O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/76
Sana25.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#581173
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
Bosh va bo\'yin topografik anatomiyasi (B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003)

19-rasm. Jag' va tishlar
innervatsiyasi:
A — Og'iz dahlizi shilliq 
pardasi innervatsiyasi:
1)
yuqori-orqa alveolyar nerv shoxi;
2)
lunj nerv shoxi;
3)
iyak nervi pastki lab shoxi;
4)
ko'z kosasi osti nervining yuqori lab 
shoxi.
B
1)
ko'z kosasi osti nervi;
2)
o'rta yuqori alveolyar nerv shoxi;
3
) yuqori jag' nervi;
4)
uch shoxli nerv tuguni;
5)
pastki jag' nervi;
6)
yuqori-orqa alveolyar nerv shoxlari;
7)
dental (tish) pastki nerv chigali;
8)
dental (tish) yuqori nerv chigali;
9)
oldingi alveolyar nerv shoxlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 .0 ‘rta alveolyar shoxi pastga yo‘nalib, yuqori jag‘ bo‘shli- 
g‘ining tashqi devori ichiga singib, yuqori alveolyar nerv tutami 
o ‘rta qismiga kelib tugaydi.
3. Oldingi alveolyar shoxi, ko‘z kosasi osti nervi suyak 
kanalining chiqish joyidan boshlanib, jag‘ bo‘shlig‘ining oldingi 
tashqi devori qalinligiga kirib, alveolyar nerv tutam ining oldingi 
qismini hosil qiladi. M azkur nerv tutamlari tish ildizlariga nerv 
tarmoqlarini beradi: Orqa qismidan katta oziq tishlarga, o ‘rta 
qismidan kichik oziq tishlari ildizigacha, oldingi qismidan kurak 
va qoziq tishlarga shoxchalar beradi. Shu bilan birga suyak kanali 
orqali milklarga ham alohida shoxlar ketadi. Chap va o ‘ng nerv 
tutamlari bir-biri bilan chambarchas bog'Iiq.
Pastki ja g ‘ tishlari pastki alveolyar nerv (n. alveolaris 
inferior) orqali innervatsiyalanadi. Bu nerv pastki jag‘ teshigi 
orqali suyak kanaliga kirib, iyak osti teshigidan chiqadi. U ayrim 
kishilarda nerv tutam ini hosil qilsa, ko'pchilik hollarda bitta 
tarm oqdan iborat b o ‘lib, tishlarni innervatsiya qiladi. Bu 
tarm oqlar jag ‘ning o ‘rta chizig'ida o ‘zaro anastom ozlar hosil 
qiladi. Tishlar vazifasiga qarab har xil shaklda bo ‘ladi. Kurak 
tishlar dolotosim on (iskana) b o iib , bir ildizlidir. Yuqoridagi 
markaziy kurak tishi ildizi konussim on, qolganlariniki ovalsi- 
m on tuzilishga ega. Bunday tuzilish tishlarni sug‘urib olishda 
aylanma harakatni chegaralaydi.
Qoziq tishlar uzun, bir ildizli bo'ladi. Yuqori qoziq tish 
uchburchak, ko‘ndalang, pastki qoziq tish esa dumaloq tuzilishga 
ega. Bu tishlarni sug‘urib olishda aylanma harakatni qo'llash 
mumkin.
Kichik oziq tishlam ing toj qismi keng bo ‘lib, unda til va lunj 
o ‘siqlari mavjud. Yuqoridagi kichik oziq tishlar 50% ikki ildizli, 
50% uch ildizli bo‘ladi. Pastki kichik oziq tishlar esa bir ildizlidir.
Katta oziq tishlar keng toj qismli bo‘lib, ustida bir nechta 
o ‘siqlari bor. Yuqoridagi oldingi ikkita katta oziq tishlar uch ildizli 
(2 ta lunj, bitta tanglay), ayrim hollarda ulaming ildizlari o ‘zaro 
birikib ketgan bo'lishi mumkin. Yuqoridagi uchinchi katta oziq 
tish 2, 3 va ko‘p ildizli bo'ladi. Pastki 1- va 2- katta oziq tishlar esa 
5-4012 
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


ikki ildizli bo'lib, o'rtacha uzunlikka ega. Uchinchi pastki oziq 
tish (aql tish ham deb ataladi) 2,3 va ko'p ildizli bo'ladi.
Tishlarning ko'p ildizli bo'lishi ularni olishda aylanm a 
harakatni qoMIashni taqozo etmaydi. Ayrim hollarda bu tishlar 
a tip ik — burchakhosil qilib, gorizontal yoki suyak plastinkasi 
bilan yopilgan tarzda joylashgan bo'lishi mumkin. Bunday 
hollarda tishlarni bo'laklab olish usulidan foydalanishga to ‘g‘ri 
keladi.
Tish ildizlari alveolalar (katakchalar) ichida joylashgan. 
Alveolalar devori ham m a joyda bir xil emas. Kurak va qoziq 
tishlar sohasida ancha yupqa, kichik oziq tishlar sohasida lunj 
tarafi yupqa, til tarafi qalin boiadi. Pastki jag'da esa ikkala tomoni 
ham bir xil qalinlikda b o ia d i. Katta oziq tishlar sohasida 
alveolalar devori ancha qalin b o iad i.
Tish ildizi alveolyar (katakcha) devori bilan sindesm oz 
tipida birikkan. Tishlar ko‘plab qon tom irlar vanervlardan 
iborat biriktiruvchi to'qim ali parda — periodont yordamida ush- 
lab turiladi. Tish bo'ynining aylanma boylami — lig. circulare 
dentis deb ataladi.
Yuqoridagi tishlar ellipssimon shaklda, biroz oldingava 
tashqariga egilgan. Pastki tishlar perpendikulyar (tik) b o iib , 
ozroq til tom on egilgan. Tishlarning bunday joylashuvi ularning 
mustahkamligini ta ’minlaydi.
Prikus — yuqori va pastki tishlarning o 'zaro munosabati 
b o iib , bunda kurak va qoziq tishlarning o ‘zaro holatiga e ’tibor 
beriladi.
Norm al — ortognatik prikus (lat. Orthos — to ‘g‘ri, gnathos 
— jag‘ degan m a'noni beradi) uch xil ko'rinishda bo iad i:
1. Qoplovchi prikus — yuqori tishlar pastki tishlami 1 —2 mm 
gacha yopib turadi. Bunda oldingi tishlar va yuqori jag‘ — alveolyar 
o'simtasi oldinga chiqqan boiadi. Bu xil prikus eng ko‘p uchraydi.
2. Teskari qoplovchi prikus — bu holda pastki tishlar 
yuqoridagi tishlarni 1—2 mm gacha yopib turadi.
3. Ortogenik (to ‘g‘ri) prikus — bu holda yuqori va pastki 
tishlar qirrasi bir-biriga to ‘g‘ri keladi.
4. Opistognatik prikus — bu holda alveolyar o ‘siq va oldingi 
tishlar old yoki orqaga siljigan b o iad i.
Patologik prikusning uch xili: oldinga, yon tom onga va 
vertikal xillari tafovut qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish