О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet55/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat sohasida xalqaro huquqiy hamkorlik va unda О 'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi. Ilmiy texnika inqilobi yuz berayotgan paytda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlarning globallashuv jarayoni kuzatilmoqda. Bunday sharoitda jahonning bir burchagida sodir bo'layotgan voqea-hodisalar boshqa burchagida yashovchi xalqlar va davlatlar uchun ham aks sado berayotir. Ushbu omillar yuz berayotgan jarayonlarni muvofiqlashtirilishini, davlatlar va xalqlar o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilishini taqozo etmoqda.
Yer kurrasida aholi soni tez sur'atlar bilan ko'payib, uning resurslari va iqtisodiy imkoniyatlari deyarli o'zgarmasdan qolayotgan bir paytda barchani ish bilan ta'minlash, ochlik va kasalliklarga, qashshoqlikka qarshi kurashish dolzarb vazifalardan ekanligi shak-shubhasizdir.
Insonning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri bo'lgan mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarish, ishsizlikka qarshi kurashish, aholi bandligini ta'minlash borasidagi xalqaro hamkorlik va bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni xalqaro huqu­qiy tartibga solish Birlashgan Millatlar Tashkilotining bevosita ish-tiroki hamda rahbarligi ostida, uning ixtisoslashtirilgan va minta-qaviy tashkilotlari keng jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat, bandlik va minimal mehnat sharoitlarini ta'minlashga doir global masalalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ahamiyatli xalqaro huquqiy hujjatlari: «Inson huquqlari umum-jahon deklaratsiyasi» (1948-yil 10-dekabr), «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro pakti (1966-yil 19-de-kabr) va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan.
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 23-moddasiga ko'ra, «har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay sharoitga ega bo'lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega».
«Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro paktining 6-moddasiga ko'ra, «Ushbu paktda ishtirok etuvchi dav­latlar har bir insonning ishlab mablag' topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir
232
odam erkin holda tanlaydi yoki unga erkin holda rozi bo'ladi. Shu paktga a'zo bo'lgan davlatlar esa, mqarolami mazkur huquq bilan ta'minlash uchun zarur choralar ko'radi».
Mehnatni xalqaro huquqiy tartibga solishda, ayniqsa, Xalqaro Mehnat Tashkilotining o'rni kattadir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega holda ish olib boradi.
O'zbekiston Respublikasi o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritga-nidan keyingi o'tgan o'n besh yil davomida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotning barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqda va ularning mohiyati — demokratik, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat barpo etish maqsadida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni joriy eta borish, fuqarolarning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan xalqaro andozalarga moslashishdan iborat.
O'tgan yillar davomida BMTning inson huquqlariga oid eng muhim hujjatlari, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bir qator kon-vensiyalari O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida O'zbekiston xalqi umumiy e'tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar ustuvorligini tan olishi qayd etilgan. Shunga muvofiq ravishda barcha qonunlarda, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Mehnat ko-deksida ham (10-modda) O'zbekiston ishtirok etayotgan xalqaro huquqiy shartnomalarning qoidalari milliy qonunchilikka nisbatan ustuvor ekanligi ta'kidlanadi.
Hozirgi kunda mehnatni huquqiy tartibga solish borasidagi xalqaro andozalar, agar ular O'zbekiston tomonidan tan olingan bo'lsa, bevosita qo'llanilishi, ularning qoidalari O'zbekiston qonunlari tarki-biga kiritilishi, ular asosida qonun hujjatlari ishlab chiqilish orqali O'zbekistonda mehnat huquqining rivojlanishiga ta'sirini o'tkazmoqda.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodek-sining 10-moddasida: «Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to'g'risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shart-noma yoki konvensiyaning qoidalari qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarning yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo'llaniladi», deyiladi.
233
9. Jamoaviy muzokaralarni tashkil etish va olib borish huquqi tamoyillarini qo'llash to'g'risidagi 98-konvensiya.
10. Jamoaviy muzokaralarga ko'maklashish to'g'risidagi 154-konvensiya.
11. Ish bilan ta'minlash sohasidagi siyosatga oid 122-konven-siya kabilardan iborat.
12. «Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risida»gi 138-konvensiya.
13. «Bolalar mehnatining og'ir shakllarini taqiqlash va yo'q qilishga doir shoshilinch choralar to'g'risida»gi 182-konvensiya1.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyalari, tavsiyalari Xalqaro Mehnat Konferensiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Xalqaro Mehnat Konferensiyasi qabul qilgan konvensiya Xalqaro Mehnat Tashkiloti a'zosi bo'lgan kamida ikki davlat tomo­nidan ratifikatsiya qilinishi bilan ko'p tomonlama xalqaro bitimga aylanadi va uni ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun ham, ratifikatsiya qilmagan davlatlar uchun ham majburiyatlar yuklaydi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalari xalqaro shartnoma hisob-lanmaydi va shu tufayli ularni ratifikatsiyalash talab etilmaydi, ammo barcha a'zo davlatlar unga amal qilishlari, o'z milliy qo-nunchiligiga tegishli o'zgartirishlar kiritishlari lozim bo'ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Xalqaro mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish zararligi nimalar bilan belgilanadi?
2. Mehnat munosabatlariga oid qaysi xalqaro huquqiy hujjatlarni bilasiz?
3. Xalqaro Mehnat Tashkiloti va uning vazifalari to'g'risida so'zlab bering.
4. Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalari va tavsiyalarining xalqaro
mehnatni tartibga solish, mehnat sohasida xalqaro huquqiy standart-lar yaratilishidagi ahamiyati qanday?
5. O'zbekiston Respublikasining mehnat sohasidagi xalqaro hamkorligi
xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Mehnat sohasidagi qaysi xalqaro hujjatlar O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan?
7. Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash sohasida O'zbekiston Res-publikasi amalga oshirayotgan xalqaro hamkorlikning maqsad-lari, yo'nalishlari va asosiy tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
'O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. T,, 2008, № 14—15, 83, 87-moddalar.
236
«Mehnat huquqi» fanidan savollar va javoblar
1. Xodimning malakasi yetarli bo 'Imaganligi yoki sog 'lig 7 holatiga ko'ra, bajarayotgan ishiga noloyiq bo'lib qolishi tufayli mehnat shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qaysi moddasi va bandiga asosan bekor qilinishi mumkin ?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-mod-dasi 2-qismi, 2-bandiga asosan, bekor qilinishi mumkin.
2. Xodim ishdan bo'shashi tog'risida оz rahbarini qancha muddat ilgari yozma ogohlantirishi lozim ?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-modda-siga asosan, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shart-nomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shart-nomasini ham ikki hafta oldin bu haqda ish beruvchini yozma ra-vishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli.
3. Xodimni doimiy boshqa ishga (lavozimga) o'tkazish qanday amalga oshiriladi?
— Doimiy boshqa ishga o'tkazishga (xodimning mehnat va-zifalarini o'zgartirishga) — unga boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Xodim boshqa ishga o'tishdan bosh tortgan yoki korxo-nada muvofiq keladigan ish bo'lmagan taqdirda, mehnat shart­nomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin (O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 88—95-moddalari).
Doimiy boshqa ishga o'tkazish ish beruvchining buyrag'i bilan rasmiylashtiriladi.
237
4. Avval qabul qilingan xodim bola tug'ilganligi munosabati bilan ta 'tilda bo 'Isa, uning о 'rniga yangi xodimni qabul qilish mumkinmi?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 76-moddasiga asosan, yangi xodim bilan vaqtincha yo'q xodimning o'rnida ishla-tish zarurati munosabati bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
5. Mehnat intizomini buzgan xodim vaqtincha ishga qobiliyatsizlik yoki uning ta 'tilda bo 'Igan davrida ish beruvchi и bilan tuzgan mehnat shartnomasini bekor qila oladimi?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi 4-bandiga ko'ra, ish beruvchi bu davrda mehnat shartnomasini bekor qila olmaydi.
6. Sud hukmi bilan О 'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qaysi moddalariga asosan, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-mod-dasi 3-bandiga asosan, ya'ni sudning xodimni o'z ishini bundan buyon davom ettirishga imkon bermaydigan jazoga mahkum qilgan hukmining qonuniy kuchga kirganligi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo'ladi.
7. Qanday hollarda ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi 3-bandiga asosan, homiladir ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor onalar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov shartisiz ishga qabul qilinadilar, ya'ni ular uchun sinov muddati belgilanmaydi.
8. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari nimalardan iborat?
— Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari — bu qonunda ko'rsatilgan va xodimlarni ishdan bo'shatish mumkin bo'lgan ho-latlardir. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-mod-dasida mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari, 99-moddasida mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan
238
bekor qilish asosi, 100-moddada mehnat shartnomasini ish beruv-chining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari va tartibi, 106-mod-d;ida mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lma-gan holatlar bo'yicha bekor qilinishi asoslari ko'rsatilgan.
9. Mehnat shartnomasining tushunchasi va shartnoma tuzuvchi taraflarni ta'riflang.
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-moddasida mehnat shartnomasi tushunchasiga ta'rif berilgan. Mehnat shart­nomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo'yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi­ning taraflari bo'lib, bir tomondan ish beruvchi, ikkinchi tomon-dan ishga qabul qilinayotgan shaxs hisoblanadi. Ishga qabul qilish­ning umumiy yoshi — 16 yosh, 15 yoshdan ota-onaning yozma roziligi bilan, 14 yoshdan yoshlarni mehnatga o'rgatish maqsadida maktab, kollej o'quvchilarini qabul qilish mumkin, darsdan bo'sh vaqtlarida ishlash uchun o'quv yurtining roziligi bilan.
10. Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun kimlarga tatbiq etiladi?
— «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonunning 10-moddasiga ko'ra, barcha fuqarolarning ishga joylashish huquqi ta'minlanadi. Unga ko'ra, har kim ish beruvchiga bevosita mu-rojaat qilish yoki bandlikka ko'maklashuvchi tuman (shahar) mar-kazining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega. Demak, qonun aholining barcha qatlamiga tatbiq etiladi. (Mazkur Qonun 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan).
11. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda ogohlantirish muddatlarini aytib о'ting.
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-modda-sida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan be­kor qilinganda quyidagi ogohlantirish muddatlari belgilangan:
1) mehnat shartnomasi texnologiyadagi, mehnat va ishlab chi-qarishni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni yoki shtati,
239

yoxud ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoki korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinganida (lQO-moddaning 2-qismi, 1-bandi) kamida 2 oy oldin;


2) mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo'lmagani yoki sog'lig'i holatiga ko'ra, bajarayotgan ishiga noloyiq bo'lib qo-lishi munosabati bilan bekor qilinganda (100-moddaning 2-qismi, 2-bandi) kamida 2 hafta oldin.
Xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan yuqo-rida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi ham mumkin.
Muayyan korxona mulkdori almashgani tufayli korxona rahbari, uning o'rinbosarlari, bosh buxgalter bilan tuzilgan mehnat shart­nomasi bekor qilinganda (100-moddaning 2-qismi, 6-bandi) yangi mulkdor ularni mehnatga oid munosabatlarning kelgusida bekor qilinishi to'g'risida kamida 2 oy oldin yozma ravishda (imzo chek-tirib) ogohlantirish yoki shunga mutanosib kompensatsiya to'lashi shart. Mehnat kodeksining 100-modda, 2-qismi, 3, 4-bandlari bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimni, albatta, yozma shaklda xabardor qilish ko'zda tutilmagan. Homilador ayollar va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ularni albatta joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.
12. Yillik qo'shimcha ta'til kimlar uchun beriladi?
— Yillik qo'shimcha ta'tillar sog'lig'i holati va mehnat sharoitiga qarab, quyidagilarga beriladi:
e mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos bo'lgan ishlarda band bo'lgan xodimlarga (MKning 137- moddasi);
« og'ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (MKning 138- moddasi);
• mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujrjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi. (MKning 136-moddasi, masalan, xodimning uzoq yillik mehnat staji uchun, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun va h.k.).
13. Ayollar mehnat qllishi taqiqlangan ishlar.
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-modda-siga ko'ra, mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek, yerosti ishlarida ayollar mehnatini qo'llanish taqiqlanadi, yer ostidagi
240
ba'zi ishlar (jismoniy bo'lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko'rsatish ishlari) bundan mustasno. Ayollar mehnatini qo'llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro'yxati hamda ular ko'tarishlari va tashishlari mumkin bo'lgan yuk normalarining chegarasini O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston Res­publikasi Sog'liqni saqlash vazirligi O'zbekiston kasaba uyushma-lari federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari mas-lahatini olgan holda tasdiqlaydi.
14. Jamoa kelishuvini ta 'riflab bering.
— Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi normativ (me'yoriy) hujjatdir. Jamoa kelishuvi xodimlar bilan ish beruv­chilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tar-tibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvo-fiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
15. Mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-modda, 2-qismi, 1-bandiga ko'ra bekor qilinganda, kimlarga imtiyozlar beriladi?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 1.03-mod-dasiga ko'ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tash-kil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xusu­siyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unum-dorligi yuqoriroq bo'lgan xodimlarga beriladi. Malakasi va meh­nat unumdorligi bir xil bo'lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
1) qaramog'ida 2 yoki undan ortiq kishi bo'lgan xodimlarga;
2) oilasida undan bo'lak mustaqil ish haqi oluvchi bo'lmagan shaxslarga;
3) mazkur korxonada ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan xo­dimlarga;
4) mazkur korxonada mehnatda mayib bo'lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
16 - 367
241
5) ishlab ehiqarishdan ajralmagan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida tegishli mutaxassisligi bo'yicha malakasini oshi-rayotgan xodimlarga va ishlab ehiqarishdan ajralmagan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o'qishni tugatgandan so'ng mutaxassisligi bo'yicha ishlayotgan taqdirda 2 yil mobaynida;
6) 1941—1945-yilgi urush nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
7) atom obyektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog'liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo'liqqan yoki shunday kasalliklarni boshi-dan kechirgan shaxslarga, nogironlarga, atom obyektlaridagi falo­katlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga, ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek, mazkur zonalardan eva-kuatsiya qilingan yoki ko'chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.
Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
16. Та Шаг berish tartibi qanday?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-modda-siga asosan, yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun kamida 6 oy ishlaganidan keyin beriladi. Ta'til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo'yicha 6 oy o'tmasdan oldin beriladi:
• ayollarga — homiladorlik va tug'ish ta'tili oldidan yoki undan keyin;
• 1 va 2-guruh nogironlariga;
• 18 yoshga to'lmagan shaxslarga;
• muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo'shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;
• o'rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta'til bilan bir vaqtda, o'rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'lagan holda;
• ishlab ehiqarishdan ajralmagan holda umumta'lim mak-tablarida, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida va kadrlarning malakalarini oshirish, ulami tayyorlash va qayta tayyorlash insti-tutlarida va kurslarida o'qiyotganlarga, agar ular o'zlarining yillik ta'tillarini o'zlarining imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs,
242
laboratoriya va boshqa o'quv ishlarini bajarish vaqtiga to'g'rilab tilishni xohlasalar;
• lexnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi " /j'iirishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o'zga-'i iига olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxo-tuuiing tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xo-ilmlarga.
Maktablar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, kadrlarning iiuilakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari \ ,i kiirslarining muallimlar tarkibiga 1 -ish yilida yillik ta'til ularning m.i/kur o'quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qa'ti nazar, haqiqiy I'.hliigan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'lagan holda yozgi ta'til ■ 1.1 vridato'liq beriladi.
Ta'til har yili, shu ta'til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko'ra, joriy yilda ta'tilni to'liq iriish imkoni bo'lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan te'tilning 12 ish kunidan ortiq ho'lgan qismi keyingi ish yiliga i ' ■ hirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmog'i lozim.
IS yoshga to'lmagan xodimlarga yillik ta'tilni bermaslik hu|iqlanadi.
17. Ishga qabul qilish chog'ida qanday xodimlar uchun dastlabki muddati belgilanmaydi?
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-modda-gt ko'ra, dastlabki sinov sharti xodimning topshirilayotgan ishga liyoqatliligini tekshirib ko'rish hamda mehnat shartnomasida chilliliishilgan ishni davom ettirishning maqsadiga muvofiqligi 11 iqlda bir qarorga kelish maqsadida belgilanishi mumkin. Dast-liiliki sinovni o'tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi lozim. Bunday shartlashuv bo'lmagan taqdirda xodim dast-||bkl sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
I lomilador ayollar, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor onalar korxona in linn belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan Ii.i4.lai" ishga qabul qilinganda, shuningdek, 6 oygacha muddatga Eh c|abul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi
nnda dastlabki sinov belgilanmaydi. I )astlabki sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas.
243
1.8. Mehnat shartnomasini taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, bekor qilish asoslari nimalardan iborat?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-modda-siga ko'ra, mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
l)xodim harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda;
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;
3)xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim awalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo'lsa, shu-ningdek, xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davo-lash profilaktika muassasalariga yo'llangan taqdirda;
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo'l qo'yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo'lmasa va u ishni davom ettirishga to'sqinlik qilsa;
5)xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
19. Ta'tildan chaqirib olish tartibi qanday?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 147-modda-siga ko'ra, ta'tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Shu munosabat bilan ta'tilning foydalanmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki qonunda nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta'tiliga qo'shib qo'yilishi ham mumkin.
20. 18yoshga to 'Imagan shaxslarga nisbatan belgilangan ish vaqt-lari muddati.
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116-moddasi hamda 242-moddasiga ko'ra, ularning ish vaqti quyidagicha:
• 16 yoshdan 18 yoshgacha haftasiga 36 soat,
• 15 yoshdan 16 yoshgacha haftasiga 24 soat,
• 14 yoshdan 15 yoshgacha haftasiga 12 soat.
21. Mehnat shartnomasining muddatlari.
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko'ra, mehnat shartnomalari:
• nomuayyan muddatga;
• 5 yildan oshmagan muayyan muddatga;
244
• muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'Ijallab tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida Lining amal qilish muddati ko'r-
satilmagan bo'lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, slumingdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'Ijallab qayta tuzilishi mumkin emas.
22. Bo 'sh ish о 'rinlari haqida yolg'on ma 'lumot berganlarga nis­batan qanday chora ko'riladi?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 71-moddasiga ko'ra, bo'sh ish o'rinlari haqida yolg'on ma'lumot berganlar in-tizomiy, ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
23. O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish so-hasida olib borilayotgan davlat siyosati qanday prinsiplarga (ta-moyillarga) asoslanadi?
— O'zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'-risida»gi Qonunining 4-moddasiga asosan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
• korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligi;
• mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni ijtimoiy va iqtisodiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
• mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tar-tib-qoidalar belgilab qo'yish;
• mehnatning ekologik jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash;
• korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
• mehnatni muhofaza qilishni mablag' bilan ta'minlashda dav-latni ishtirok etishi;
• oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash;
« xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag'batlantirish;
245
• fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha vatanimiz va chet el ilg'or tajribalaridan keng foyda-lanish;
• ishlovchilarni raaxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta'minlash;
• korxonalarda mehnatning sog'lom va xavfsiz sharoitlarini yaratishga ko'maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
• ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasallik-larga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning maj-buriyligi;
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo'liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy hi-moyalash;
• kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxo-nalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta'min-lashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo'llab-quwatlash;
• mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog'ida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish prinsiplariga asoslanadi.
24. Xodimlar mehnat muhofazasi bo yicha necha xil yo 'riqdan o'tkaziladi?
— O'zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'-risida»gi Qonunining 19-moddasiga asosan, korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o'z kasblari va ish turlari bo'yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o'qishlari, yo'1-yo'riq olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o'tka-zishlari hamda qayta attestatsiyadan o'tishlari shart.
Mehnat muhofazasi bo'yicha xodimlar dastlabki (ba'zi ada-biyotlarda kirish deb ham yuritiladi), boshlang'ich, ish joyidagi, vaqt-vaqti bilan o'tkaziladigan, rejadan tashqari va takroriy (kor-xonada baxtsiz hodisa ro'y berganda) yo'riqdan o'tkaziladilar.
25. Mehnat sharoitlari davlat ekspertiga quyidagi huquqlar beriladi:
— O'z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda korxonalarga, ularning qaysi idoraga bo'ysunishi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, belgilangan namunadagi guvohnomani ko'rsatib bemalol kirish;
246
— qonun hujjatlariga belgilangan tartibda o'zgartishlar kiritish;
— korxonadagi mehnat sharoitlarini ekspeitiza qilish va ma'mu-riyatga MSHE-1 shaklida xulosa bcrish;
— ekspertiza o'tkazish iichim olim va mutaxassislarni belgi­langan tartibda haq to'lab jalb qilisli;
— korxonadagi xodimlarga imtiyozli pensiyalar, qo'shimcha ta'tillar va qisqartirilgan ish kuni belgilashga doir hujjatlarni, shu-ningdek, jamoa shartnomasida ko'/da tutilgan mehnat sharoit­larini yaxshilash bo'yicha tadbiiiarning bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartamf etish uchun MSHE-2 shaklida yozma ko'rsatma berish;
—korxona ma'muriyati tomonidan belgilangan imtiyozli pensiyalar, qo'shimcha ta'tillar va qisqartirilgan ish kuniga oid va amaldagi qonunlariga zid bo'lgan qarorlarini to'xtatish to'g'risida MSHE-3 shaklida taqdimnoma berish;
— korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini mehnat sharoiti normalari va qoidalarini buzgani uchun amaldagi qonun-larga muvofiq javobgarlikka tortish;
— vazirlik, idora va tashkilotlardan mehnat sharoitlari bo'yicha zarur ma'lumotlarni olish;
— mehnat sharoitlari bo'yicha ish joylarini nazorat tariqasida attestatsiyadan o'tkazishni tashkil qilish va buning uchun shart-noma asosida zarur bo'lgan tashkilot va mutaxassislarni jalb qilish;
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko'rib chi­qish uchun Mehat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan imtiyozli pensiyalar, qo'shimcha ta'tillar va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro'yxatlarni to'ldirish, aniqlash bo'yicha takliflar kiritish;
— Davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarda o'z vakolati doirasidagi masalalar bo'yicha Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nomidan vakillik qilish va h.k.
26. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi о 'z ish faoliyatini qaysi me'yoriy hujjatga asoslangan holda olib boradi?
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-sonli qarori bilan «Mehnat sharoitlari davlat eks­pertizasi to'g'risida»gi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga muvofiq, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi O'zbekiston Res­publikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
247
tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi va o'z faoliyatida O'zbekiston Res-publikasining davlat nazorat organlari bilan o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.
27. Korxonalarda noqulay mehnat sharoitlarida band bo 'Iganlarga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar nimalardan iborat?
— O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116-modda-siga asosan, noqulay mehnat sharoitida band bo'lgan xodimlar qisqartirilgan ish haftasida ishlaydi (36 soatdan oshmagan). O'zbe­kiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasiga asosan, mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlar belgilangan normalar bo'yicha:
• sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
• davolash-profilaktika oziq-ovqati;
• gazli sho'r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
• maxsus kiyim-bosh, poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta'minlanadilar.
Bunday ishlarning ro'yxati beriladigan narsalarning normalari, ta'minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartno-malarida, agar ular tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi tomonidan kelishib belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasiga asosan, mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlar uchun yillik qo'shimcha ta'til beriladi.
Korxonalarda qo'shimcha ta'til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro'yxati, ta'tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash va-zirligi tasdiqlaydigan mehnat sharoitlarini baholash uslubiyati asosida belgilanadi.
28. Korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatlari qachon tuziladi va ularning huquqlari nimalardan iborat?
— O'zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'-risida»gi Qonunining 14-moddasiga asosan, vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo'jalik organlari kasaba uyush-malari markaziy (respublika) qo'mitasi bilan kelishib, o'zlari
248
tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus layyorgarlikka ega shaxslar ora-sidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo'lgan korxonalarga esa bunday tashqari yo'l harakati xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizma-tining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuk-lanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo'l harakati xavfsizligi xizmat­lari kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o'z maqomiga ko'ra, korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo'ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me'yor-lariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo'linmalar rahbar-lariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tor-tish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadiriar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo'l harakati xavfsizligi xizmat­larining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo'l-magan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo'l harakati xavfsizligi xizmat­lari korxona faoliyati to'xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
29. Qanday baxtsiz hodisalar tekshirilmaydi va hisobga olin-maydi, bu qaysi hujjatda belgilangan?
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarish-dagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil za-rarlanishini tekshirish va hisobga olish to'g'risida»gi Nizomga asosan, xodim ishlab chiqarishda ro'y bergan baxtsiz hodisa na-tijasida mehnat qobiliyatini bir kundan ortiq muddatga yo'qotsa, bunday baxtsiz xodisalar tekshirilib, H-1 shakldagi dalolatnoma tuziladi va ro'yxatga olinadi. Aks holda baxtsiz hodisa fakti tek­shirilmaydi va hisobga olinmaydi.
249
30. Oqibati yengil baxtsiz hodisalarni tekshirish:
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarish-dagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to'g'risida»gi Nizomning 2-bo'limiga asosan, umumiy tartibda tekshiriladi. Oqibati yengil baxtsiz hodisani tekshirish uchun komissiya tashkil qilinib, uning tarkibiga ish beravchi vakili, xodimlar vakillik organi vakili va korxonada mehnat muhofazasi uchun mas'ul xodim kiradi.
31. Yetkazilgan zararni to 'lash nimalardan iborat va ularni to 'lash muddatlari?
— Yetkazilgan zararni to'lash bu mehnat shartnomasining bir tarafi o'zining g'ayrihuquqiy aybli xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun moddiy javobgar bo'lishini bildiradi. Yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda va muddatda hamda miqdorlarda qoplanadi. Taraflarning har biri o'ziga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini isbotlab berishi shart. Ish beruvchiga xodim tomonidan yetkazilgan zarar, basharti xodim cheklangan miqdorda (bir oylik o'rtacha ish haqi) moddiy javobgarlikka tortilgan bo'lsa, zarar ish beruvchining buyrug'i yoki farmoyishi asosida ish haqidan ushlab qolish yo'li bilan undiriladi.
Xodim zararni to'lashdan bosh tortganida, shuningdek, to'liq miqdordagi moddiy javobgarligi hollarida zarar sud tartibida undiriladi. Bunda ish beravchi zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir yil davomida da'vo muddati bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Xodimning sog'lig'iga yoki mol-mulkiga ish beravchi tomonidan zarar yetkazilgan taqdirda da'vo muddati belgilanmagan, shuning uchun xodim zarar ko'rgan kundan boshlab istagan vaqtida sudga murojaat qilishga haqli (MKning 195, 207-moddalari).
250

FANNI O'RGANISH YUZASIDAN TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR


I. Rahbariy adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т., «O'zbekiston», 2008.
2. LA. Karimov. Zamonaviy kadrlar tayyorlash — islohotlar muvaffaqiyati-ning asosi. «Xalq so'zi» gazetasi, 1997-yil 26-dekabr.
3. LA. Karimov. Adolat — qonun ustuvorligida. «Xalq so'zi» gazetasi, 2001-yil 30-avgust.
4. LA. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Т., «O'zbekiston», 2006.
5. LA. Karimov. Inson manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish — ustuvor vazifamizdir. Т., «O'zbekiston», 2007.
6. L.A. Karimov. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to'liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish — farovon hayotimiz garo-vidir. Т., «O'zbekiston», 2007.
7. L.A. Karimov. O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li. Т., «O'zbekiston», 2007.
II. Qonunlar va qonunchilik huyatlari
1. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
2. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
3. O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni.
4. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonuni.
5. O'zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi to'g'risida»gi Qonuni.
6. O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi Qonuni.
7. O'zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»gi Qonuni.
8. O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risida»gi Qonuni.
9. O'zbekiston Respublikasining «Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to'g'-risida»gi Qonuni.
10. O'zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to'g'risida»gi Qonuni.
11. O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonuni. С
12. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni.
13. O'zbekiston Respublikasining «Sudyalar to'g'risida»gi Qonuni.
251
30. Oqibati yengil baxtsiz hodisalarni tekshirish:
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarish-dagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to'g'risida»gi Nizomning 2-bo'limiga asosan, umumiy tartibda tekshiriladi. Oqibati yengil baxtsiz hodisani tekshirish uchun komissiya tashkil qilinib, uning tarkibiga ish beravchi vakili, xodimlar vakillik organi vakili va korxonada mehnat muhofazasi uchun mas'ul xodim kiradi.
31. Yetkazilgan zararni to 'lash nimalardan iborat va ularni to 'lash muddatlari?
— Yetkazilgan zararni to'lash bu mehnat shartnomasining bir tarafi o'zining g'ayrihuquqiy aybli xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun moddiy javobgar bo'lishini bildiradi. Yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda va muddatda hamda miqdorlarda qoplanadi. Taraflarning har biri o'ziga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini isbotlab berishi shart. Ish beruvchiga xodim tomonidan yetkazilgan zarar, basharti xodim cheklangan miqdorda (bir oylik o'rtacha ish haqi) moddiy javobgarlikka tortilgan bo'lsa, zarar ish beruvchining buyrug'i yoki farmoyishi asosida ish haqidan ushlab qolish yo'li bilan undiriladi.
Xodim zararni to'lashdan bosh tortganida, shuningdek, to'liq miqdordagi moddiy javobgarligi hollarida zarar sud tartibida undiriladi. Bunda ish beravchi zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir yil davomida da'vo muddati bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Xodimning sog'lig'iga yoki mol-mulkiga ish beravchi tomonidan zarar yetkazilgan taqdirda da'vo muddati belgilanmagan, shuning uchun xodim zarar ko'rgan kundan boshlab istagan vaqtida sudga murojaat qilishga haqli (MKning 195, 207-moddalari).
250

FANNI O'RGANISH YUZASIDAN TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR


I. Rahbariy adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т., «O'zbekiston», 2008.
2. LA. Karimov. Zamonaviy kadrlar tayyorlash — islohotlar muvaffaqiyati-ning asosi. «Xalq so'zi» gazetasi, 1997-yil 26-dekabr.
3. LA. Karimov. Adolat — qonun ustuvorligida. «Xalq so'zi» gazetasi, 2001-yil 30-avgust.
4. LA. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Т., «O'zbekiston», 2006.
5. LA. Karimov. Inson manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish — ustuvor vazifamizdir. Т., «O'zbekiston», 2007.
6. L.A. Karimov. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to'liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish — farovon hayotimiz garo-vidir. Т., «O'zbekiston», 2007.
7. L.A. Karimov. O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li. Т., «O'zbekiston», 2007.
II. Qonunlar va qonunchilik huyatlari
1. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
2. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
3. O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni.
4. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonuni.
5. O'zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi to'g'risida»gi Qonuni.
6. O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi Qonuni.
7. O'zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»gi Qonuni.
8. O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risida»gi Qonuni.
9. O'zbekiston Respublikasining «Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to'g'-risida»gi Qonuni.
10. O'zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to'g'risida»gi Qonuni.
11. O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonuni. С
12. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni.
13. O'zbekiston Respublikasining «Sudyalar to'g'risida»gi Qonuni.
251
Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish