O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi


XUSHBO‘Y RUTA — RUTA GRAVEOLENS L



Download 0,71 Mb.
bet104/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

XUSHBO‘Y RUTA — RUTA GRAVEOLENS L.


Xushbo‘y ruta — Ruta graveolens L., rutadoshlar — Rutaceae oilasiga kiradi. Bo‘yi 70 sm gacha bo‘lgan hidi yoqimli yarim buta. Poyasi yog‘ochlangan, pastki tomoni shoxlangan bo‘lib, har yili ko‘plab bir yillik novdalar hosil qiladi. Bargi oddiy, umumiy ko‘rinishi uchburchaksimon, ikki va uch marta patsimon ajralgan, kulrang-yashil bo‘lib, poyada uzun bandi bilan ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari cho‘ziq-teskari tuxumsimon, to‘mtoq uchli bo‘lib, unda juda ko‘p nuqtalar (efir moyi saqlaydigan joylar) bor. Gullari yashilroq-sariq rangli, qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan. Eng yuqoridagi gullarida gulkosacha va gultoji barglari 5 tadan, qolganlari esa 4 tadan, otaligi 8—10 ta, onalik tuguni 4—5 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi 4—5 xonali, sharsimon ko‘sakcha.


Iyun-iyul oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Janubiy Qrimdagi quruq tosh va shag‘alli qiyaliklarda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullash davrida shu yilgi o‘sib chiqqan novdalari o‘rib olinadi va quritilmasdan ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning yer ustki qismi tarkibidagi 0,25— 1,2% efir moyi (tsineol, penin, limonen, aldegidlar, kislotalar va boshqa birikmalardan tashkil topgan), flavonoidlar (asosan rutin), alkoloidlar, 0,5—1% gacha furokumarinlar bo‘ladi. Furokumarinlardan bergapten va ksantotoksin ajratib olingan.
Ishlatilishi. Tibbiyotda xushbo‘y ruta o‘simligining yer ustki qismi preparatlari qon tomirlarning spazmasi natijasida kelib chiqqan bosh og‘rig‘i, pnevmoniya, revmatizm, bolalarda tirishish bilan o‘tadigan kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashqari, qo‘tir va boshqa teri kasalliklarini davolashda ham qo‘llaniladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish