Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini muhofazalashga taalluqli maxsus qoidalar
Xotin-qizlar mehnatini muhofazalash. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasiga muvofiq homilador ayollar va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni, ularning homiladorligini yoki yosh bolasi borligini vaj qilib ishga qabul qilmaslik, ishga qabul qilishni g'ayriqonuniy rad etish deb baholanadi. Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda xodimning talabi bilan uch kun ichida ishga qabul qilishni rad qilish asoslarini ko'rsatib, yozma javob berishga majbur. Ushbu yozma javob asosida, fuqaro mazkur masala xususida sudga murojaat qilishga haqli. Basharti, sudda ish ko'rish davomida ish beruvchi ayol homiladorligi yoki uch yoshga to'lmagan bolasi borligi tufayli ishga qabul qilishdan bosh tortganligi ma'lum bo'lsa, ishga qabul qilishni g'ayriqonuniy ravishda rad etishda aybdor bo'lgan mansabdor shaxs jinoiy javob garlikka tortilishiga sabab bo'lishi mumkin (Jinoyat kodeksining 148-moddasi, 2-qismi).
Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari yosh bolali ayollarni ishga joylashish huquqlarini qo'shimcha kafolatlash maqsadida O'zbe-s Idston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasida homilador! ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar dastlabki sinov muddati qo'llanilmagan holda, ya'ni hech bir sinov yoki boshqa qandaydir shartlarsiz ishga qabul qilinishlari shartligi haqidagi qoida nazarda tutilgan. Ayollar bilan mehnat munosabati davom etayotgan davrda ularni boshqa ishga ko'chirish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 226—227-moddalariga muvofiq, tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko'rsa-tish normalari kamaytirilishi yoki ularning awalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq, yoxud noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazilishi lozim. Homilador ayolga boshqa yengilroq ish berish masalasi hal etilgunga qadar u ana shu sabablarga ko'ra ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadilar. Shuningdek, ikki yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar awalgi ishini bajarish imkoniga ega bo'lmagan taqdirda bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar awalgi ishidagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa yengilroq ishga o'tkazilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasida aytilishicha, «Homilador ayollar va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi, korxonaning bu-tunlay tugatilishi hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni, albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi». Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni tugatilayotga» korxonaning huquqiy vorisi amalga oshiradi, huquqiy vorislari bo'lmagan taqdirda esa, mahalliy mehnat bo'limlari ularga ma'qul keladigan ish topishda va ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgi-langan tegishli ijtimoiy to'lovlar bilan yordam ko'rsatishga majburdir. Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi bo'lgan yosh av-lodni, ular tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
Olib o'tish turi
|
Yo'l qo'yiladigan yuk (kg)
|
Yo'l qo'yiladigan ko'tarish me'yorlari
|
Qo'lda (bir kishi)
|
9
|
Tekis sath bo'ylab
|
Zatnbilda (ikki kishi)
|
22
|
Tekis sath bo'ylab
|
Bir g'ildirakli aravada
|
25
|
0,01 dan oshmagan holda notekis sath bo'ylab
|
Uch va to'rt g'ildirakli aravada
|
50
|
0,01 dan oshmagan holda notekis sath bo'ylab
|
Ikki g'ildirakli qo'lda ortiladigan aravada
|
60
|
0,02 dan oshmagan holda tekis sath bo'ylab
|
O'shaning o'zida
|
60
|
0,01 dan oshmagan holda yer qatlami va tosh yo'ldagi notekis sathda
|
Vagonchalarda
|
300
|
0,01 dan oshmagan holda relslar ko'chirish
|
Ayollar mehnatini muhofaza qilish faqat ular mehnatidan foy-dalanish taqiqlangan ish va kasblarni belgilash, ular ko'tarishi yoki tashishi mumkin bo'lgan yuk me'yorlarini belgilashdangina iborat bo'lmay, boshqa ko'plab tashkiliy-huquqiy tadbirlar maj-muyini ham nazarda tutadi hamda ularning asosiy maqsadi, yuqorida ta'kidlanganidek, bola tug'ish, parvarishlash va tarbiyalash qobi-liyatlarini himoya qilish, sog'liqlariga shikast yetishining oldini olishdan iborat.
«Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, har bir xodim, shu jumladan, xotin-qizlar ham, o'zlari mehnat qila-yotgan sharoit haqida, bu sharoitlarning o'z sog'lig'i uchun qay darajada xavf-xatar tug'dirishi mumkinligi to'g'risida to'liq va obyek-tiv axborotlarni olishga haqli. Ular o'zlarining kasb kasalliklariga yoxud mehnat faoliyati bilan bog'liq boshqa kasalliklarga chalinib qolishlari ehtimolining oldini olish maqsadida navbatdan tashqari tibbiy ko'rikdan o'tkazilishlari, kasb kasalliklariga chalinganlarida esa qonunda belgilangan tartibda o'zlariga yetkazilgan zarar miqdorini ish beruvchidan qoplab berilishini talab qilishlari mumkin. Kasb kasalliklari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |