О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet46/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan xo­dimlar hamda ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari. O'zbe­kiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida xavfsiz va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish xo­dimning asosiy huquqlaridan bin ekanligi belgilab qo'yilgan. Mehnat kodeksining 213-moddasiga ko'ra:
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o'tkazishda xodimni mehnat sharoitlari, shu jumladan, kasb kasal-liklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli to'g'risida, shu bilan bog'liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
Xodim ish jarayonida o'zining hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda bu haqda ish beruvchini darhol xabardor qiladi. Agar bunday holatlar ish beruvchi tomonidan darhol bartaraf etilmasa, u holda xodim ish bajarishni rad etish huquqiga ega bo'ladi.
Ma'muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vosita-larini joriy etish va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta'minlashi shart.
Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tug'diruvchi vaziyat paydo bo'lganda, u bu haqda zudlik bilan ma'muriyatga xabar qi­ladi, bu hoi nazorat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda ma'muriyat ishni to'xtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini ko'rishi shart. Ma'muriyat tomonidan zarur choralar ko'rilmagan taq­dirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar to'xtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo qo'llanilmaydi.
Ma'muriyat agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi to­monidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to'g'ridan to'g'ri jiddiy xavf hamon saqlanib turgan bo'lsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish to'xtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni to'-lashi shart.
Ma'muriyat mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko'ra, unga ish-dan bo'shaganda beriladigan pul to'langani holda, istalgan paytda bekor qilishi mumkin. Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda, ma'muriyat tibbiy xulosa asosida unga ixtisosini o'zgar-tirgunga qadar o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga o'tkazishi lozim.
Sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazishga muhtoj xo-dimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatni cheklamay ana shunday ishlarga o'tka­zishga majbur.
Sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan, kamroq haq to'lanadigan ishga o'tkazilganda xodimlarning shunday ishlarga o'tkazilgan kunidan boshlab, ikki hafta mobaynida awalgi o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to'lanadigan boshqa ishga vaqtincha o'tkazilgan xodimlarga shu ishga o'tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo'lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo'yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo'shilganda xodimning awalgi ishidagi to'liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to'lanadi. Basharti, kasallik varaqasida ko'rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo'lsa, u holda shuning oqibatida bekor o'tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to'lanadi.
Ish bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'lig'iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to'lanadigan ishga o'tkazilgan xodimlarga ularning sog'lig'i shikastlanganligi uchun javobgar bo'lgan ish beruvchi awalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o'rtasidagi farqni to'laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to'lanadi.
Qonun hujjatlarida sog'lig'i holatiga ko'ra, yengilroq yoki no­qulay ishlab chiqarish omillarining ta'sirini hal etadigan kamroq haq to'lanadigan ishga o'tkazilganda awalgi o'rtacha oylik ish ha-qini saqlab qolishning davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqa to'lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimlar huquqlar bilan bir qatorda, majburiyatlarga ham egalar. Mehnat kodeksining 212-moddasida aytilishicha, «Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo'riqnomala-riga, shuningdek, ma'muriyatning ishni bexatar olib borish haqi-dagi farmoyishiga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalari-dan foydalanishi, insonlar hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf sola-digan har qanday holat haqida, shuningdek, ish jarayonida yoki u bilan bog'liq holda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisa ha­qida o'zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig'i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart».
Mehnat muhofazasiga oid qoida va standartlarga ko'ra, mu­ayyan ishni bajarishga xodimning qo'yilishi uchun u maxsus o'qi-tilishi va imtihon topshirishi lozimligi belgilab qo'yilgan bo'lsa, u holda ushbu ishlar xavfsizligi va ekspluatatsiya qoidalari yuzasi-dan o'qitilishi lozim. Xodimni bunday o'qitishdan bo'yin tovla-shiga yo'l qo'yilmaydi.
Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunning 19-mod-dasida ko'rsatilganidek: Korxonalarning brcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o'z kasblari va ish turlari bo'yicha davlat nazorat idoralari belgilangan tartib va muddatlarda o'qishlari, yo'1-yo'riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o'tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o'tishlari shart.
Ma'muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek, boshqa ishga o'tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavf­siz usullarini o'rgatishni tashkil etishi, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha yo'lyo'riqlar berishlari shart.
O'ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilina-digan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo'yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqt-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o'tiladigan o'quv o'tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha belgilangan tartibda o'qitish, yo'1-yo'riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o'tmagan shaxslarni ishga qo'yish taqiqla-nadi. Ma'muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta'minlashi shart.
Korxonalarda mehnat muhofazasini ta'minlash va sog'lom, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ish beruvchiga, uning vakili sanaluvchi korxona ma'muriyatining ahamiyati katta. Amaldagi qonunchilik ish beruvchi (ma'muriyat)ning bu sohadagi huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutadi.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo'lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beravchining majburiyatiga kiradi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgardir. Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoi-dalar va me'yorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta'mirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan, xorijdan sotib olingan-larini joriy etishga yo'l qo'yilmaydi.
Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chi­qarish vositalari, agar ular O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shaho-datnomasiga ega bo'lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.
Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan kor-xonalar O'zbekiston Republikasining tegishli nazorat idoralari bera­digan faoliyatni amalga oshirish huquqini ta'minlovchi ruxsat-nomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning ko'rsatilgan ruxsatnomani olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­kamasi tomonidan belgilanadi.
Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog'lig'i hamda hayotiga xavf tug'diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltiralgunga qadar, O'zbekiston Respub­likasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to'xtatib qo'yilishi kerak.
Yo'l qo'yiladigan eng ko'p me'yorlar (konsentratsiyasi) ishlab chiqarilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan o'tmagan za-harli moddalarni ishlab chiqarishda qo'llash taqiqlanadi. Mehnat kodeksining 214-moddasida aytilganidek:
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog'ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqt-vaqti bilan quyidagi xo-dimlami tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil qilishi shart:
— o'n sakkiz yoshga to'lmaganlar;
— oltmish yoshga to'lgan erkaklar, ellik besh yoshga to'lgan
ayollar;
—nogironlar;
—mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport harakati bilan bog'liq ishlarda band bo'lganlar;
—oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo'lganlar;
—umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muas-sasalarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul bo'lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarayotganida dastlabki tarzda va vaqt-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tilishi lozim bo'lgan boshqa ishlarning ro'yxati va ularni o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xodimlar tib­biy ko'rikdan o'tishidan bo'yin tovlashga haqli emaslar. Ish beruvchi tibbiy ko'rikdan o'tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarni bajarishdan bosh tortgan xodimlarni ishga qo'ymaslikka haqlidir.
Xodimlar mehnatidan ularning sog'lig'i holatiga to'g'ri kelmay-digan ishlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Agar xodim o'z sog'lig'ining holati mehnat sharoiti bilan bog'liq holda yomon-lashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko'rikdan o'tka-zishni talab qilishga haqlidir. Tibbiy ko'rikdan o'tishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo'lmaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini o'tkazish uchun belgi-langan tartibda mablag'lar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag' va materiallarni boshqa maqsadga sarflash man etiladi. Mazkur mablag' va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o'rtasidagi keli-shuv asosida belgilanadi. Mehnat jamoalari, ularning vakillik organ­lari mehnatni muhofaza qilishga mo'ljallangan mablag'lardan foyda-lanilishini tekshirib boradilar.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlar belgi-langan me'yorlar bo'yicha:
—sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
—davolash-profilaktika oziq-ovqati;
—gazli sho'r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
—maxsus kiyim-bosh, poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gi-giyena vositalari bilan bepul ta'minlanadilar.
Bunday ishlarning beriladigan ro'yxati, beriladigan narsalarning me'yorlari, ta'minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomo-nidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
«Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunning 15-moddasi ish beruvchi zimmasiga xodimlarni qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda kasb kasalliklaridan hamda baxtsiz hodisalardan majburiy sug'urta qilishlari lozimligi majburiyatini yuklaydi. Mehnat muhofa-zasiga oid munosabatlar kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari, ish beravchilar vakillari, mahalliy va boshqa davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari ham faol ishtirok etadilar.
Amaldagi qonunchilikka ko'ra («Mehnatni muhofaza qilish to'g'-risida»gi Qonunning 3-moddasi), mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxonalar va obyektlar loyihalanishi, qurilishi va ishga tushirilishi taqiqlanadi.
Korxonalarda mehnat muhofazasiga oid standartlar, yo'riqno-malar va qoidalar amal qiladi. Ular korxonani loyihalashtirilishdan boshlab bevosita ishlab chiqarish jarayonlarigacha bo'lgan barcha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston ka­saba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, alrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me'yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo'li bilan ishlab cliiqarishda mehnat xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan lalablar darajasini belgilaydi, shuningdek, kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish-clagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid res-publikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta'minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq das­turlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta'minlaydilar.
Korxonalarning bevosita o'zida ish beruvchi va xodimlar vakillik organlari o'zaro kelishib mehnat muhofazasi, ekspluatatsiya qoidalari va ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashga oid boshqa lokal xarak-terdagi korxona me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
Ishlab chiqarishning zararli ta'siri zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan bartaraf etib bo'lmaydigan hollarda xodimlar hayoti hamda salomatligini issiq yoki sovuq harorat, kimyoviy, fizik yoki boshqa zararli ta'sirlardan himoya qilishning maxsus choralari belgilanadi. Ana shunday ishlarni bajarishning maxsus qoidalari joriy etilishi, xodimlar maxsus kiyim, poyabzal va yakka himoyalanish vositalari bilan ta'minlanishi ana shunday choralardan hisoblanadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish