O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


QULOQ SOHASI - REGIO AURICULARIS



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/76
Sana25.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#581173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
Bosh va bo\'yin topografik anatomiyasi (B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003)

QULOQ SOHASI - REGIO AURICULARIS
Bu soha miya va yuz sohalari chegarasida joylashgan. U yuqorida 
bayon etilgan har ikkala sohalarga qo‘shilib ketib, tashqi quloq 
chegarasi (quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘li) bilan chegaralanadi. 
Quloq pardasi (baraban pardasi) orqasida o‘rta quloq, so‘ng yanada 
chuqurroqda (ichkariroqda) ichki quloq joylashgan. Quloq suprasi 
teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan tuzilgan. Faqat quloq 
yumshog'i qismida tog‘ay emas, balki yumshoq yog‘ to ‘qimasi 
mavjud. Quloq suprasi pastki jag‘ bo‘g‘imi va so‘ig‘ichsimon o'simta 
oralig‘ida joylashgan. Quloq suprasi tog‘ayi suyak ust (tog‘ay ust) 
pardasi bilan o ‘ralgan bo‘lib, u orqali qon tomirlar o ‘tadi. Shu 
tufayli suyak ust pardasi shikastlanganda ko‘p qon ketadi. Teri osti 
yog‘ to ‘qimasi quloq suprasi qismida juda yupqa bo‘lib, u asosan 
quloq suprasi qirralari va quloq yumshog'i qismida mavjud. Quloq 
suprasida muskullar bo'lib, amm o ular amaliy ahamiyatga ega 
emas.
Quloq suprasi markazida tashqi eshituv yo‘li teshigi joylashgan. 
Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 — 3,5 sm bo‘lib, uning 1/3 
qismi tog‘ay halqadan, 2/3 qismi esa suyakdan iborat. Tog‘ay va 
suyak qismlari orasida qisilgan qismi (isthmus meatus acusticus 
extemus) bor. U biriktimvchi to ‘qima halqasidan iborat bo‘lib, 
tog‘ay va suyak qismlarini bog'lab turadi. Ko‘pincha tashqaridan 
tushgan yot narsalar shu joydan o ‘tib ketsa, ulami chiqarib 
olish ancha mushkul b o ‘ladi. Tashqi eshituv yo‘li baraban 
pardasida tugaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Eshituv pardasi yuqoridan pastga biroz egilgan holda 
joylashgan bo'lib, uni faqat quloq suprasini yuqori va orqaga 
tortgandagina ko‘rish mumkin.
Eshituv yo‘li ham teri bilan qoplangan bo'lib, uning tuklar, 
yog‘ va oltingugurt ishlovchi bezlari mavjud. Bu joyda teri osti 
yog‘ kletchatkasi kuchsiz rivojlangan bo ‘lib, uning ostida suyak 
ust (tog‘ay ust) pardasi joylashgan, bu yerda o ‘ziga xos kanal 
(yo‘l) mavjud. Eshituv kanalining old devori pastki jag‘ bo‘g‘imi 
bilan chegaralangan. Pastki jag‘ bo ‘ylab urilganda eshituv y o ii 
old devori sinishi mumkin. Yuqori devori (chegarasi) o ‘rta kalla 
chuqurchasi bilan chegaralangan. Orqa devori esa so‘rg‘ichsimon 
0
‘simta old devoridan iborat. Pastki qismi quloq old so iak bezla- 
ri bilan chegaralangan.
Tashqi quloq chakka, quloqning orqa va ensa arteriyalari 
shoxlari orqali qon bilan ta'm inlanadi. Vena qoni esa jag‘ orti 
venasi, quloq suprasining orqa venalari orqali qanot-tanglay vena 
tutamiga quyiladi. Limfa suyuqligi esa quloq old va quloq orti limfa 
tugunlariga yig‘iladi.
Quloq suprasi quloq-chakka va quloqning katta nervlaridan 
chiqadigan shoxlar orqali innervatsiyalansa, eshituv y o ‘li 
adashgan nerv (n. vagus) tarmoqlari orqali innervatsiyalanadi.
Eshituv pardasi ortida o ‘rta quloq bo‘shlig‘i b o iib , unda 
eshituv suyakchalari (bolg'acha, sandoncha, uzangicha) zan- 
jirsimon bogiangan holdajoylashgan. Ular tovushni tashqi quloq- 
dan ichki quloq (eshituv analizatoriga) qa o ik azib beradi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish