3.3. Personalni boshqarishning chet el tajribalari
Transmilliy korporatsiyalar, qoshma korxonalar, 100 foizli Nizom jamgarmasiga ega chet el sarmoyasi hisobiga shakllangan qoshma korxonalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi globallashuv sharoitida personalni boshqarishning umum etirof etilgan qoida va tamoyillari bilan bir qatorda ushbu sohada har bir davlatning oziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Ikki yoki bir necha mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan qoshma korxonalarda tadbirkorlar oz sheriklarining davlatidagi nafaqat amaldagi qonunchiligi, balki oziga xos mehnat etikasi, milliy xususiyatlarini, madaniyatini, urf-odatlarini ham juda yaxshi bilishlari talab etilmoqda. Shuning uchun, aytaylik, yaponiyalik ishbilarmonlar ozlarining AQSHda joylashtirilgan korxonalarida personalni boshqarishning ananaviy uslublarini amerikaliklarning ichki ishlab chiqarish munosabatlari va turmush tarzini hisobgaolgan holda sezilarli darajada ozgartiradilar.
Transmilliy kompaniya va firmalarning menejerlari, masalan, Fransiyada personal qattiqnazoratninghar qanday korinishlariga juda faol qarshilik korsatishlarini bilishlari shart. Personalni boshqarishning Gollandiya modeli esa kop jihatdan murosasozlik tamoyiliga asoslangan. Ushbu tamoyil birgaliqdagi faoliyat davomida jamoa bolib bir qarorga kelishga komaklashadigan kopdan-kop tarkibiy tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
Gollandiya modelida imzolangan bitimlarga hurmat hamda firmaning har bir azosi tomonidan bu bitimlar ijrosini eng yaxshi tarzda bajarish uchun maqbul yollarni izlash xosdir. Ammo belgilab qoyilgan qoida va tamoyillar ozgargan taqdirda ishlab chiqarish tarkibidagi xohlagan bogin yangi bitim boyicha oz tashabbusi bilan chiqishi va uni yangi bitim imzolangunga qadar himoya qilish huquqiga ega. Mutaxassislarning fikriga kora, boshqaruvning bu modeli gollandiyaliklarning XVI asrdayoq tarkib topgan siyosiy tamoyillariga borib taqaladi. Osha davrda muhim qarorlar qabul qilish uchun mamlakat provintsiyalari aholisiga yangi qarorlarning ahamiyati togrisida uzoq vaqt tushuntirish olib borish va ularni ushbu prinsipial masalalarda bir murosaga keltirish kerak bolgan.
Garblik tadqiqotchilar jahon xalqlari milliy xususiyatlari, qadriyatlarini hisobga olgan holda er yuzidagi davlatlarni quyidagi guruhlarga ajratganlar:
guruh ingliz tilida sozlashuvchi davlatlar (Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya).
guruh German mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Shveytsariya).
guruh Garbiy Evropa mamlakatlari (Belgiya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya).
guruh Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya).
guruh Lotin Amerikasi mamlakatlari (Argentina, Chili, Kolumbiya, Meksika, Peru, Venesuela).
guruh Yaqin Sharq (Gretsiya, Turkiya, Eron).
guruh Uzoq Sharq (Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Vetnam).
guruh Arab mamlakatlari (Baxrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari).
Mustaqil davlatlar (boshqa mamlakatlar bilan yaqin oxshashligi yoq Yaponiya, Hindiston, Isroil).
Jahonda mashhur kompaniya va firmalarning personalni boshqarish tizimini yaratishda oz tamoyillari mavjud. Jumladan, Apple kompaniyasida boshqaruv personali imkoni boricha kam sonli bolishiga katta etibor beriladi. Buning uchun bu erda axborot texnologiyalaridan juda keng qollaniladi. App1e har bir xodimi bozor talabiga qatiy rioya etgan holda ish korishi zarur. Ular uchun eng yuqoridan eng past xizmat darajasigacha kompaniya faoliyati uchun yuksak shaxsiy masuliyat hissi juda rivojlangan.
Phillips kompaniyasida esa personalni boshqarish ish bilan band bolganlar miqdori hisobga olingan holda 34 bosqichlidir. Shunday bolishiga qaramasdan hamma bogindagi boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish, bozor muhiti ozgarib turishiga juda moslashuvchan.
IBM, App1e” kabi kompaniyalar personal uchun oz korxonalari nufuzini butun choralar bilan oshirishga qaratilgan maxsus tarbiyaviy dasturlarni ishlab chiqqanlar. Bu dasturlarda kompaniya oz xodimlaridan korxona nufuzini kotarish uchun ozlarini ham ishlab chiqarishda, ham ishlab chiqarishdan tashqarida qanday tutishlari, axloqiy mezonlar batartib korsatib berilgan.
Shu munosabat bilan Lufthhansa” (Germaniya) aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning asosiy tamoyillari diqqatga sazovordir. Ular quyidagilarda bayon etilgan:
Biz xizmat korsatuvchi korxona hisoblanamiz.
Biz ham ichki, hamda xalqaro havo yollarida xizmat korsatadigan nemis korxonasi hisoblanamiz.
Biz yolovchilar va yuklarni manzilga iloji boricha ishonarli, muntazam va aniq etkazib beramiz.
Biz xizmatlarimizni Germaniya iqtisodiyoti ehtiyojlariga yonaltiramiz.
Biz ilmiy qarashlarni hisobga olgan holda ishlaymiz.
Jahondagi eng yaxshi havo yollariga taalluqli bolish bizning maqsadimizdir. Buning uchun biz:
aviatsiya sohasidagi malakamizga;
texnik aniklikka;
xizmat korsatishga doimo tayyor ekanligimizga tayanamiz.
Biz mijozlarimizga, ayniqsa ishbilarmonlarga erda va havoda eng yaxshi xizmatni taklif etamiz.
Bizning maqsadimiz xodimlarni ijtimoiy himoya bilan taminlashdir.
Bizning maqsadimiz sarmoya egalariga tegishli foyda olishni taminlashdir.
Biz ishonchli sherikmiz.
Bizning xulqimiz bizning xatti-harakatlarimizda namoyon boladi.
12. Biz ozimizning ishonchli ekanimizni sifatli va yuksak
xizmat korsatish darajamiz barqarorlitida namoyon qilamiz.
Personalni boshqarishda jahonda toplangan va katta samara keltirayotgan tajribalardan oqilona, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muvaffaqiyat kalitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |