О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet2/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat huquqi — huquq sohalari orasida yetakchi o'rin tutadi. Mehnat huquqi mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga ke-luvchi, yollanma mehnatni qo'llash va undan foydalanishni tash­kil etish oqibatida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni tar­tibga soladi.
Moddiy va ma'naviy boyliklar yaratish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo'lib, barcha shaklda meh­nat faoliyatiga taalluqlidir. Bunda birgalikdagi mehnat faoliyati ijti­moiy ishlab chiqarish jarayonidagi kishilar tomonidan ishlab chi-qarish qurollari va vositalariga ta'sir etishga oid aloqalar sifatida baholanmog'i lozim. Bunday aloqalar har doim tashkiliy tusga ega, jamoa bo'lib ishlashning muayyan qoidalarini o'z ichiga oladi.
Birgalikdagi mehnat ishtirokchilarining mavqeyiga ko'ra, birga­likdagi mehnat mustaqil mehnat (mulkdorning mehnati) va yol­lanma mehnat (mulk egasi bo'lmaganlar mehnati) kabi turlarga bo'linadi. Mehnat bozorining mavjud bo'lishi, yollanma mehnat -dan foydalanish mehnatning ikkinchi turi bilan bog'liq bo'ladi.
Keng miqyosli xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy mulkchilikning rivojlanishi, tadbirkorlikka keng yo'l ochi-lishi O'zbekistonda mehnatni tashkil etishda bozor munosabatlariga
xos shakllar hamda usullarni qaror topishi va rivojlanishiga imkon yaratdi, mehnatni tashkil etish va qo'llashga oid ijtimoiy munosa-batlarga yangicha yondashuvni talab etdi.
Respublikamiz Prezidenti LA. Karimov Vazirlar Mahkama-sida so'zlagan nutqida ta'kidlaganidek: «Biz yangi asrga, yangi yuz yillikka qadam qo'ydik. Yangi yuz yillikni biz uchun qanday bo'­lishi bu davrda oldimizda turgan vazifalarni nechog'liq ado eti-shimizga bog'liq. Biz jamiyatni yangilash, islohotlarni izchil amalga oshirish bo'yicha aniq-ravshan va har tomonlama puxta o'ylangan dasturgaegamiz»1.
Mehnat huquqi tushunchasi va predmeti. Mehnat huquqi mehnat jarayoni texnologiyasini emas, balki birgalikdagi mehnat davomida uning ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keluvchi sotsial aloqalarni tartibga soladi.
Mehnat huquqining predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosa­batlar alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Bevosita mehnatga oid munosabatlar. Mehnat huquqi predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar orasida moddiy va ma'naviiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida mehnatni tashkil etish yuza-sidan vujudga keluvchi, mehnatdan foydalanishga oid bo'lgan ijtimoiy aloqalar asosiy o'rinni egallaydi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining tarkibiy qismi sanalib, turli sotsial guruhlarning mavqeyini aks ettiradi. Mehnat munosabatlari ishtirokchisi sifatida ishlovchi va ish beravchi ishtirok etib, ular o'rtasidagi munosabat shartnoma (kontrakt) asosiga va haq to'lash evaziga asoslangan.
Mehnat munosabatlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
a) bu munosabatlar korxonada birgalikda mehnat qilishdan kelib chiqqan holda tartibga solinadigan ichki mehnat tartibi qoida-lari doirasida amalga oshiriladi;
b) xodim aniq bir korxona-tashkilotning mehnat jamoasi tar-kibiga kiritiladi;
d) xodimni korxona jamoasiga qo'shilishi alohida yuridik fakt — mehnat shartnomasi tuzish, saylov yoki tanlovdan o'tish bilan bog'liq bo'ladi;
e) mehnat shartnomasining mazmuni xodim tomonidan muayyan kasb, ixtisos bo'yicha ishning bajarilishiga qaratilgan bo'ladi.
Faqat yollanib ishlovchi xodimlar mehnatigina mehnat huqu-qining predmeti sanaladi va mustaqil mehnat (mulkdor mehnati) ushbu huquq sohasi predmeti bo'la olmaydi.
Davlat xizmatchisining mehnati ular ham ishga yollanishlari tufayli, mehnat munosabatlari sanaladi. Biroq IIV, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, MXX, Chegara qo'shmlari davlat qo'mitasi harbiy xizmatchilari faoliyati mehnat huquqining predmeti sanalmaydi va ular ma'muriy munosabatlar jumlasiga kiritiladi hamda davlatning mudofaa funksiyasi bilan bog'liq bo'ladi. «Mehnat huquqi» fani nazariyasida birgalikdagi mulkdorlar mehnatini ham mehnat huquqi jumlasiga kiritishi lozimligi xususida fikrlar mavjud. Hozirgi paytda ana shu toifaga mansub shaxslar huquqlarining himoya qilinishi va kafolatlanishida muammolar mavjud.
Mehnat huquqining predmeti sanaluvchi munosabatlar orasida bevosita mehnat munosabatlari bilan bir qatorda, unga yondosh bo'lgan munosabatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday yondosh munosabatlar qatoriga mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruv munosabatlari, ishga joylashtirishga oid bo'lgan mu­nosabatlar, kasbiy tayyorlash va malakani oshirishga oid muno­sabatlar, mehnat qonunlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borishga oid munosabatlar, mehnat nizolarini hal etishga oid mu­nosabatlar kiritilishi mumkin.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish