О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet6/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

2-bob
MEHNAT HUQUQINING MANBALARI
Mehnat huquqi manbalari tushunchasi, turlari va ularning aha-miyati. Mehnat huquqining manbayi deganda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xodimlar va ish beruvchilar vakillik organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida xodimlarning meh­nat sharoitlarini tartibga solish, o'zaro mehnat munosabatlarini boshqarish yuzasidan qabul qilinadigan huquq normalarining ifo-dalanish shakli nazarda tutiladi.
Mehnat huquqi manbalari qonunlar va qonun asosida qabul qilinadigan boshqa huquqiy hujrjatlardan iborat bo'lishi mumkin. Qonunlar, o'z navbatida, Konstitutsiya va amaldagi qonunlardan iborat bo'lishi mumkin. Mehnat huquqining bosh manbayi O'z-bekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'lib, unda har qan-day fuqarolarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa huquq-lari, jumladan, eng asosiy tabiiy huquqlaridan hisoblanuvchi erkin mehnat qilish, dam olish, mehnatga yarasha ish haqi olish, ado-latli va qulay ish sharoitlarida mehnat qilish, mehnat huquqlari amalga oshirilishining kafolatlanishi, samarali tarzda himoya qili-nishi nazarda tutilgan (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -ning Muqaddimasi, 13, 14, 15, 18, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 48 va boshqa moddalari).
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning Asosiy qonuni sifatida mehnat qonunchiligining shakllanishi va rivojlanishi uchun tabiiy yuridik negiz sifatida xizmat qiladi. Har qanday qonun, qonun hujjatlari yoki boshqa harakatlar O'zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga zid bo'lishi mum­kin emas.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaning so'zsiz ustuvor ekanligi aytilgan. Unda inson hu­quqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanligi, barcha davlat or­ganlari, ularning mansabdor shaxslari o'z kundalik faoliyatlarida unga so'zsiz amal qilishlari shart ekanligi, inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlar (ayniqsa, «Inson huquqlari umumja- hon deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro pakti va boshq.) O'zbekiston Respublikasi­ning huquq tizimi tarkibiga kirishligi qayd etilgan.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo'lgan akt sifatida meh­nat huquqi manbalari shakllantirilishi va rivojlantirilishida hu­quqiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Mehnat huquqi manbalari hisob-lanadigan qonunlar orasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan va 1996-yil 1-ap-reldan amalga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi yetakchi o'rin tutadi. Mazkur kodeks tarkibiy tuzilishiga ko'ra umumiy va maxsus qism, 16 bob, 294 moddadan iborat. Unda mamlakatimizda yuzaga keladigan barcha asosiy mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan tartib-qoidalar, qonun normalari jamlangan.
Mehnat kodeksi yangi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlarini xalqaro standartlarga muvofiq tarzda hu­quqiy tartibga solish vazifasini bajaradi. Mehnat huquqi manbalari sifatida qonunlar muhim o'rin tutadi. Bular orasida O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi1, «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi2, «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi3 va boshqa Qonunlar alohida qayd etib o'tilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari ham mehnat huquqi manbalari sifatida muhim o'rin tutadi. Jum­ladan, 2006-yil 5-yanvardagi «Yirik sanoat korxonalari bilan kasa-nachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi4 Farmoni, 2007-yil 6-apreldagi «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'-risida»gi5 Qarori va boshqalar.
Mehnat huquqining eng muhim masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qaror va farmo-yishlar alohida o'rin tutadi. 1997-yil 11-martdagi «Amaldagi qonun-larni Mehnat kodeksi talablariga muvofiqlashtirish to'g'risida»gi,
2001-yil 24-avgustdagi «Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tad-birkorlik qilayotgan jismoniy shaxslar ish stajini hisoblash va pen-siya jamg'armasiga badallar ajratish tartibini tasdiqlash to'g'ri-sida»gi va boshqa qarorlar shular jumlasiga kiradi.
Boshqa idoraviy hujjatlar ham mehnat huquqining manbayi sanaladi. Bular orasida O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va boshqa boshqaruv tashkilotlari chiqaradigan me'yoriy hujjatlarning salmog'i katta. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Xotin-qizlar mehnati qo'llanilishi taqiqlagan meh­nat sharoiti noqulay bo'lgan ishlar ro'yxati», «Mehnat daftarcha-larini yuritish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnoma», «Ichki mehnat tartibining Namunaviy qoidalari» va boshqalar shular jumla-sidandir.
Vazirliklar va idoralar tomonidan chiqariladigan me'yoriy xa-rakterga ega bo'lgan, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar uchun huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiruvchi me'yoriy hujjatlar belgilangan tartibda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyingina yuridik kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari to'g'risidagi qonuniga muvofiq tuman, shahar, viloyat (Toshkent shahar) hokimliklari tomonidan o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar ushbu hududlardagi barcha shaxslar uchun maj-buriy kuchga ega va mazkur mahalliy hokimiyat organlari meh-natni tashkil etish, muayyan sharoitlar belgilash va boshqa masa-lalarga oid mehnat huquqining manbayi sanaluvchi me'yoriy huj­jatlar chiqarishlari mumkin (masalan, korxonalar ish rejimini belgilash va h.k.).
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasi, 2-qismida ta'kidlanganidek, «qonunlardagiga nisbatan qo'shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan, shartnoma yo'sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, ja­moa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek, xodim va ish bemvchi o'rtasida tuzilgan mehnat sharnomasi bilan belgila-nishi mumkin», ya'ni xodimlar uchun mehnat huquqlari va kafo­latlari kamida qonunlarda belgilangan darajada bo'lishi lozim va bu huquqlar hajmi jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari, boshqa lokal hujjatlar mehnat huquqining o'ziga xos va mustaqil manbayi
hisoblanadi. Korxonalarda qabul qilinadigan jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartib-qoidalari, mansab yo'riqnomalari va boshqa­lar lokal normativ hujjatlarning hayotiy ko'rinishlaridandir.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasiga ko'ra, «Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma-sida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to'g'­risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imti-yozliroq qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma yoki kon-vensiyaning qoidalari qo'llaniladi». Ya'ni O'zbekiston ishtirok et-gan ikki tomonlama xalqaro shartnomalar ham mehnat huquqi­ning mustaqil manbalaridan sanaladi.
Mehnat munosabatlari qonunlar yoki boshqa qonun kuchiga ega hujjatlar bilan tartibga solinmagan hollarda odatdagi muo-mala tamoyillari, urf bo'lgan qoidalar asosida masalalar hal eti-lishiga ham yo'l qo'yiladi. Ammo bu urf-odat tamoyillari qonun-chilikka zid bo'lmasligi, kamsitish, huquqlarni cheklashga olib kel-masligi shart.
Yevropa va Amerika qit'asidagi ayrim davlatlardan farqli o'la-roq, mamlakatimizda sud amaliyoti (sud pretsedenti) mehnat hu­quqining manbayi hisoblanmaydi. Ammo O'zbekiston Respub­likasi Oliy sudi plenumining qarorlari qonunlarni to'g'ri tushunish, amalda to'g'ri qo'llash, sud xatoliklarining oldini olish, qonunchi-likni mustahkamlashda juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Ma­salan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 17-apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qi-lishga oid qonunlarni qo'llanilish amaliyoti to'g'risida»gi qarori1 shular jumlasidan sanaladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish