93
kishi bo’lib yetishganda ham yoshligidagi o’z ko’rinishi haqidagi salbiy fikr ta’sir etib, o’z seksual
kuchiga ishonchsizlikni, o’zining yaxshi xotin (yer) bo’lishga qobiliyatsizlikni
keltirib chiqarishi
mumkin.
10.
Hissiy yaqinlikdan qo’rqish
. Shaxs boshqa tengdoshlari bilan juda yaqinlashib
ketishdan qo’rqishiga sabab, go’yoki uning fikricha, do’stlarida uning haqida salbiy fikr
shakllanishi mumkin. Yoki yosh qiz (yigit) o’zining ichki dunyosini boshqalarga ochishga qo’rqadi.
Natijada shaxsda doimo o’zining sirlarini “ochib” qo’yishdan qo’rqish ichki konfliktni keltirib
chiqarishi mumkin.
11.
Doimiy ikkilanish
. “Men o’zim ham nima qilishni bilmayman” deb javob beradi.
Tashabbussizlik, qat’iyatsizlik
psixiatrlarning fikricha, ikkilanish har xil asab va ruhiy nuqsonlar,
kasalliklarga olib kelishi mumkin.
12.
Tengdoshlarga, sheriklarga (katta kishilarda turmush o’rtog’iga haddan tashqari
katta talab qo’yish)
albatta, bunday xatti-harakat oxiri shaxslararo konfliktga sabab bo’lishi
mumkin. Shunga o’xshash yana bir xususiyat, atrofdagi tengdoshlar, yaqinlarini o’ziga o’xshash
o’zgartirishga urinish, atrofdagilarning shaxsiy “men”ligini e’tiborga olmaslik natijasida kelib
chiqadigan ziddiyatlar.
18
Krizis davrlari yoki yoshlari asosan 3, 7, va 12-15 deb farqlanadi. Shu yoshlarda bolalar va
o’smirlar o’z-o’zidan injiq, qaysar, janjalkash bo’lib qoladi. Ota-onasi
va yaqinlari bilan tez-tez
kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Arzimagan narsaga xarxasha qiladi. Ba’zan kattalarning ota-ona,
tarbiyachi va o’qituvchilarning aytganini qilmasdan o’jarlik qiladi.
1) 3 yoshdagi krizis. Asosan shu yoshda bola organizmida yuz beradigan jismoniy va
garmonal o’zgarishlardan tashqari bolaning ruhiy tizimida “men”lik paydo bo’lib, o’z mustaqilligini
kattalarga ko’rsatishga harakat qiladi. Shu vaqtgacha uning oyoq kiyimini kiydirib qo’ysangiz yoki
ovqat yodirib qo’ysangiz “rahmat” aytar edi, endi sizni nariga itarib “men o’zim” deb o’jarlik
qilmoqda, chunki kichik insonda “o’zlik” paydo bo’lib, shakllanmoqda.
2) 7 yoshdagi krizis. Asosan bolaning hayot tarzida yuz bergan yangilik, maktab sharoitiga
moslashish bilan bog’liq bo’lib bola auditoriyadagi tartib-intizomga, o’qituvchining talablariga
o’rganishi zarur bo’ladi. Bundan tashqari, bolaga uyda ham “dars tayyorlash”, “o’z vaqtida uxlash
va ma’lum vaqtda ertalab turish” deya talablarni qo’yishadi. Bu o’zgarishlarga agar oila bolani
tayyorlab borgan bo’lsa yoki bolaning o’zi jismonan va ruhan tayyor bo’lsa,
bu jarayon yengil
kechadi. Bordi-yu, bolaning asab va ruhiy tizimida qandaydir nuqsonlar bo’lsa, bola maktabda
ta’lim olishga tayyor bo’lmasa, uyda uni maktabda zarur bo’ladigan qoida-qonunlar, tartib-
intizomga o’rgatmagan bo’lsalar (40 minut davomida tinch o’tirish, boshqalarga halaqit bermaslik,
o’qituvchining topshiriq va vazifalarini bajarish va boshqalar) o’qituvchi yoki tengdoshlari bilan
konflikt kelib chiqishi muqarrar.
3) O’smirlik yoshidagi (12-15 yosh) krizis. Talabalarda intellektual
imkoniyatlarining va
shaxsiy-ijtimoiy tajribaning oshishi, dunyoqarash va bilimlar doirasining kengayishi kuzatiladi.
O’smirda “men”lik his-tuyg’usi kuchayib, o’zini o’ta kuchli, bilimli, mustaqil his eta boshlaydi.
19
Lekin bu yoshdagi krizisning asosiy aybdori – bu shu yoshda jinsiy his-tuyg’ular, qarama-
qarshi jinsga qiziqish kuchayadi. Tengdoshlar bilan muloqot va o’zaro muloqot ehtiyoji ortib borib,
ba’zan tengdoshlarning fikri va maslahatlarini ota-ona va o’qituvchilarning fikridan yuqori qo’yadi.
Bu ham bir mustaqillik (yemansipasiya) belgisi bo’lib, agar o’smir o’z istak va orzularini amalga
oshirishning yo’lini topa olmasa, kundan-kun oshib borayotgan jismoniy va psixologik energiyani
kuchni sarf qilishga joy topa olmasa, unda u noto’g’ri yo’llarga kirib ketishi mumkin. 15-17
yoshlarda yanada orzu-havas va muammolar ko’payib boradi. Kelajakda qanday kasb-hunar
tanlash, jamiyatda o’z o’rnini topish, o’zining hayot yo’lini belgilashdek murakkab vazifalar paydo
bo’ladi. Shu yoshlarda o’smirlar va yoshlarni har xil ijtimoiy xavfli to’da va oqimlardan saqlash,
18
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 48-бет
19
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 50 бет
Yosh davrlari va ziddiyatlar
94
uning kasb tanlashida, kelajagini, hayot yo’nalishini to’g’ri belgilashda ota-ona va o’qituvchilarni
xizmati katta bo’ladi.
4) Talabalar psixologiyasi. Professor E.G’oziyevning ta’kidlashicha, “...o’quv yili boshida
talabadagi ko’tarinki
kayfiyat, oliy o’quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg’usi kuzatilsa,
ta’limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan
yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro’y beradi, ...uning
ruhiy
dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish,
hadiksirash kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi”
20
. Natijada talabalarda ichki, shaxslararo va
“talaba – o’qituvchi” konfliktlari kelib chiqadi. E.G’oziyev va o’z kuzatishlarimizda shu narsa
aniqlandiki, yuqorida bayon etilgan
holat uzoq davom etmaydi, 3-6 oy davomida talabalarning
ko’pchilik qismi oliy maktab sharoitiga moslashadilar.
Yana bir konflikt manbai, bu ham bo’lsa yuqori kurslarda (3-4 kurslarda) talabalarning
(ayniqsa, ba’zi bir yigitlarning) “endi yuqori kursda o’qiyapman, o’qimasam ham bo’ladi” deb
bo’shashib qolishlari bilan bog’liq. Bundaylarning ba’zilari universitetdan haydalayotganda
vaziyatning nihoyatda jiddiyligini tushunib qoladilar.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi”. Bu maqol hamma davrlarda ham o’z dolzarbligini
yo’qotgan emas. Farzandlar ota-onaga o’xshashga harakat qiladilar, ota-onalar esa o’zlari bilib yoki
bilmasdan o’z xarakter xususiyatlarini, orzu-havaslarini farzandlariga singdirib boradilar.
Bolalar-chi, ular ota-onalaridan nimalarni oladilar va uni qanday oladilar?
Amerikalik
psixolog, psixoterapevt Erix Bernning fikricha, individ olamga kelib o’sib,
rivojlanar ekan, u atrofda, ayniqsa, oiladagi ijtimoiy munosabatlarni diqqat bilan kuzatadi (har kuni
ko’z oldida yurgan kishilarni kuzatmasdan iloji ham yo’q), bola atrofdagilardan, ayniqsa, qiz bola
onasidan, o’g’il bola otasidan hayot tarzini, o’zaro munosabat va muloqot tajribasini to’plab boradi.
Yaqin odamlari: otasi va onasining xatti-harakati, gap-so’zi, hulq-atvori, oiladagi va atrofdagi
kishilar bilan munosabatlari o’sib rivojlanayotgan bolaning, o’smirning, yigitning (qizning) ongida,
ong ostida mustahkamlanib boradi.
Oilada shakllangan odatlar, hayotiy tasavvurlar – “hayot stenariysi”
shaxsning ong ostida
mustahkamlanib, uning keyingi hayotidagi xatti-harakatida, xulq-atvorida namoyon bo’ladi. Oilada
to’plangan ijtimoiy tajriba va bilimlarning shaxsning keyingi hayotidagi o’rni juda katta, ammo
ba’zi bir ilmiy-tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlarimizga asoslanib shuni aytish mumkin, axloqiy va
psixologik muhit salbiy oilalardan ham odobli, mehnatsevar, do’stlariga sodiq va bolajon insonlar
yetishib chiqqani haqida ma’lumotlar ko’p.
Psixokorreksiya
Do'stlaringiz bilan baham: