72
ulushini aniq bilish – respublikamiz bozorida kamdan-kam uchraydigan hodisa. Bu
quyidagi omillar bilan bog‗liq: birinchi – haqqoniy ma‘lumotlar olish imkoniyatining
yo‗qligi – kompaniyalar o‗z faoliyatiga doir barcha axborotni deyarli to‗laligicha
tijorat sirlari qatoriga kiritadilar; ikkinchi – umumiy ovqatlanish bozorida ishlaydigan
yuridik shaxslarning aksariyati yopiq turda bo‗lib, bu marketologlar va menejerlarni
ularning operativ faoliyati haqidagi noyob axborotdan mahrum etadi. Natijada boshqa
ko‗pgina tarmoqlarda bo‗lganidek, restoranlar rahbariyati ham bozor ulushini
aniqlashga emas, balki taxmin qilishga majbur bo‗ladilar.
Bozor ulushlarining taqsimlanishini bilish
sizning
mavqeingizni belgilaydi
hamda to‗g‗ri strategiya va taktikani yaratish imkoniyatini beradi, shu bois bu
haqda hech bo‗lmasa tasavvurga ega bo‗lish talab etiladi.
Bozor ulushi nima?
Bozor ulushi
– bu bozorning konkret ishtirokchiga qarashli
bo‗lgan qismi. Restoranlar bozorini to‗laligicha yoki uning segmentini (masalan, tez
ovqatlanish restoranlari bozorini) tasavvur qiling. Mazkur bozor ishtirokchilari
amalga oshirgan sotuvlar yig‗indisining ular o‗rtasida taqsimlanishi
bozor
ulushlarining taqsimlanishi
dir. Shunday qilib, o‗z ulushingizni aniqlashingiz uchun
siz o‗z tushumingiz hajminigina emas, balki restoranlar bozorining o‗zingizni
qiziqtirayotgan segmentining barcha ishtirokchilari muayyan davr ichida olgan jami
tushum hajmini ham bilishingiz kerak. O‗zingiz
olgan tushumni barcha
ishtirokchilarning jami tushumi bilan nisbatlash sizga o‗z korxonangizning ulushini
aniqlash imkoniyatini beradi.
Barcha ishtirokchilarning sotuvlari hajmi haqida aniq axborot olish mumkin
emas. Masalan, aksariyati ochiq va o‗z faoliyati haqida hisobotlarni ochiq manbalarda
vaqti-vaqti bilan e‘lon qilishga majbur bo‗lgan chet el kompaniyalarida bunday
ulushlarni hisoblash uncha qiyin ish emas. Ammo bizning bozorimizdagi sharoit
bunday ma‘lumotlarni olish uchun marketologlar va
rahbarlardan yaxshigina ter
to‗kishni talab etadi. Aksariyat hollarda bu befoyda va kerak ham emas,
restoranlarning egalari bozorning qancha qismi kimga qarashli ekanligini chamalab
aniqlaydilar. Tarmoq matbuotini sinchiklab o‗rganish bu raqamlarni voqelikka
73
yaqinlashtirishga yordam berishi mumkin. Internetdagi maxsus manbalarni o‗rganish
ham zarar qilmaydi.
Bozor ulushini aniqlash usuli sifatida
iste‟molchilar o„rtasida so„rov
o„tkazishdan
foydalanish mumkin. Bu eng maqbul yo‗l emas, lekin restoranlar bozori
uchun bundan obyektivroq usulni topish qiyin. Bunda tadqiqot
obyektlari sifatida
restoranlar bozorini tahlil qilish lozim bo‗lgan shahar yoki mintaqaning barcha
iste‘molchilari amal qiladi. Bu har bir vakilini so‗rov bilan qamrab olish uchun son
jihatidan haddan tashqari katta bo‗lgan bosh to‗plam hisoblanadi. Shu bois ularning
orasidan ayrim iste‘molchilar tanlab olinadi va ularning xulq-atvorini o‗rganish
asosida butun bosh to‗plam haqida tasavvur hosil qilinib, olingan natijalar asosida
muayyan xulosalar chiqariladi. Tanlab olingan iste‘molchilar to‗plami
va uni
o‗rganish mezonlari aniqlangach, iste‘molchilar o‗rtasida so‗rov o‗tkazishga kirishish
mumkin. Bu so‗rov mohiyati shu bilan belgilanadiki, so‗rov ishtirokchilari muayyan
davr mobaynida tashrif buyuruvchi umumiy ovqatlanish muassasalarini aniqlash
talab etiladi. Tadqiqot natijalariga ishlov beriladi va restoran bozori ishtirokchilari
ulushlarining foiz hisobida olingan nisbatlari ularning ulushlarini aks ettiradi.
Bu eng mukammal metod emas, shu bois bu yerda bir nechta xavf mavjud: 1)
iste‘molchilarning muhim guruhlari so‗rov bilan qamrab olinmasligi xavfi; 2)
iste‘molchilar xotirasi so‗rovning zarur vaqtida aniq manzarani gavdalantirishga doim
ham qodir emas. Natijada iste‘molchi o‗zi tashrif
buyurgan restoranlarni yoki
ularning hammasini aytmaydi, so‗rovdan keyin esa boshqa variantlarni ham eslay
boshlaydi; 3) hatto zaruriy ma‘lumotlarni olishga erishilgan bo‗lsa ham, ularning foiz
hisobida taqsimlanishi baribir to‗liq bo‗lmaydi. Bunday tadqiqotlarni ixtisoslashgan
tadqiqot firmalari o‗tkazadi. Ammo sizda xohish va mablag‗ bilan quvvatlangan
mehnat resurslari mavjud bo‗lsa, bunday ommaviy so‗rovni siz mustaqil o‗tkazishga
harakat qilib ko‗rishingiz mumkin.
Restoran bozorining siz ishlaydigan qismini atroflicha o‗rganish natijalari 4.1-
rasmdagiga o‗xshash diagramma ko‗rinishida ifodalanishi mumkin.