementlari: restoran joylashgan er,
taomnoma, narxlar, servis, xodimlar, muhit va
ilgari surish (reklama faoliyati) bo‗yicha baholash mumkin. Bu etti ko‗rsatkich
grafikda ettita o‗qqa muvofiq keladi va ularda siz bu elementlarning har biri bo‗yicha
tahlil qilinayotgan restoranlarning har biri uchun o‗z baholaringizni qayd etasiz.
Bunday tadqiqotni mustaqil yoki zaruriy bilimlarga va restoran faoliyatini
yuritish tajribasiga ega bo‗lgan mutaxassislar yordamida o‗tkazish mumkin. Ular
restoran ishi bo‗yicha o‗rganilayotgan restoranlarning barchasidagi
ishlarning holati
bilan tanish ekspertlar bo‗lsa, ayni muddao bo‗ladi. Bu holda baholar o‗rtacha holatga
keltiriladi va bozorda mavjud vaziyat manzarasini yanada aniqroq aks ettiradi.
Har bir o‗q ifodalarning uch diapazoniga ega. [0...3] diapazonidagi baho
elementning bo‗shligidan dalolat beradi, [6...9] diapazonidagi baho esa uning kuchini
aks ettiradi. Qolgan ballar o‗rtacha bahodan dalolat beradi.
Endi raqobat ko‗pburchagini tuzish jarayonini ―LazzaT‖ kafesi misolida ko‗rib
chiqamiz.
Buning uchun avval eng xavfsiz va yaqin raqiblarni tanlaymiz. Bizning holda
bu ―LazzaT‖ kafesi restoranlar bozorining qaysi segmentida bo‗lsa, shu segmentda
ishlovchi ikki muassasa bo‗ladi. Shundan so‗ng har bir ko‗rsatkichga
baho beramiz
va natijalarni jadvalga kiritamiz (3.1-jadval). Baholash uchun tayyor blanka namunasi
4-ilovada keltirilgan. Unda olti muassasa uchun maydonlar nazarda tutilgan, lekin o‗z
mavqeini raqiblarining mavqei bilan sifatliroq solishtirish imkoniyatiga ega bo‗lish
uchun oz sonli raqiblarga alohida ko‗pburchaklarni tuzgan ma‘qulroq.
Do'stlaringiz bilan baham: