Geografik tarqalishi. Vatani — Janubiy Meksika va Gvatemala.
Makkajo‘xori ko‘p o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot uzun, ipsimon, sariq-qo‘ng‘ir yoki tilla rang sariq-qo‘ng‘ir tusli onalik gulining ustunchasidan iborat. Ustuncha uzunligi 20 sm, yo‘g‘onligi 1 mm bo‘lib, uchida onalik og‘izchasi bo‘ladi.
Mahsulot o‘ziga xos kuchsiz hidga ega.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 7%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2,5% dan, qoraygan ustunchalar 3%, maydalangan mahsulot uchun teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan qismi 5% dan teshigining diametri 0,2 mm li elakdan o‘tadigan maydalangan qismi 1%, organik aralashmalar 0,5% dan oshiq bo‘lmasligi hamda ekstrakt moddalari 15% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |