3.
Chaqaloqlar chakka sohasi, teri osti yog‘ qavati ancha yaxshi
rivojlangan b o iad i. Shu sababli bolaning boshi dumaloq shaklni
egallaydi. Bu yerda ko'plab limfa va vena tomirlari
boiganligi sababli
yalligianish oson rivojalanib, qo‘shni sohalarga tez tarqalib ketish
xavfi b o iad i. 7 yoshlarga borib, yog‘ qavati ancha kamayadi va
bolaning yuzi katta yoshli kishilamiki singari ch o‘ziladi.
CHAKKA SOHASI - REGIO TEMPORALIS
Chakka sohasi chegarasi chakka mushagi (m.temporalis)
o'rnashgan joyga to ‘g‘ri keladi. Bu sohada teri yonoq yoyi to-
m on
yupqalashib borib, soch bilan qoplanadi, ayniqsa orqa
qism larida sochlar qalin, teri osti yog‘ qavati yaxshi rivojlan-
gan. Shuning uchun teri kam harakatchan.
Oldingi qismlarida
sochlar kam, teri osti yog‘ qavati yaxshi rivojlanmaganligi
tufayli oson burm a hosil qilish mumkin.
Teri osti yog‘ qavatidan orqa chakka yuza arteriyasi (a.
superflcialis) o ‘tadi. U ning asosiy stvoli (o ‘zani) quloq sup-
rasidan 0,5 sm oldinda yotadi. Shu joyda arterial qon tom ir
urishini oson aniqlash m um kin. Bu arteriya yonoq yoyidan 1
— 1,5 sm yuqorida ikkita shoxga: peshona va tepa arteriyalariga
boMinib, kalla qopqog‘ining boshqa arteriya qon tomirlari bilan
anastom ozlar hosil qiladi. A rteriya ostida shu nom bilan
ataladigan vena qon tom irlari yotadi.
Tomirlar to ‘plami ortida uch shoxli nerv tarmog‘i hisoblan-
mish quloq-chakka ne'rvi (n. auriculotemporalis) yotadi.
Bu nerv
asosan chakka bo‘limining orqa qismi terisi bo‘ylab tarmoqlanadi.
Chakka sohasining old qismi terisini yonoq - chakka nervi (n.
Zygomaticotemporalis) innervatsiya qiladi.
Bu soha limfa yo‘llarining ko‘p qismi quloq oldi limfa
tugunlariga, ozroq qismi esa qyloq orti limfa tugunlariga quyiladi.
Chakka qismining yupqa yuza pardasi kalla qopqog‘i payli
qoplamasining davomi hisoblanadi. U nerv-tom ir tutam i, yuz
nervi peshona shoxchasi va quloq suprasi mushaklariga qin
vazifasini o ‘tab, yonoq suyagi yoyiga birikmasdan pastga — yuz
tom on davom etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chakka xususiy fassiyasi — fascia
temporalis propria zich
plastinkadan iborat bo‘lib, chakka mushagining suyakka birikkan
joyidan boshlanadi. U pastga tusha borib, ikki qavatga ajraladi:
— Tashqi (yuza) qavat yonoq yoyining tashqi yuzasiga biri-
kadi.
— Ichki (chuqur) qavat yoyning ichki yuzasiga birikadi.
Natijada ikki qavat orasida, ya’ni yonoq yoyi ustida yopiq
bo'shliq hosil bo‘Iib, u yog‘ to ‘qimasi bilan to ‘lganligi
tufayli
ikkinchi yog‘ qavati deb ataladi.
Fassiyalararo qobiqlarning old chegarasida yoriq bo‘lib, bu
orqali yonoq suyagi old bo ‘shliq bilan bo g ianad i. Osteomiyelit
kasalligi paydo boiganda yiringning bo ‘shliqlar bo‘ylab tarqalish
xavfi paydo b o ia d i (yonoq yoyi old va pastki jag‘ abssessi).
Chakkaning yuqori chizigiga chakka aponevrozining yuqori
qismi birikadi. U suyak ust pardasiga mahkam birikkanligi sababli
gematoma yoki patologik suyuqliklar boshning tepa sohasiga qarab
tarqala olmay, pastga — chakka osti chuqurchasiga oqadi va u
yerdan yuz sohasiga o ‘tishi m umkin. Chakka xususiy fassiyasi
ostida lunjlar tom on o ‘tadigan siyrak, yum shoq yog‘
qavati
mavjud.
Chakka chizig‘idan tepa suyagiga qarab tarqalgan chakka mu-
shagi (m. temporalis) boshlanadi va yonoq yoyi ostidan o ‘tib,
tutam hosil qiladi hamda pastki jag‘ suyagining burchagi va ichki
yuzasiga birikadi, uning fassiyasi jag‘ suyagi pardasiga pishiq pay
bilan mustahkam birikkan b o iib ,
uni suyakdan ajratish ancha
mushkul. Shuning uchun jarroh jag‘ suyagini rezeksiya (kesib olish)
qilishda mushaklar payini ajratishdan ko‘ra o ‘siqlami uzib olishni
afzal ko‘radi.
M ushaklar orasida jag‘ arteriyasi tarm o g i — old va orqa
chuqur chakka arteriyalari (a.a temporalis profundae) tugaydi.
Shu nomli venalar arteriyalar bilan parallel holda yotadi. Ular
qanot-tanglay venalar tutamiga quyiladi. Limfa tomirlar to ‘ri esa
yuzning chuqur limfa tugunlariga quyiladi.
M ushaklar uch shoxli nervning uchinchi shoxidan chiqadi-
gan old va orqa chakka chuqur nervlari (n.n. temporalis profundi)
orqali innervatsiyalanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mushaklar ostida yana bir qavat siyrak yumshoq yog‘ qavati
bo‘lib, u orqali qon tomirlar va nervlar chakka suyagi tom on
keladi. Bu joyda alohida yiringli jarayon rivojlanishi mumkin.
Suyak ust pardasi butun suyak bo‘yIab,
ayniqsa chakka mu-
shagining suyakka birikadigan joyida mustahkam yopishgan. Suyak
to ‘qimasi yuqori qismlarida kalla qopqog‘iga o'xshash tuzilishga
ega. Uning pastki qismlari ancha yupqa bo‘lib, ozgina shikastlanish
sababli ham sinishi mumkin. Bu esa ko‘p hollarda a. meningea
media ning zararlanishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: