Reja:
Kirish……………………………………………………………………………....3
1. Ishlab chiqarishni strategik boshqarishning moxiyati………………………5
2. Strategik boshqaruv uzoq muddatli boshqaruv faoliyati sifatida…...……12
3. Ishlab chiqarishni strategik boshqarish jarayoni bosqichlari……………..17
4. Korxonaning istiqboldagi strategiyasini belgilash yo’llari…………………23 Xulosa………………………………………………………………………….....29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………31
Kirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev “2020 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha eng dolzarb masalalar va shularning qatorida tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatbardosh maxsulotlar yaratish bo’yicha amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar to’g’risida quyidagilarni bayon qildilar. “Mamlakatimiz iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi. Xorijiy investorlarni faol jalb etish maqsadida, joriy yil mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada o‘tkazish zarur. Investitsiya jalb qilishning samarali vositalaridan biri bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini transport, energetika, yo‘l, kommunal, tibbiyot, ta’lim kabi sohalarga keng tatbiq etish kerak.”1
Har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznes sohasida yangi rivojlanish yo‘llari orta bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishning bugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarish, sotish strategiyasini takomillashtirish, shuningdek marketing strategiyasini rejalashtirish jarayonini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Shularga muvofiq, korxonalarni straregik boshqarish juda muhim bo’lib bormoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda amaliyotda strategik boshqaruvni qo’llash va uning vazifalaridan maqsadli foydalanish, korxonalar faoliyatini boshqarishda strategiyalarni rejalashtirish va boshqarish muammolariga korxonalarda katta ahamiyat berilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitida O’zbekistonda korporativ boshqaruv strategiyasining nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish, ularni faoliyatini samarali tashkil qilish, raqobatchilikda g’oliblikka erishish, tarmoqdagi vaziyatdan kelib chiqib korporativ boshqaruv strategiyasining jarayonini oqilona tashkil qilish, tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazishga xizmat qiladi. Bular esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |