O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Qattiq tanglay (Palatum durum)



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/76
Sana25.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#581173
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
Bosh va bo\'yin topografik anatomiyasi (B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003)

Qattiq tanglay (Palatum durum). 
Yuqori jag‘ suyagining 
shunday nom dagi o ‘sim tasi va tanglay suyagi gorizontal 
plastinkasining o ‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Uzunasiga tanglay 
choki suyakli valik hisoblanib, yuqori jag‘ tishlarini protezlashda 
birm uncha qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Qattiq tanglay 
halqum orqa devoriga 0,5 sm yetmay tugaydi. Homilada u tekis
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lsa, keyinchalik gumbaz shaklini oladi. Qari kishilarda tishlar 
tushib ketgach qattiq tanglay yanada yassilashadi. Qattiq tanglay 
yon tom onlardan alveolyar o ‘simta bilan chegaralanadi.
Qattiq tanglay shilliq pardasi oldindan suyak pardasi bilan 
zich birikib ketgan b o ‘lib, yosh ulg‘ayishi bilan burm alar 
tekislashib boradi. Shilliq osti qavati qattiq tanglayning orqa qismida 
yaxshi rivojlangan bo‘lib, uning ostida qon tomirlar, nervlar va 
so‘lak bezlari yotadi.
7
8
15-rasm. Tanglayning (shilliq qavati qisman olib tashlangan)
pastdan ko‘rinishi :
I)
qattiq tanglay; 
2)
tanglay bezlari; 
3)
yumshoq tanglay; 
4)
tanglay-til yugani; 
5)
tanglay-halqum yugani; 
6)
tanglay bodom bezlari
7)
tanglay tilchasi; 
8)
til muskullari; 
9)
tanglay-halqum muskuli; 
10)
tanglay-til muskuli.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yumshoq tanglay. 
U qattiq tanglayning davomi b o'lib, 
halqumgacha davom etadi. Yumshoq tanglay shilliq osti va mushak 
qavatlaridan iborat (15-rasm). Yumshoq tanglay yon tom ondan 
halqumning chekka devori bilan, orqada erkin holda tilchasimon 
o ‘simta tarzda tugaydi. Tilcha tinch nafas olishda osilib turadi va 
og‘iz bo‘shiig‘ini halqumdan ajratib turadi, yutinganda orqaga va 
yuqoriga ko‘tarilib, og‘iz bo‘shlig‘ini burun-halqum dan ajratadi.
Yumshoq tanglayning quyidagi mushaklari mavjud:
1) tilcha mushagi — m. uvulae. Bu mushak asosan paylardan 
iborat bo‘lib, tilcha uchida tugaydi;
2) tanglay-til mushagi — m. palatoglossus. Bu mushak til ildizi 
mushagining chekka (lateralis) qismidan boshlanib, yumshoq 
tanglay o ‘rta chizig‘ida tugaydi;
3) tanglay-halqum mushagi — m. palatopharyngeus. Bu 
mushak halqum yon devori mushaklaridan boshlanib, yumshoq 
tanglayda tugaydi va qarama-qarshi tomondagi shu nomli mushak 
bilan qo‘shilib ketadi;
4) yumshoq tanglayni ko‘taruvchi mushak — m. levator veli 
palatini. Bu mushak yumshoq tanglaydan boshlanib asosiy suyak 
qanotlari va Yevstaxiy nayi tog‘ayiga birikadi.
Tanglay mushaklari til va halqum mushaklari bilan birga 
qisqarish, yutinish va gapirish (nutq) aktini yuzaga chiqaradi.
Tanglayni qanot-tanglay kanali orqali qon bilan pastga 
tushuvchi tanglay arteriyasi (a. palatina descendens) ta'minlaydi. 
Katta shoxi oldinda alveolyar o ‘simta bo ‘ylab tarqalib qaram a- 
qarshi tom on yo'nalib, shu nomli arteriyasi bilan anastomoz 
hosil qiladi va qon bilan qattiq tanglay to'qim asini ta'm inlaydi. 
Kichik shoxi esa qon bilan yumshoq tanglay, bodom bezlari va 
shu atrofdagi to ‘qimalami ta'm inlaydi.
Yumshoq tanglay qo‘shimcha ravishda qonni tanglayning 
ko‘tariluvchi arteriyasi va halqum arteriyalaridan oladi.
Qattiq va yumshoq tanglay venalari o ‘ziga xos to‘r hosil qilib, 
qanotsimon hamda halqum vena tutamlariga qo‘shiladi.
Limfa tomirlari limfa suyuqlig'ini tish, milk va yuqori jag‘ 
sohalaridan yig‘ib oladi va shilliq osti qavati orqali davom etib, 
halqum devorini teshib o ‘tib, halqum oldi bo ‘shlig‘i ham da
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish