O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»


Biznes reja ishlab chiqarish bo‘limining maqsadi va vazifalari



Download 0,89 Mb.
bet67/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

1. Biznes reja ishlab chiqarish bo‘limining maqsadi va vazifalari.
Ishlab chiqarish bo‘limi biznes rejaning asosiy negizigi tashkil qiladi. Mazkur bo‘limda qanday mahsulotdan qancha miqdorda ishlab chiqarish, qanday jixozlarda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlari uchun kerak bo‘lgan muxandislik kommunikatsiyalari (elektr energiyasi, suv, tabiiy gaz, siqilgan havo va boshqalar)ga bulgan ehtiyoj, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlar, ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt va smenalar miqdori kabi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish bo‘limining vazifasi tayyorlanayotgan biznes reja iqtisodiy samaradorligini belgilashda barcha texnik va texnologik hisoblarni aniqlashdan iborat. Mazkur bo‘lim o‘z ichiga quyidagi qismlarni oladi:

  • ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan maxsulot xom ashyosi, uning xarakteristikasi va xarajat me’yorlari;

  • mahsulotga ishlov berish texnologiyasi va texnologik jixozlar tarkibi;

  • texnologik jixozlar unumdorligi asosida ishlab chiqarish quvvatlari va dasturi;

  • ishlab chiqarishga ketadigan vaqt va smenalar miqdori;

  • texnologik va muxandislik jixozlarini joylashuv sxemasi;

  • ishlab chiqarish va yordamchi binolarning xarakteristikasi (o‘lchamlari, tabiiy yorug‘lik uchun derazalar, darvoza va eshiklar, pol qismining xarakteristikasi, yer osti va usti kommunikatsiya tizimlari va xokazo);

  • texnologik opretsiyalarni bajarishda asosiy va yordamchi ishlovchilar hamda ularga yaratiladigan qulayliklar (ish o‘rinlarini jixozlash);

  • bino ichidagi transport vositalari, yo‘llar va yo‘laklar;

  • xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar va tayyor maxsulotlar saqlash uchun maydonlar.



  1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning ta’minoti.

Ishlab chiqarish jarayoni – ishlovchilarning mexnat qurollari yordamida korxonadagi xom ashyo, materiallarni belgilangan sifatda va belgilangan muddatda tayyor mahsulotga aylanishdagi barcha xarakatlar tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoni assosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.


Ishlab chiqarish jarayonini texnik va tashkiliy-iqtisodiy tavsifi maxsulot turi, ishlab chiqarish xajmi, ishlatilayotgan texnika va texnologiyalarni turlari hamda maxsuslashtirish darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Asosiy ishlab chiqarish jarayoni bevosita tayyor maxsulot ishlab chiqarishdagi jarayonlardir. Ya’ni, metall rudasini pechga solib eritish va quymalar olish yoki donni yanchib un va non maxsulotlari tayyorlash kabi jarayonlar.
Yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari maxsulot tayyorlanishida xom ashyoni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish, moslama va uskunalarni o‘rnatish hamda sozlash, dastgohlarni moslashtirish kabi xarakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar – bu ish o‘rinlarini tozalash, dastgohlarni ta’mirlash, asbob-uskunalarni charxlash kabi jarayonlardir.
Ishlab chiqarish jarayoni tayyorlanishidagi dastlabki bosqich maxsulot (xizmatlar) tayyorlash strategiyasini belgilash, zarur bo‘lgan sifat va miqdorni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan xom ashyo va yordamchi materiallarni tanlash va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish muddatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu jarayonni ishlab chiqishda ishlab chiqarish maydonlari mavjudligi, ularni rejalashtirilayotgan loyihaga moslashtirilishi yoki bino va inshootlarni yangidan qurilishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Maxsulot ishlab chiqarish strategiyasini belgilashda texnologiyalar tanlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish xajmlariga bog‘liq bo‘ladi. Maxsulot miqdori ozrok va nomenklaturasi ko‘proq bo‘lgan ishlab chiqarish bilan nomenklaturasi kam (yoki faqat bir xil) va miqdori ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish strategiyasi tubdan farq qiladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish