О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet1/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi


О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar, jami-yatni tobora demokratlashib va erkinlashib borayotganligi tufayli in-son huquqlari, erkinliklarini yanada toiiqroq kafolatlash, bu huquq va erkinliklarining real huquqiy muhofazasini ta'minlash muhim ijtimoiy vazifaga aylanib bormoqda. Islohotlar amalga oshirilar ekan, uning bosh maqsadi islohotlarning o'zi bo'lmasdan, ular tufayli insonlar turmush sharoitlarining yaxshilanishi, huquqiy mavqeyini yanada mustahkamlanishi, shaxs sifatida baxtli yashashi, jamiyatning lo'laqonli a'zosi sifatida faoliyat yuritishi uchun zarar shart-sharoit-larni vujudga keltirilishi sanaladi.
О'zbekiston o'z siyosiy va davlat mustaqilligini qo'lga kiritga-nidan keyin xalqaro huquqiy namunalar asosida dunyoviy, demo-kratik tamoyillariga tayanuvchi zamonaviy davlat va jamiyat barpo etish maqsadini e'lon qildi. Bunday jamiyatda shaxs, fuqaro man­faatlari davlat va jamiyat manfaatlaridan ustun bo'lishi e'tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti LA. Karimov O'zbekis-ton Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosim-dagi nutqida ta'kidlab o'tganidek: «Bugun Konstitutsiya to'g'risida, lining ma'no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida gapirar ekan-miz, asosiy qonunimizda, birinchi navbatda, shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va crkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo'-yilganligini yana bir marta ta'kidlab o'tish o'rinli, deb bilaman.
Aynan ana shu qat'iy talabni nafaqat qonunlarimiz va huquqiy me'yorlarimizda belgilab berish, balki bu ustuvor prinsipni hayoti-mizga tatbiq qilish o'ta muhim ahamiyatga egadir»1.
Ma'lumki, erkin mehnat qilish, ish joyi va turini, kasb-korini tanlash huquqi insonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri sifatida xalqaro huquqiy hujjatlarda ham, O'zbekiston Respublikasi­ning Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda ham to'la e'tirof etilgan, huquqiy jihatdan kafolatlangan va himoyalangan. Shu tufayli mehnat qilish huquqi va bu huquqni ro'yobga chiqarilishi masalalari har qanday dunyoviy va demokratik mamlakat milliy huquq tizimining inson huquqlariga oid blokida yetakchi o'rinda turadi.
O'zbekiston Respublikasi ham Birlashgan MilJatlar Tashkilotining a'zosi va uning inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar sifatida tan olingan eng muhim huquqiy hujjatlari sanaluvchi «Inson huquq­lari umumjahon deklaratsiyasi»1, «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to'g'risida»gi xalqaro pakti, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro pakti» va uning fakultativ protokolini2 ratifika-tsiya qilgan davlat sifatida o'z milliy mehnat qonunchiligida xalqaro norma va qoidalarni to'liq aks ettirishga harakat qilmoqda.
Inson huquqlari, ularni real ta'minlash va himoyalash mam-lakatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligi e'lon qilin-gan bugungi kunda fuqarolarning mehnat qilish huquqlari, ularni amalga oshirilishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratish bilan bog'liq boigan masalalar dolzarblik kasb etmoqda.
Bozor munosabatlarining uzluksiz chuqurlashib va takomillashib borayotganligi, bozorning mustaqil sektori sifatida mamlakatimizda mehnat bozorini shakllanayotganligi, ish kuchining tobora ko'proq tovar sifatidagi xususiyatlari namoyon bo'layotganligi ham meh-natga, mehnat huquqlariga yangicha yondashuvlarini taqozo etmoqda. Bugungi kunda jamiyatni har qanday mehnat emas, balki yuqori malakali, sifatli, mahsuldor mehnat va uning real natijalari ko'proq qiziqtiradi. Shu sababli sobiq Ittifoq davridagi «Nima qilib bo'lsa-da, hamma ish bilan ta'minlanishi va qancha bo'lsa-da ularga ish haqi to'lanishi kerak», degan shior, ishning natijalari ahamiyatsiz bo'lgan yondashuv bugungi kunga aslo to'g'ri kelmaydi.
Bozor munosabatlari bozorida, shu jumladan, mehnat bozorida ham sog'lom raqobat bo'lishini, bunday raqobatda yuqori malakali, intizomli, yuksak ish natijalariga erisha oladigan xodimlar ustun mavqeyida bo'lishini taqozo qiladi. Mehnat munosabatlari huquqiy tartibga solinar ekan va mehnat qilish huquqlari kafolatlanar ekan, ushbu holatlar e'tiborga olinishi lozim bo'ladi.
Mehnat qilish huquqlarini kafolatlash chog'ida, shuningdek, islohotlar jarayoni natijasida davlat tasarrufidan chiqarish va xu-susiylashtirish amalga oshirilganligi, mamlakatda ko'p ukladli iq-tisodiyot barpo etilganligi va bugungi kunda nodavlat sektori mam ishlab chiqarishining salmoqli qismini tashkil etishi, mamlakat icliki mahsuloti hajmida ham ushbu sektor yetakchi ekanligi, qdiy faol aholining juda katta qismi nodavlat ishlab chiqarish Slktorlda band ekanligi ham hisobga olinish lozim. Chunki bozor lamoyillari xususiy mulkdorga nisbatan davlat tazyiqi va zo'rligini i 11\no qiladi. Shu sababli ular mehnat bozorida qatnashib, ish kuchini i ishlab chiqarishiga jalb etish chog'ida eng ko'p foyda olishni i в laganlari holda, harakat qilishga haqlidir.

UMUMIY QISM


l-bob
MEHNAT HUQUQI TUSHUNCHASI,
PREDMETI, ASOSIY VAZIFALARI,
USLUBLARI VA TIZIMLARI
Bozor iqtisodiyoti sohasidagi munosabatlar rivojlanayotgan davrda ijtimoiy mehnat munosabatlarini eskicha, byurokratik usullar bilan tartibga solish mumkin emasligi sababli huquqiy islohotlar natijasida yangi, tez o'zgarib borayotgan sharoitlarni o'zida aks ettiruvchi mehnat qonun hujjatlari yuzaga kela boshladi va unda yangi tamoyillar, yangicha qarashlar ifoda etiladi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, inson huquqla-rini ta'minlash sohasida xalqaro andozalar darajasiga erishishni asosiy vazifalardan biri qilib belgiladi, zeroki, taraqqiyotimiz va islohotlarimizning bosh maqsadi fuqarolarimiz uchun munosib turmush sharoitini ta'minlashdan iborat.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish