15-bob
MEHNAT SHARTNOMASI TOMONLARINING O'ZARO MODDIY JAVOBGARLIGI
Mehnat shannomasi tomonlarining moddiy javobgarligi. Moddiy jnvobgarlik tushunchasi va asoslari mehnat "shartnomasining muhim qismi bo'lib, tomonlarning bir-birlari oldidagi javobgarliklari hisoblanadi. Mehnat shartnoma munosabati ishtirokchilari bir-birlarining mulkiy manfaatlariga qat'iy rioya etishiari, mol-mulklardan Icjamkorlik bilan va samarali foydalanishlari, zarar yetishining oidini olishlari, bir-birlarining mulkiy manfaatlariga ziyon yetish xavf-xatari paydo bo'lganida esa bu haqda ikkinchi tomonni darhol xabardor qilishlari lozimligi mehnat huquqining tamoyillaridan hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 185-moddasida aytilganidek, «Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga yetkazgan zararini Mehnat kodeksi va mehnat lo'g'risidagi boshqa normativ hujjatiarda belgilangan qoidalarga muvofiq qopiaydi».
Mehnat shartnomasi yoki unga qo'shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek, jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining javobgarligi aniqlashtirib qo'-yilishi mumkin. Unda shartnoma bo'yicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko'p bo'lmasligi kerak.
Yangi Mehnat kodeksi xodimlarning moddiy huquqlarini himoya qilish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilishlari tufayli yuz bera-digan turli voqea-hodisalarning manfaatiga jiddiy zarar yetkazishi ehtimolini kamaytirish maqsadida ana shunday chegaralar — xodim javobgarligining eng ko'p doirasi qonunlar bilan beigilab qo'yilgan.
Mehnat kodeksining 186-moddasiga ko'ra, «Mehnat shartnomasining bir tarafi o'zining g'ayriqonuniy aybi, xulq-atvori (hara-kati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazilgan zarar uchun, basharti Mehnat kodeksida-boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa, moddiy javobgar boladi». Ushbu qoidaga binoan,
mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga ko'ra, moddiy javobgarlik yuz berishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo'lishi talab etiladi:
— aybli xulq-atvor;
— g'ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik;
— amalda real zarar (haqiqiy to'g'ri zarar) yetkazilgan bo'lishi;
— aybli xulq-atvor bilan zararli oqibat o'rtasida sababli bog'la-nish bo'lishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1990-yil 14-dekabrdagi qarori 15-bandida aytilishicha, moddiy zarar uchun javobgarlik munosabatlarida aybli xulq-atvori deganda, «xodim tomonidan qonunda, hukumat qarorlarida, ichki mehnat tartib-qoidalarida, ish beravchining buyruq va farmoyishlarida belgilan-gan xizmat majburiyatlarini qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bajar-masligi tushuniladi».
Me'yorida qilingan ishlab chiqarish xo'jalik tavakkalchiligi na-tijasida kelib chiqqan zarar uchun xodim moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Me'yorida qilingan ishlab chiqarish xo'jalik tavakkalchiligi jum-lasiga quyidagilar kiradi:
1) ishlab chiqarishda yangi qurilma va aslahalarning o'rnatilishi, yangi texnologiya jarayonida mehnatning yangi uslublari joriy etilishi;
2) korxona faoliyatining tugashi yoki ishlab chiqarishning to'xtab qolishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida bir turdagi materiallar o'rniga boshqasidan foydalanish;
3) shartnomada ko'zda tutilganidan afzalroq materiallar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
4) bir korxona oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida va korxona manfaatlarini ko'zlab mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish yuzasidan shartnomalar tuzish;
5) muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega obyektni qurib bitkazish maqsadida ikkinchi navbatdagi obyektda qurilish ishlarini vaqtincha to'xtatib turish;
6) qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yangi shakllarini o'zlashtirish, yangi agrotexnik uslublarni tajriba sifatida joriy etish, yangi navdagi urug'ni qo'llash kabilar.
Oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa holatlarida, shuningdek, ish beruvchining buyrug'ini bajarish oqibatida yetkazilgan zarar uchun ham xodim moddiy javobgarlikka tortilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |