О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet7/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat huquqi manbalari sanaluvchi normativ hujjatlarning vaqt, hudud hamda shaxslarga nisbatan amal qilinishi. Har qanday normativ-huquqiy hujjatlar to'g'ri qo'llanilishi, ijtimoiy munosa-batlarini samarali tarbiga solishi, huquqlarni himoya qilish yuza-sidan belgilangan vazifalarni to'liq bajarilishi uchun, eng awalo, ularning amal qilish doirasini yaxshi tushunib yetmoq, har bir huquqiy hujjat qayerda qo'llanilishi, qachon qo'llanishi va kimlarga nisbatan qo'llanilishi lozimligim aniq-ravshan tasawur etmoq, belgilab olmoq shart.
Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari vaqt davomida, hudud doirasida va shaxslar orasida amal qiladi. Odatda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilgan paytidan boshlab, to bekor qilinguniga qadar O'zbekistorming barcha hududlarida, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan amal qiladi. Biroq, normativ-huquqiy hujjatlarning bevosita o'zida yoki boshqa maxsus huquqiy aktlarda ularning vaqt, hudud va shaxslar orasida amal qilishining alohida qoidalari belgilab qo'yilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi e'lon qilingan sana-dan, ya'ni 1992-yil 8-dekabrdan boshlab O'zbekistorming barcha hu­dudida, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan amal qua boshladi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining vaqt, hudud va shaxslar orasida amal qilishga oid qoidalar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini amalga kiritish tartibi to'g'risida»gi qarorida belgilanishicha: «O'z­bekiston Respublikasining Mehnat kodeksi kodeks amalga kiritil-ganidan keyin, ya'ni 1996-yil 1-apreldan e'tiboran yuzaga kelgan mehnatga oid munosabatlarga nisbatan qo'llaniladi».
Normativ-huquqiy hujjatlar vaqt doirasida yuridik kuchga kirgan paytdan boshlab, to bekor qilingunicha yoki uning o'rniga boshqa ana shunday qonun hujjati qabul qilinguniga qadar amalda bo'ladi. Qonunlar va qonun hujjatlarining hudud bo'ylab amal qilishi muayyan ma'muriy-hududiy chegaralar bilan chegaralangan. Umumiy qoidaga ko'ra, davlat qonunchilik, boshqaruv va mahalliy davlat hokimiyati organi qabul qilgan huquqiy aktlar O'zbekiston-ning butun hududida, tegishli mahalliy davlat hokimiyati yurisdik-siyasi chegaralarida amal qiladi. Ammo, normativ-huquqiy hujjat-ning o'zida yoki uni amalga kiritish tartiblarini belgilovchi boshqa huquqiy aktda uning tor hududlarda, muayyan tarmoqda amal qilishligi ko'rsatib qo'yilishi mumkin.
Qonun va qonunosti me'yoriy hujjatlarini shaxslar o'rtasida amal qilishi xususida ham ular respublikaning barcha jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan tatbiq etilishini, maxsus belgilab qo'­yilgan hollarda faqat jismoniy shaxslarga (masalan, ishga joyla-shish huquqini beruvchi normalar) nisbatan qo'llanishi mumkin-ligini qayd etish lozim. Shuningdek, mehnat huquqining ayrim normalari xodimlarning ayrim toifalariga (masalan, homilador va uch yoshgacha bolasi bo'lgan ayollar, o'smirlar, nogironlar va h.k.lar) qaratilishi mumkin. Bunday holda bu normalar faqat ushbu shaxslar o'rtasidagina amal qiladi.
O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar lo'g'risida»gi Qonuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar tushun-chasi, ularga qo'yiladigan talablar, ularning vaqt, hudud va shaxslar o'rtasida amal qilishi xususiyatlari, ularga sharh berilishi tartiblari belgilab qo'yilgan. Ushbu qonunda davlat organlari qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan hisobga olib borilishi, muntazam nashr etilishi ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari va idoralari tomonidan qabul qilinadigan me'yoriy hujjatlarni qabul qilish hamda amalga kiritishning maxsus tartibi belgilab qo'yilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli «Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar me'yoriy hujjatlarning qonuniyligini ta'minlash choralari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ushbu organlar tomonidan qabul qilingan me'yoriy aktlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirli-gida huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab o'n kun o'tgach, kuchga kiritilishi belgilanadi. Ana shunday ekspertizadan o'tkazilmagan va davlat ro'yxatiga olinma-gan normativ-idoraviy hujjatlar yuridik kuchga kirmasligi va ularda jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun majburiyatlar kelib chiq-masligi, ular asosida huquqiy javobgarlik qo'llash mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.
Korxonalarning bevosita o'zida qabul qilinadigan yoki mintaqa, tarmoq doirasida ishlab chiqiladigan lokal normativ-huquqiy huj­jatlarning vaqt, hudud va shaxslar o'rtasida amal qilishi ham davlat organlari normativ hujjatlari qo'llanilishiga o'xshash bo'lsa-da, ammo ular muayyan korxona hududida qo'llanishga mo'ljallan-ganligi, uning vaqt doirasida amal qilishi ushbu korxona ish be-ruvchisi va xodimlar vakillik organlari o'zaro kelishib belgilaydi-gan muddatlar bilan cheklanishi, mazkur lokal normativ-huquqiy aktlar ushbu korxonadagi barcha xodimlarga, korxonaning ish beravchisiga tarqalishi bilan ulardan farq qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnat huquqiga oid qanday qonunlarni bilasiz?
2. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi haqida so'zlab bering.
3. Mehnat haqidagi qonun hujjatlarining vaqt, hudud va shaxslar o'r­tasida amal qilish qoidalarini bilasizmi?
4. Mehnat huquqiga oid xalqaro huquqiy hujjatlarni bilasizmi?



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish