m
c\i
1 5
1 4
12
8
11
7
20-rasm.
A — Tilning umumiy koTinishi va tashqi muskullari,
B — Ko‘ndalang kesmasi, C — Ustidan koTinishi:
I)
pastki jag' suyagi;
2)
til osti suyagi;
3)
til;
4)
iyak osti-til mushagi;
5)
til osti-til mushagi ;
6)
bigiz-til mushagi;
7)
til uchi;
8)
til
tanasi
9)
til ildizi;
10)
ipsimon so‘rg‘ichlar;
11)
zamburug'simon so‘rg‘ichlar;
12)
jelovsimon so‘rg‘ichlar;
13)
bargsimon so'rg'ichlar;
14)
ko'rteshik:
15)
til bodom bezlari;
16)
uzunasiga yo'nalgan mushaklar;
17)
vertikal
yo'nalgan mushaklar;
18)
ko'ndalang mushaklar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko‘ndalang mushagi uzunchoq mushaklar orasida yotib,
uning
tolalari ko‘ndalang yo'nalgan. U qisqarganda til ko‘ndalangiga
kichrayadi.
Vertikal mushak tilning ichida joylashib, vertikal yo‘nalgan
tolalardan iborat bo‘lib, u qisqarganda til dumaloqlashadi.
Tilning qo ‘shimcha mushaklariga quyidagi muskullar kiradi:
1. Til osti - til mushagi — m. hyoglossus. Bu mushak til
ildizining pastki yuzasidan boshlanib, til osti suyagi shoxi va
tanasiga birikadi. Qisqarganda til uzunlashib orqa va pastga tortiladi.
2. Iyak osti - til mushagi — m. genioglossus.
Bu mushak
pastki jag‘ning iyak qismidan boshlanib, tilning pastki yuzasiga
kelib birikadi. Qisqarganida til burushib, oldinga siljiydi.
3.
Bigiz - til mushagi — m. styloglossus. Bu mushak til yon
yuzasidan boshlanib, bigizsimon o ‘simta va shu o ‘simtaning pastki
jag‘ bilan bogMaydigan boylamiga borib birikadi.
U qisqarganida til
qisqarib, orqaga va yuqoriga ko‘tariladi.
Til qon bilan til arteriyasi (a. Lingualis) shoxlari — til-osti
arteriyasi, chuqur va orqa arteriyalar hisobiga ta'm inlanadi. Shu
nomli vena tomirlari arteriyalar bilan yonm a-yon yotadi.
Tilning oldingi qism limfa tizimi mustaqil bo'lib, limfa tomiri
m. mulohyoideus orqali teshib o ‘tib, pastki jag‘ osti va iyak osti
limfa tugunlariga quyiladi. Til ildizi limfa tomirlari bo ‘yinning
chuqur limfa tugunlariga quyiladi.
Tilda turli xil sezgi nerv retseptorlari joylashgan:
— Til (yuzasi) ning oldingi 1/3 qismi shirin ta'mni sezadi.
— Tilning yon qismi nordon ta’mni sezadi.
— Tilning orqa qismi ko ‘proq ach ch iq ta ’m ni sezishi
aniqlangan.
Bulardan tashqari, tilda og'riqni,
haroratni, tegish ta'sirlari
(bosim) ni sezuvchi nerv retseptorlari mavjud.
Til mushaklari til osti nerv tolasi orqali innervatsiya-lanadi.Til
osti shilliq qavati og‘izni ochib, tilni ko‘tarsa juda yaxshi ko‘rinadi.
Bunda tildan jag‘ suyagiga tortilgan burmachani aniq ko‘rish
mumkin. Qisqa burma go‘dak bolalarda tilning to‘la (erkin) harakat
qilishiga to ‘sqinlik qiladi, natijada bolaning sut yutishini qiyinlashti-
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
radi va so‘z talafifuzining aniq boMishiga to'sqinlik qiladi. Shuning
uchun bu burmachani kesishga to‘g‘ri keladi. Tilning pastki yuzasi
bo‘ylab shilliq parda til bezlarining yoilari ochiladigan soTgichli
burmachalar hosil qiladi.
Til yuganining erkin cheti coruncula sublingvalis bilan tu-
gab, u yerga jag ‘ osti va til osti bezlarining y o ii ochiladi. Uning
yonida pastki jag‘ suyagiga parallel holda til osti burmalari yotadi.
Bu burm a qirralari bo ‘ylab kichik til osti bezlarining y o ii ochi-
ladi. Tildan milklaiga oiadigan shilliq parda ostida siyrak qatlam
b o iib , u til osti sohasini to id irib , og‘iz bo‘shlig‘ining tubigacha
davom etadi. Bu yog‘ qavati orqali ikkita mushak o ‘tadi: m.
hyoglossus va m. genioglossus.
Ular ostida limfa tugunlari, qon
tom irlar va nervlar joylashgan.
Til osti burmalari ostida, 2 - 3 - oziq tishlar to‘g‘risida, til yon
chekkasi va pastki jag‘ ichki yuzasi orasida chuqurcha mavjud. Uning
uzunligi 2—2,5 sm, kengligi 1—1,5 sm bo‘lib, tilni qarama - qarshi
tomonga shpatel yordami bilan surganda yaxshi ko‘rinadi. Shu
chuqurcha orqali til nervi kiradi. Uning pastrog'ida jag‘ osti bezi
yo‘li mavjud. Undan til arteriyasi til osti-til mushagi yordamida
ajralib turadi. Shilliq qavat ostida til osti so‘lak bezlari yotadi.
Jag‘ osti bezi yo'lidan ichkari va
chuqurroqda til arteriyasi
o ‘tadi. U uchta shox beradi. Ular orqa, til osti va chuqur shoxlar
deb ataladi. C huqur shox arteriyaning to ‘g‘ridan-to ‘g‘ri davomi
hisoblanib, til ichiga kirib boradi va til uchigacha yetadi.
Til nervi til osti yog‘ qavati orqali pastki jag ‘ osti bezi
yo‘li ostidan o ‘tib, til m ushaklari ichiga kiradi. 3-jag‘ tishlar
sohasida shilliq qavat ostida biroz yuza joylashgan bo'lib, jarroh
uni oson topishi m umkin. Til - halqum nervi bigiz-til mushagi
ichki yuzasi b o ‘ylab til osti-til mushagi
orqa cheti orqali til
ildiziga borib tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: